PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Muammo_va_yechim
#Jarayon

Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov boshchiligida kommunal soha tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda yechimini kutayotgan masalalardan bo‘lgan kanalizatsiya, ya’ni oqava suvlari muammosining yechimlari tahlil qilindi.

Ma’lumki, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi jarayonida viloyat faollari bilan uchrashgan, xalqni qiynagan masalalar qatorida Piskentdagi kanalizatsiya muammosiga ham e’tibor qaratilgan edi. Natijada Davlat rahbarining tashabbusi bilan ushbu muammoni hal etish uchun aniq muddat va mablag‘ ajratildi.

Yig‘ilish davomida B.Shermatov ana shu muhim topshiriqlarning tumandagi ijrosini ta’minlash, 2023-2024 yillarda 17 km masofada kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qamrab olinadigan mahallalar, tarmoq bitganidan keyin qamrab olinadigan hududlarni sarhisob qildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Muammo_va_yechim
#Jarayon

Do‘stlik mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Davlatimimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida amaliy ishlar boshlandi.

Mahallada suv muammosi uzoq vaqtdan buyon aholini qiynab, ko‘plab murojaatlar yo‘llangan. Muammoga yechim sifatida ushbu muammo PQ-408-sonli qarorga kiritilib, ichimlik suvi tarmog‘ini qurish uchun zarur mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Endilikda mahallaga ushbu 18,5 km masofada yangi suv tarmog‘i tortiladi. Ayni vaqtda loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlariga zarur ashyolar keltirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon
#Muammo_va_yechim

O‘rikzor ko‘chasida ham elektr ta’minoti yaxshilanadi

“Oqqo‘rg‘on tajribasi” asosida Piskent tumanida Do‘ngqo‘rg‘on mahallasi har jihatdan rivojlantirish maqsadida tanlab olingan. Mahallani og‘ir hudud toifasidan chiqarish uchun bugungi kunda keng ko‘lamda obodonlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘rikzor ko‘chasidagi yaroqsiz simyog‘ochlar olib tashlanib, o‘rniga 40 ta beton ustunlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Aholining murojaatlarini ijobiy hal etib, elektr kabellari tortilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muammo_va_yechim

Elyor Romanov bugun ishga qabul qilindi. Gap shundaki, tuman hokimi Elyorning xonadoniga borganida ishga joylashda yordam berishini aytgan edi. Ammo yigitning hujjatlaridagi kamchilik sabab ish masalasi qolib ketgan.

Bugun hokim topshirig‘i bilan bu
muammo yechildi, Elyor ishga joylandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obodlik
#Muammo_va_yechim

Piskentda kanalizatsiya qurilаdi

Oqava suv tarmoqlari qurish aholi yashash punktlarida sanitariya holatini yaxshilash va boshqa bir qator qulayliklarni yaratishga xizmat qiladi. Piskent tumanida kanalizatsiya muammosi ko‘p yillardan buyon yechimini kutib, ayniqsa ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga katta noqulayliklar keltirib chiqargani ayni haqiqat.

Davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev Piskent tumanidagi ushbu muammoga e’tibor qaratgan, tumanga oqava suv tarmoqlarini qurish uchun zarur mablag‘ ajratish topshirig‘ini bergan edi.

Ayni vaqtda Piskent ahli uchun quvonchli yangilik bo‘lib, kanalizatsiya tarmog‘i qurilishi boshlanmoqda. Qariyb 15 km masofada tortilib, tuman markazidagi barcha mahallalarni qamrab oladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Munosabat
#Muammo_va_yechim

Oqtom yoʻllariga shagʻal yetkazib berildi                    

"Milliy" TV orqali Piskent tumani Oqtom mahallasida yoʻllar taʼmirtalab ekanligi toʻgʻrisida tanqidiy material eʼlon qilindi. Ushbu videomaterialning oʻzidayoq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi Vositxon Otaxonov munosabat bildirib oʻtgan.

Oqtom mahallasi 2022-yilda “Obod qishloq” dasturi asosida yoʻl, elektr va ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash borasida ishlar olib borilgan. Tanqid qilingan koʻchada esa ichimlik suvi quvurlari tortish ishlari natijasida 2023-yilda shunday loygarchilik yuzaga kelgan.

Muammoni hal etish maqsadida hozirda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shagʻal yetkazib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi