PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.72K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Seminar

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimligida "Moliyaviy savodxonlik kundalik hayotimizda" mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tmoqda.

Respublika Markaziy banki moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullari, tuman hokimligi va tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tadbirkor va ishbilarmon ayollar, "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olingan va tadbirkorlik boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etmoqda.

Treningda mutaxassislar tomonidan o‘quv qo‘llanmalari asosida biznes reja tuzish, foizlarni hisoblash, imtiyozli kreditlash, bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlik qoidalari batafsil tushuntirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

⚡️Joriy yil 15 oktyabr  jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

❗️Soliq kodeksining
423-440-
moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini joriy yil 15 aprel va 15 oktyabrigacha teng ulushlarda to‘lashi lozim.

🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

📱Soliq mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda:
🔸 ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
🔸 ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami-JShShIR kiritiladi;
🔸 jami qarzdorlik va shu yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risida ma’lumotlar shakllanadi;
🔸"Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib, to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Press_tur

Quyosh bilan birga uyg‘ongan mirishkorlar

"Saodat" jurnalida Piskent tumanida tashkil etilgan press tur taassurotlari to‘g‘risida maqola chop etildi.

https://saodatjurnali.uz/dolzarbmavzu/198-quyosh-bilan-birga-uygongan-mirishkorlar.html

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sessiya_70

Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining yetmishinchi sessiyasi boshlandi. Sessiya ishida tuman kengashi deputatlari, tegishli hokim o‘rinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari, OAV vakillari qatnashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sessiya_70

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Jamoatchilik fikri asosida 2023 yil 2-mavsumda shakllantirilgan va ovoz berish yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi (B.Jo‘lbarisov).

2. Piskent tumanida 2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: tuman xokimining Kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jaligi va ekologiya, ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (D.Abdazimov).

3. Tumanda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, chiqindi yig‘ish joylarining saqlanishi va ularning atrofida tozalikni ushlab turish borasida “Zangiota Obodon” MCHJ Piskent tumani filiali tomonidan 8 oy davomida olib borgan ishlar to‘g‘risida. “Zangiota Obodon” MCHJ Piskent tumani filiali(Z.Po‘latov).

4. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si a’zosi (S.Mirzayev).

5. Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliy liboslar – millat ko‘zgusi

Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan "Xon atlas" festivali Piskent tumani mahallalari, mehnat jamoalarida ham bayramona ruhda o‘tdi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Kun_tarixi

29 sentyabr-Piskent tumani tashkil etilgan kun

Toshkent viloyatining Piskent tumani 1926 yil 29 sentyabrda hududiy birlik sifatida tashkil etilgan. Ayni vaqtda ushbu sanaga 97 yil to‘ldi.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Piskent tarixi qariyb ikki yarim ming yilliklarga borib taqaladi. Bugun ko‘hna kentimiz o‘zgarishlar qurshovida, yangitdan chiroy ochmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Suvti mahallasida elektr ta’minoti yaxshilanadi

1-sektor hududidagi Suvti mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari doirasida elektr ta’minloti ham yaxshilanmoqda.

Tuman Elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan mahallaga 1 ta qo‘shimcha transformator va 360 ta beton ustun o‘rnatib, 8 km masofada havo tarmoqlarini yangilash rejalashtirilgan. Hozirgacha O‘zbekiston, Tinchlik, Mustaqillik ko‘chalariga 200 tadan ortiq ustunlar tiklandi. Jarayonlar jadal davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Piskentim, ko‘hna kentim! Bugun ta’rifingni rahbaru san’atkor, o‘qituvchiyu shifokor, dehqonu tadbirkor - barchamiz jo‘r bo‘lib, dildan kuylaymiz!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Oʻzbekiston_2030_strategiyasi

❗️Qonun ustuvorligi ta'minlanib, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvi tashkil etiladi

#infografika

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Anorzordan tushadigan daromad mehnatiga arziydimi?

🎞Bu haqda "Yangi davr" informatsion dasturida ko‘ring.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Германияга амалий ташрифи доирасида Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг Германия Федерал Президенти Франк-Вальтер Штайнмайер билан учрашувида иштирок этди.

В рамках программы рабочего визита в Германию Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие во встрече глав государств Центральной Азии с Федеральным Президентом Германии Франком-Вальтером Штайнмайером.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter