PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Murojaat_va_yechim

Koʻlota mahallasi Yettiboy koʻchasida yashovchi bir guruh fuqarolar murojaat yo‘llagan edi.

Murojaat yuzasidan ishchi guruh tuzib, viloyat prokurori S.Eshquvvatov, tuman hokimi N.Yakubov, tuman prokurori X.Kenjayev, masʼul rahbarlar ushbu mahallada boʻlishdi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotda ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.

Yangi koʻchib kelgan xonadonlardan iborat boʻlgani sababli ushbu koʻchada ayrim muammolar mavjud. Ishchi guruh bilan muloqot chogʻida aholi vakillari yoʻllarni taʼmirlash, ichimlik suvi hamda beton ustunlar oʻrnatish masalasida yordam soʻradi.

Murojaat oʻrganilib, mutasaddi rahbarlarga 1,2 km masofada yoʻlni shagʻallashtirish, qariyb 2 km uzunlikda ichimlik suvi tarmogʻi tortish va eskirgan simyogʻochlar oʻrniga 25 ta beton ustun oʻrnatish hamda 500 m masofada gaz quvurlarini taʼmirlash vazifasi belgilandi.

Shu bilan birga tomorqalardan foydalanish holatini yaxshilash, suv oqib turgan ariqlarni tozalash va boshqa kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha xonadon egalariga ham tushuntirildi. Chunki, ariqlarda suv oqib turgan boʻlsa ham,aksariyat tomorqalar tartibga solinmagan, qarovsiz, achinarli holatda.

Ayni vaqtda bu borada amaliy ishlar boshlandi.

🎞Batafsil yuqoridagi videolavhada.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон-Италия саммити дастури доирасида Президент Шавкат Мирзиёев ва Президент Сержо Маттарелла дарахт экиш маросимида иштирок этдилар.

В соответствии с программой узбекско-итальянского саммита Президент Шавкат Мирзиёев и Президент Серджо Маттарелла приняли участие в церемонии посадки дерева.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya #daraxt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_erkin_iqtisodiy_zonasi

Angren erkin iqtisodiy zonasi doirasida yana bir korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. "Yeden-pupe production group" MCHJ ishga tushirilishi munosabati bilan, jami 50 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Natijada Angren shahri va Ohangaron tumanidagi "Yoshlar daftari"da bo‘lgan yoshlarning bandligi ta’minlandi.

Batafsil "Nurafshon" telekanali lavhasida.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʻnaviyat_marafoni

“Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida maʼnaviyat marafoni Piskent tumanida ham koʻtarinki kayfiyat bilan oʻtkazildi.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi hamda Axborot kutubxona markazi hamkorligida tayyorlangan videolavhada shu haqda.

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Piskent tumani Bolalar sport maktabida voleybol hamda basketbol boʻyicha tuman ochiq birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Voleybol oʻyinlarida tumanimizdagi mahalla jamoalari faol ishtirok etishdi. Murosasiz bahslarda yigitlar oʻrtasida kuchli uchlikni Kelovchi, Navoiy va Istiqlol MFY jamoasi egalladi. Sportchi qizlar orasida esa Murotali, Istiqlol va Birlik voleybolchilariga tengi topilmadi.

Basketbol bahslari ham qizgʻin jarayonlarga boy tarzda oʻtdi. 2010-2011-2012-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida kechgan oʻyinlarda Piskent tumani 1-oʻrin, OKMK jamoasi 2-oʻrin va “Olmaliq-3” jamoasi 3-oʻrinni egalladi.

Musobaqa gʻoliblari tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Zulfiya”nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

Piskent tuman 30 - sonli Musiqa va san'at maktabida "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti uchun tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 31 nafar faol, iste’dodli, zukko va iqtidorli qizlar ishtirok etdilar.

Mazkur tanlov nizomi talablari asosida 7 ta yo‘nalish - adabiyot, sport, madaniyat, fan, ta’lim, san’at va jamoatchilik bo‘yicha 31 nafar nomzodlarning erishgan yutuqlari va ijodiy faoliyati  o‘rganib chiqildi.
Tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan yo‘nalishlar bo‘yicha har bir nomzodning tayyorlagan ishlari odilona baholanib, munosib nomzodlar saralandi.

Viloyat, respublika va xalqaro miqyosda yutuqlarga erishgan, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti tanlovining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning ro‘yxati viloyat komissiyasiga tavsiya etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi