PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида йўл хўжалигини бошқариш, йўлларни лойиҳалаш, қуриш ва сақлаш тизимини ислоҳ қилиш юзасидан йиғилиш бошланади.

Скоро при Президенте Шавкате Мирзиёеве начнется совещание по вопросам реформирования системы управления дорожным хозяйством, проектирования, строительства и содержания дорог.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент ҳузурида йўл хўжалиги соҳасини ислоҳ қилиш бўйича долзарб масалалар юзасидан йиғилиш бўлиб ўтмоқда.

Сўнгги олти йилда йўлларни қуриш ва таъмирлашга ажратилаётган маблағлар 3 карра ошди. Ўтган даврда Автомобиль йўллари қўмитаси таркибидаги корхоналарга 2 мингдан зиёд янги махсус техникалар харид қилинди.

Бунинг ҳисобига 65 минг километр йўллар қурилди ва таъмирланди.

Ўтган йилдан “Менинг йўлим” лойиҳаси ишга тушди ва илк бор аҳоли таклифлари асосида ички йўлларни қуриш ва таъмирлаш тизими жорий қилинди.

Шу йилнинг ўзида 470 та маҳаллада ички йўлларни
қуриш ва таъмирлаш ишларига 410 миллиард сўм йўналтирилди. 3 мингга яқин маҳалла йўлларига илк бор асфальт ётқизилди, яна 2 мингта маҳалладаги тупроқ йўллар шағал қопламага ўтказилди.

Йўллар яхшиланиши ҳисобига маҳаллаларда минглаб янги тадбиркорлар иш бошлади, кўплаб корхоналар ишга тушди, ўн минглаб янги иш ўринлари яратилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Aholi_salomatligi
#Suvti_MFY

Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan Suvti mahallasida joylashgan 16-maktabda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rikda mahalladagi keksa va nogironligi bo‘lgan fuqarolar, ayollar va bolalar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaning tor muhassis shifokorlari tomonidan qabul qilindi.

Terapevt, oftalmolog, endokrinolog, nevropatolog, lor, kardiolog, laborator tekshiruvlar hamda UZI ko‘rigi o‘tkazildi. So‘ng aniqlangan hastaliklar bo‘yicha shifokorlar tomonidan tibbiy maslahatlar berib, zarur holda tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

🔹har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;

🔹barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;

🔹suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;

🔹qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;

🔹“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

🔘Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berilishi yoʻlga qoʻyiladi;

Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlangʻich sinf oʻquvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanib, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun qiymati 20 milliard soʻmgacha kreditlar boʻyicha, foiz stavkasi asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

🔘 2023/2024 oʻquv yilidan:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 10-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarlarga oʻrgatish kurslari joriy etiladi;

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#Suvti_MFY

Respublika ishchi guruhi vakillari 18-maktabda uchrashuv o‘tkazishdi

Suvti mahallasida bir necha kundan buyon davom etayotgan ko‘lamli tadbirlar doirasida respublika Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish vazirligi mas’ul xodimlari Piskent tumanida bo‘lishdi.

Mahallada tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishgach, hududdagi 18-maktabda mas’ullar ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Unda Suvti mahallasi xotin-qizlar faoli va ko‘chaboshilar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan yaqindan suhbat o‘tkazilib, har bir oilaga kirish, xatlovlar jarayonida e’tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar to‘g‘risida savollarga batafsil javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus

Besh tashabbus olimpiadasi yoshlarning sportga iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Piskent tumanidagi barcha maktablarda ushbu olimpiada doirasida sport o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

🎞Videolavhada 5-IDUMda bo‘lib o‘tgan sport musobaqalari.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi