PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.72K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Piskent tumani Suvti mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezoni asosida keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev kuni kecha mahallada bo‘lib, tuman faollari va suvtiliklar bilan yaqindan muloqot qildi. Xalqni uyg‘onishga, yurt obodligiga hissa qo‘shishga chaqirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Mahalla obod bo‘lsa - yurt farovon bo‘ladi

Tuman hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilgach, Suvti mahallasi aholisi ham o‘z xonadoni, ko‘chasi va mahallasi obod bo‘lishi uchun ishlarni jadallashtirib yubordilar.

Jarayonda ko‘chayu hovlilar supurib, chiqindilar chiqarib tashlanmoqda. Devorlar oqlab, ko‘cha ko‘rinishini buzib turgan eski imoratlar bartaraf etilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Ozoda maskanga fayz yog‘iladi.
Piskent tumani Suvti mahallasida xonadonlarni
obod etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik, sport va san’atga jalb etish maqsadida besh tashabbus olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi

1-sektor hududidagi Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari doirasida elektr ta’minloti ham yaxshilanmoqda.

Tuman Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan mahallaga 1 ta qo‘shimcha transformator va 360 ta beton ustun o‘rnatib, 8 km masofada havo tarmoqlarini yangilash rejalashtirilgan. Hozirgacha O‘zbekiston, Tinchlik, Mustaqillik ko‘chalariga 200 tadan ortiq ustunlar tiklandi. Jarayonlar jadal davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvtida hasharlar davom etmoqda

Mahallada aholi turmush darajasini yaxshilash, xonadonlar, ko‘chalar obodligini ta’minlash bo‘yicha hasharlar davom etmoqda.

Bugun tuman hokimi Nodirbek Yakubov mahalladagi Mustaqillik ko‘chasidagi xonadonlarda bo‘ldi. Turmush madaniyatiga xos bo‘lmagan va ko‘cha ko‘rinishini buzib turgan eski va xarob ahvoldagi inshootlarni bartaraf etish yuzasidan xonadon egalari bilan suhbatlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy etishda Suvti MFY tanlab olingan bo‘lib, obodonlashtirish ishlari barcha mahallalarda davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Obodonlashtirish ishlari doirasida O‘zbekiston ko‘chasiga piyodalar o‘tish chiziqlarini yangilash, noqonuniy qurilmalarni buzib, tartibga keltirish, ariqlarni tozalash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Tuman sektor rahbarlari Suvti mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini nazorat qilishdi

Bugun tuman hokimi Nodirbek Yakubov va sektor rahbarlari Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilishdi. Tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida mahallada xonadonlar va tomorqalarni tartibga keltirish, sanitariya holatini yaxshilash, tibbiyot punkti tashkil etish, salomatlik yo‘lagi qurish, elektr va gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Hududdagi ehtiyojmand va yolg‘iz yashovchi 11 nafar fuqaroning xonadonida yashash sharoitini yaxshilashga yordam berish bo‘yicha mas’ul rahbarlarga biriktirib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida amaliy ishlar davom etmoqda

Jumladan, tuman Moliya bo‘limi rahbari ko‘magida Mustaqillik ko‘chasi 1-uydan 30-uyga qadar aholi xonadonlari obodonlashtirib, maxsus texnika bilan shudgorlandi. Shuningdek, kuzda tomorqalarga to‘qsonbosti ekinlari ekish maqsadida tuman Fermerlar kengashi tomonidan sarimsoq va piyoz urug‘ligi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Farovon ko‘chasiga salomatlik yo‘lagi qurilmoqda

Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan Suvti mahallasi Farovon ko‘chasiga salomatlik yo‘lagi qurish ishlari jadal bajarilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Turkiyalik investorlar bilan hamkorlikda mahallada yangi tekstil korxonasi bunyod etiladi

Suvti mahallasidagi keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari doirasida hududda joylashgan kichik sanoat zonasida yangi korxona bunyod etish va aholi uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda bugun tuman Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda Turkiyalik investorlar tashrif buyurdi. Maqsad – kichik sanoat zonasi hududida "Zeynep” tekstil korxonasi tashkil etish. Ushbu loyiha uchun turklar tomonidan 1 million dollar miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilib, 2024 yil yanvar oyida qurib bitkazish ko‘zda tutilgan. Loyihaning 1-bosqichida 300 nafar Suvti va atrof mahallalardan ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlanadi.

Ayni kunda yangi korxona uchun poydevor ishlari boshlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev tuman hokimi N.Yakubov va sektor rahbarlari hamrohligida Suvti mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Jarayon: xonadonlarning sanitariya holati yaxshilanadi, ko‘chalar tartibga solinadi va mahalla obod qilinadi

Suvti mahallasida obodonlashtirish tadbirlari davom etmoqda. Jarayonda mahalla aholisiga tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida 3 ta konteyner keltirilib, tibbiyot punkti tashkil etish ishlari boshlandi. Shuningdek, markaziy Farovon ko‘chasi chetiga piyodalar yo‘lagining 300 metrdan ortiq qismi betonlandi. Loy-tuproq holatdagi 1,6 km ichki ko‘chalarga shag‘al yotqazildi. Mahalla binosi hamda xatlovlarda aniqlangan 11 nafar ehtiyojmand keksalar xonadonida mutasaddilar tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari bajarilmoqda. Obodonlashtirish tadbirlari doirasida 1 kmdan ortiq masofada suv yo‘llari ham tozalandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasi Tinchlik, Farovon va Mustaqillik ko‘chalaridagi obodonlashtirish ishlaridan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla mezonlarini joriy etish maqsadida Piskent tumani Veterinariya bo‘limi xodimlari tomonidan Suvti mahallasida nazorat tadbirlari tashkil etildi. Unda Tinchlik va Farovon ko‘chalaridagi xonadonlarda uy hayvonlari tekshirildi. Hayvonlar orasida xavli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun emlatildi. Shuningdek, boqish jarayonida zarur ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi