PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obodonlashtirish oyligi doirasida

Zominovul mahallasida 7 km asfalt yotqazish, yo‘l chetlariga lotoklar o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.

Bekobod mahallasida o‘rnatilgan beton stolbalarga yangi elektr kabellari tortilib, suv quvurlari ta’mirlandi.

Guliston mahallasida hasharlar davomida ichki ko‘chalar ta’mirlab, yo‘l bo‘ylarida qurigan o‘t-o‘lanlar tozalandi. Qabristonlar hududi obod qilindi.

Maylobod mahallasida aholi xonadonlari hamda Amir Temur ko‘chasida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Oqtepa mahallasida ham aholi hashar boshlab, ariq va boshqa suv yo‘llarini tartibga keltirishdi, kichik ko‘priklarni ta’mirlashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obod va ko‘rkam yurtga bayramlar yarashadi. Obodlik esa zahmatkash insonlar tomonidan bajarilmoqda. Avgust oyida start berilgan obodonlashtirish oyligi Piskent tumanida ham qizg‘in o‘tmoqda.

Mustaqillik va Guliston MFYda faol yoshlar va nuroniylar birgalikda qabristonlarni tartibga keltirishdi.

Chimqo‘rg‘on MFYda mahalladoshlar mehnati bilan ziyoratgohlar hududi va ichki ko‘chalar tozalandi. Daraxtlar butab, oqlandi.

Kelovchi MFYda aholi tomonidan ko‘chalar tozalanib, xonadon devorlari ta’mirlandi. Daraxt va butalarga shakl berildi. Jarayonda “Ayollar daftari”da turuvchi fuqaro xonadonida hashar qilib, uyi tomi yopildi.

Istiqlol MFY da Nurafshon ko‘chasi bodonlashtirib, ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi.

Bekobod MFY Jasorat ko‘chasi anhor o‘zani tozalanib, chiqindilar bartaraf etildi.

Mo‘minobod MFYda yashovchi yolg‘iz keksa Z.Kurdede xonadonida mahalla raisi va faollar hashar tashkil etishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Mahalladan xonadongacha obod bo‘lsin, degan shior ostida tashkil etilgan hasharlar doirasida yolg‘iz yashovchi keksa fuqarolar holidan xabar olib, yashash xonadonlari ham tartibga keltirilmoqda.

Suratda: Mo‘minobod mahallasi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Kultepa mahallasi hududida ham obodonlashtirish ishlari qizg‘in. Ayni kunlarda ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda.

Obodonlashtirish oyligi doirasida jami 200 dan ortiq ko‘chalar tartibga keltirib, 39 km yo‘llar asfalt va shag‘allashtirildi. 2 mingdan ortiq daraxtlarga shakl berib, oqlandi. 24 km ariq va zovurlar tozalandi. 16 ta chiqindixona tartibga keltirilib, 12 gektar bo‘sh yer maydonlari obodonlashtirildi, jami 21 tonna chiqindi bartaraf etildi. Ehtiyojmand 27 nafar fuqaroning uy-joylari homiylik va hashar yo‘li bilan ta’mirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_xonadon

Obodonlashtirish oyligi doirasida Maylobod mahallasi Amir Temur ko‘chasida daraxtlarga shakl berib, oqlandi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Mustaqillik mahallasida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Ta'mirtalab ichki ko‘chalar shag‘allashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla

Kultepa mahallasi aholisi sa’y-harakati bilan ichki ko‘chalarni asfalt qilish loyihasi “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan edi.

Mustaqillik bayrami arafasida mahalladagi jami 2 ming 150 metr masofadagi ichki yo‘llar asfaltlanmoqda. Moliya bo‘limi rahbari T.Pardayev,
mahalla raisi va faol fuqarolardan iborat jamoatchilik nazorati esa yo‘llarning sifati va eni 5 metr kenglikda asfalt qilinishini nazorat qilishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla

Suvti mahallasida obodonlashtirish ishlariga start berildi

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov 1-sektor hududida joylashgan Suvti mahallasida bo‘lib, mahalla nuroniylari bilan uchrashdi. Mas’ullar ishtirokida mahallani obod etish bo‘yicha rejalar belgiladi.

Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon tamoyili asosida Suvti mahallasida ham keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari bajariladi. Hozirda 2 759 nafar aholi yashovchi mahalla aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Hududda 87 nafar “Ayollar daftari”, 13 nafari “Yoshlar daftari”, 1 nafar fuqaro “Temir daftar”ga kiritilgan.

Tuman hokimi rahbarlarga mahallada xatlov o‘tkazib, ehtiyojmand va nogironligi sababli maxsus daftarlarga kiritilgan fuqarolarni aniqlash va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga yordam berish bo‘yicha alohida vazifa topshirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla

Suvti mahallasida keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon tamoyili asosida o‘tayotgan hashar doirasida Suvti qabristonini tozalash, ko‘chalarni obod qilish, mahalla ko‘rkini buzib turgan qurilish va boshqa chiqindilarni bartaraf qilish ishlari bajarilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Suvtiliklar hasharga otlandi

Mana bir necha kundirki, Suvti mahallasida ko‘lamli hasharlar boshlangan. Tozalash va obodonlashtirish ishlaridan mahalla aholisi ham chetda turmayapti. Tuman hokimligi va korxonalar xodimlari qatorida mahalla nuroniylari boshchiligida suvtiliklar ham tashabbus ko‘rsatib chiqishdi.

Suvti qabristonida bugun hasharga yuzga yaqin odam yig‘ilgan. Tuman bosh imom-xatibi Z.Qudratov ham hududda bo‘lib, ajdodlar mangu makon topgan joylarni obod etishning savobi naqadar ulug‘ ekanligini eslatib o‘tdi. Jarayonda yoritkichlar o‘rnatildi, qurigan o‘t-o‘lanlar o‘rib, chiqindilar chiqarib tashlandi. Dov-daraxtlar butab, shakl berildi. Devorlar ta’mirlab, oqlanmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Suvti mahallasidagi obodonlashtirish ishlari doirasida gaz va elektr ta’minoti korxonalari, yo‘l bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham bajarilmoqda.

Jumladan, eskirgan simyog‘ochlar yangi beton stolbalarga almashtirilmoqda. Gaz quvurlari ta’mirlanmoqda. Ariq va zovurlar tozalanib, eskirgan yo‘l belgilari yangilanmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Ma’lumki, Piskent tumanining Suvti mahallasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlandi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida «Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla» mezonlarini joriy etish maqsadida Respublika ishchi guruhi boshchiligida bunyodkorlik  ishlari amalga oshirilmoqda. Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Piskent tumani Suvti mahallasida bo‘ldi. Tuman hokimi Nodirbek Yakubov, sektor rahbarlari hamrohligida hududning har bir ko‘chasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bunyodkorlik ishlari ko‘lamini kengaytirish, o‘zgarishlar har bir ko‘cha, har bir xonadonga kirib borishini ta’minlash, xatlov jarayonini aniq va ravshan olib borib, eng yordamga muhtoj aholiga tegishli yordamlar ko‘rsatish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

So‘ngi vaqtlarda xalqchil islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida qishloqlarimiz obod bo‘lib boryapti. Chekka hududlar aholisining turmush farovonligini oshirish, odamlar islohotlar samarasini ko‘rib, o‘z hayoti misolida his qilishi uchun amaliy ishlar bajarilmoqda.

Suvti mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" shiori ostida bo‘layotgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bugun ham davom etmoqda.

Tuman hokimligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutasaddilari va biriktirilgan rahbarlar obodonlashtirish ishlari boshida turibdilar. Shuningdek, har bir ko‘cha, har bir xonadonda xatlov qilib, shart-sharoiti yaqindan o‘rganilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Suvtida hashar davom etadi

Mahallada amalga oshirilajak bunyodkorlik ishlari doirasida markaziy ko‘chaga piyodalar yo‘laklari qurish ham ko‘zda tutilgan. Bugun tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchilari tomonidan yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish, trotuar uchun joy tekislash ishlari bajarildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Obod_mahalla_obod_koʻcha_obod_xonadon

Suvti mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari tomonidan yo‘llar va ichki ko‘chalar tartibga solinmoqda. Loy-tuproq ko‘chalarga navbatma navbat shag‘al yotqazilmoqda. Jarayonda Mustaqillik ko‘chasi ham shag‘allashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi