PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.74K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️OAVni qo'llab quvvatlash bo'yicha 5 ta nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (262-son, 26.06.2023 y.) bilan OAVni qo'llab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo'yicha quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

1️⃣ Bolalar uchun mo'ljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi.

Bunda tanlov 2 yo'nalishda – “bolalarga mo'ljallangan eng yaxshi teleloiyha” va “bolalarga mo'ljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominasiyalarida tashkil etilib, jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi.

🗓 Tanlov har yili iyul–avgust oylarida, g'oliblarni taqdirlash sentabrda o'tkaziladi;

2️⃣ Ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan eng yaxshi material” tanlovni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi.

🔰 Shunga ko'ra, tanlov har yili chorak yakuni bo'yicha quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:

▫️gazetalar va jurnallarda chop etilgan materiallar;
▫️telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️veb-saytlarda e'lon qilingan materiallar.

➡️ Bunda har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar tegishlicha BHMning 50 baravari (1-o'rin), 40 baravari (2-o'rin) va 30 baravari (3-o'rin) miqdorida rag'batlantiriladi.

💰 Shuningdek, har bir yo'nalish bo'yicha 5 tadan 22 tagacha sovrindorlar aniqlanib, ular BHMning 10 baravari miqdorida rag'batlantirilishi nazarda tutilgan;

3️⃣ OAV xodimlarining xorijiy tillarni o'rganish hamda xorijiy tillar bo'yicha tegishli milily yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risidagi.

Nizomga muvofiq, OAVda kamida 1 yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni o'rganish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi kompensasiya qilinadi.

Bunda ular xorijiy tillar bo'yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo'lishi lozim;

4️⃣ Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo'lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi to'g'risidagi.

❗️Shunga ko'ra, “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obuna rasmiylashtirilgandan 1 oy o'tganidan keyin shakllantiriladi.

🔰 Obuna xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qaytariladi:

ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foizi miqdori;

bolalarga mo'ljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foizi miqdori;

5️⃣ Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo'lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizasiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom.

🔘 Bunda har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash bo'yicha tanlov e'lon qilinib, g'olib loyihalarga O'zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan mablag' ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqadi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

▶️ Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartishlar kiritildi.

📌 Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023 y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o'rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma'lumotlari, subsidiya to'lab berilishi lozim bo'lgan hisobvaraq va manzili ko'rsatiladi.

🗓 Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

🔹 hujjatlar to'liq taqdim qilinmaganida;

🔹 kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi YAgona elektron shartnomalar portalida ro'yxatdan o'tkazilmaganda;

🔹 kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma'lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.

🚫 Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

📁 Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o'tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so'ng tasdiqlanadi

“Ko'p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko'p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

🗓 2024 yil 1 yanvardan:

🔹ko'p kvartirali uylardagi ko'chmas mulk bilan bog'liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to'lovlar bo'yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

🔹majburiy badallarning yoki to'lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

🔹agrotexnik ishlov berishdan hosil bo'ladigan (daraxt va buta shox-shabbalari, barglari) va ko'p kvartirali uylarga tutash hududlarni tozalashdan hosil bo'lgan chiqindilarni maishiy chiqindilarni to'plash punktlarida yoki chiqindilarni olib chiqib ketish operatorlari bilan kelishilgan maxsus joylarda yig'ishga ruxsat etiladi.

➡️ Shirkatlar va boshqaruvchi tashkilotlarning hududiy elektr tarmoqlari korxonalari oldidagi qarzdorligi va ular uchun hisoblangan jarimalarning to'lov muddati 2024 yil 1 oktabrgacha kechiktiriladi.

🔰 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo'shimcha vakolatlar beriladi:

▫️ko'p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta'minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

▫️ko'p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta'mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:

🔹Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni har 3 yilda sertifikatlash tizimi joriy etiladi Manba: (PF–151-son, 28.08.2023 y.)

🔹Qatar bilan iqtisodiy bitimlar tasdiqlandi Manba: (PQ–287-son, PQ–288-son, 28.08.2023 y.)

🔹Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishda nizolarni sudga qadar hal qilish tartibi belgilandi Manba: (VMQ-426-son, 29.08.2023 y.)

🔹“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to'g'risida”gi qonun qabul qilindi Manba: (O'RQ-865, 30.08.2023 y.)

🔹Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko'rsatish tartibi belgilandi Manba: (VMQ-435-son, 31.08.2023 y.)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

🔹har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

🔹barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

🔹suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

🔹qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

🔹“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

🔘Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;

Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

🔘 2023/2024 oʻquv yilidan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim o'simliklar importida bojxona boji nol stavkada qo'llaniladi

“Gulchilik va ko'chatchilik sohalarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-341, 23.10.2023 y) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2023-yil 1-noyabrdan 2026-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetasiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik o'simliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qo'llaniladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Unga ko'ra:

2024/2025-o'quv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi O'zbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

Milliy gvardiya Qo'riqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

▶️ Shuningdek, Milliy gvardiya bo'linmalari va harbiy qismlarining obyektlariga quyosh fotoelektr stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bosqichma-bosqich o'rnatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Prezident Farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqlashtirildi

🔰O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Farmoni (PF–188-son, 07.11.2023-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
14 ta hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi, xususan:

1️⃣ Sudyalar oliy kengashi raisi va a'zolarini, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorini hamda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi raisini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan saylash tartibi ko'zda tutildi;

2️⃣ yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning davlat xizmatini o'tash bilan bog'liq cheklovlar qonun bilan belgilanishi talabidan kelib chiqib, qonunosti hujjatlardan bunday cheklovlar chiqarildi;

3️⃣ mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini belgilashda insonning munosib turmush darajasini ta'minlash zarurati hisobga olinishi belgilab qo'yildi.

Shu bilan birga, Farmonda qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirish bo'yicha ishlarni davom ettirish maqsadida mas'ul vazirlik va idoralarga bir qator topshiriqlar berildi.

☑️ Xususan, quyidagi sohalarda konstitutsiyaviy prinsiplarni ro'yobga chiqarish bo'yicha alohida topshiriq berildi:

birinchidan, mulk huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini ta'minlash, shu jumladan, mulkdor o'z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emasligi haqidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, ushbu masalalarni faqat qonunlar bilan belgilash;

ikkinchidan, davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo'llaniladigan huquqiy ta'sir choralari (jinoiy va ma'muriy jazo choralari, shu jumladan, jarima, musodara qilish, shuningdek, moliyaviy sanksiya, penya, lisenziyani to'xtatish yoki bekor qilish va boshqalar) mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo'lishi kerakligi to'g'risidagi konstitusiyaviy normadan kelib chiqib, qonunosti hujjatlaridagi huquqiy ta'sir choralarini qayta ko'rib chiqish;

uchinchidan, insonning huquq va erkinliklarini faqat qonunga muvofiq cheklanishi mumkinligi to'g'risidagi konstitutsiyaviy talab asosida barcha qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish;

to'rtinchidan, uy-joy daxlsizligi huquqini ta'minlash, hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligiga oid konstitutsiyaviy normalardan kelib chiqib, qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish;

beshinchidan, O'zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag'lar erkin harakatlanishi to'g'risidagi konstitutsiyaviy normaga muvofiq qonunosti hujjatlarini qayta ko'rib chiqish.

Mazkur Farmon qonunosti hujjatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish orqali konstitutsiyaviy prinsiplarni ro'yobga chiqarishga, davlat organlari faoliyati yangicha konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlar asosida yo'lga qo'yishga, shuningdek, mulk huquqi daxlsizligini ta'minlash choralarini ko'rishga qaratilgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM