Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_2023 #Piskent
Bugun Piskent tumani "Suvti" mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamdagi hashar ishlari olib borildi.
Hashar doirasida hududda obodonlashtirish bilan bir qatorda koʻchat ekish tadbirlari amalga oshirildi.
Toshkent viloyati hokimi oʻrinbosarlari, tuman hokimi N.Yakubov, sektor rahbarlari, mahalla raislari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan xayrli tadbir avvalida Qurʼon tilovat oʻqilib, yurt tinchligi, viloyat va tuman farovonligi yoʻlida duolar qilindi. Shundan soʻng, jonliq soʻyildi.
Hasharda 5 ming tup terak, 2 ming 750 tup olma, 1 ming 240 tup olxoʻri va 1 ming tup gilos koʻchati oʻtqazildi. Loyiha doirasidagi amaliy ishlar natijasida "Suvti" mahallasidagi Oʻzbekiston koʻchasida 9 sotix boʻsh turgan yer maydonida "Olmazor bogʻi" tashkil etildi.
Shuningdek, 16 ta ehtiyojmand oila vakillariga 12 tupdan mevali daraxt koʻchatlari tarqatildi.
✉Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter