PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Jurnalist va blogerlar hamda Oʻzbekistonda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari diqqatiga!

🍇 Sizlarni Toshkent viloyatining Parkent tumanida joriy yil 15-16-sentyabr kunlari oʻtkaziladigan “Uzum sayli”ga taklif etamiz.

🧧Xalqaro darajadagi tadbirga qiziqish kattaligini inobatga olib, turli noqulayliklarning oldini olish maqsadida akkreditatsiyadan oʻtgan jurnalistlarga maxsus ruxsatnomalar beriladi.

📋Tadbirda ishtirok etish uchun jurnalist va blogerlar 14-sentyabr kuni soat 16:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun telefonlar:

📞 95 160 44 05
📞 95 160 44 06

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

~~~~~~~~~~~~~~~~~~~~

Вниманию журналистов, блогеров и представителей зарубежных средств массовой информации, аккредитованных в Узбекистане!

🍇 Приглашаем вас принять участие на «Празднике винограда» («Узум сайли»), который состоится 15-16 сентября текущего года в Паркентском районе Ташкентской области.

🧧Учитывая огромный интерес граждан страны, иностранных гостей к мероприятию международного уровня и во избежание различных неудобств, всем аккредитованным журналистам будут выданы специальные пропуска.

📋 Для участия на мероприятии журналисты и блогеры могут зарегистрироваться до 16:00 часов 14 сентября.

Телефоны для дополнительной информации:

📞 95 160 44 05
📞 95 160 44 06

Информационная служба хокимията Ташкентской области.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FVB

Sinov mavsumi betalоfаt o‘tsin

Piskent tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023 yil 4 sentyabrdagi 145-10-142-F/23-sonli farmoyishiga asosan, tumanda 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr va gaz tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Taktik mashg‘ulotda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, FVB boshlig‘i Sa’dulla Islamov, IIB, FVB YXB otryadlari, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l qurilishi, obodonlashtirish, aloqa, SEO va JS bo‘limi mas’ullari va xodimlari ishtirok etdi. Jarayonda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar, noqulay ob-havo sharoitida kommunal sohada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning zararini kamaytirish bo‘yicha soha xodimlarining tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obodlik
#Suvti_MFY

“Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezoni asosida Suvti mahallasida boshlangan obodnlashtirish ishlari doirasida hududdagi tuproq ko‘chalarni tekislash ishlari bajarilmoqda. Hozirda O‘zbekiston ko‘chasiga shag‘al yotqazildi va maxsus texnikalar yordamida yoyilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Besh_tashabbus
#Zakovat

Maktab bilimdonlari bahslashdi

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida 6-maktabda "ZAKOVAT" intellektual o‘yinlarining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in o‘tgan bahslarda 5-IDUM bilimdonlaridan iborat jamoa g‘olib bo‘ldi. 2-o‘rinni 31-maktab, 3-o‘rinni 1-IDUM jamoalari egalladi. G‘olib bo‘lgan maktablar jamoasi intellektual o‘yinlarning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi