PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Seminar

2023-2024-o‘quv yili boshlanishi oldidan Piskent tumanidagi 1-IDUMda "Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish " mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda tuman hokimi o‘rinbosari M.Usmonova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari S.Azimova, tuman Ichki ishlar bo‘limi mas'ul xodimi E.Bo‘sinov, umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Yangi o‘quv yilini samarali boshlash, ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish haqida so‘z bordi. Muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq rejalar tuzib olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Piskent tumani hokimligi Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tuman bo‘limi hamkorligida amaliy seminar tashkil etildi.

2023 yil hosili uchun g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini sifatli o‘tkazish maqsadida Piskent tumani Oxunboboyev hududidagi “Mamatqulov Ravshan” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan seminarga tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Tulepov, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi inspektori A.Risboyev, agrar soha mas’ullari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminar jarayonida g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish hosildorlik bilan birga paxta hosilining sifatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi. Agronom mutaxassislar tomonidan amaliyotda ko‘rsatib, tegishli yo‘l-yo‘riqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Paxta mavsumi: tayyorgarlik qanday?

Piskent tumani "Xojiyev Dovudbek" fermer xo‘jaligida paxta terimi mavsumini samarali o‘tkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, tuman hokimi N.Yakubov, agrar soha vakillari, fermerlar va terim otryadlar boshliqlari bilan muloqot o‘tkazildi. Viloyat rahbari mavsumni tez va unumli o‘tkazishga tayyorgarlik bo‘yicha tanqidiy tahlil qildi. Har bir sektor, tegishli mas’ullar, otryad rahbarlari bilan suhbatlashdi.

Paxtachilik klasteri va fermerlarning mavsumni unumli o‘tkazish, hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish bo‘yicha texnikalar sozligi, otryadlar shakllantirish, terimchilarni rag‘batlantirish uchun ko‘rgan tayyorgarligi muhokama qilindi. Terimchilar uchun munosib yotoq joylari tayyorlash, oziq-ovqat yetkazish bilan bog‘liq tavsiyalar berildi.

Joriy yilda 110 ta terim otryadi shakllantirilgan bo‘lib, 13 mingga yaqin ishsiz, ko‘ngilli terimchilar jalb etilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimligida "Moliyaviy savodxonlik kundalik hayotimizda" mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tmoqda.

Respublika Markaziy banki moliyaviy savodxonlikni oshirish departamenti, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas’ullari, tuman hokimligi va tijorat banklari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tadbirkor va ishbilarmon ayollar, "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olingan va tadbirkorlik boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etmoqda.

Treningda mutaxassislar tomonidan o‘quv qo‘llanmalari asosida biznes reja tuzish, foizlarni hisoblash, imtiyozli kreditlash, bank omonatlari orqali jamg‘armalarni shakllantirish, mas’uliyatli qarz olishning ahamiyati, moliyaviy xavfsizlik qoidalari batafsil tushuntirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Paxtachilik
#Seminar

Ayni vaqtda Piskent tumani A.Do‘stbekov hududida joylashgan "Tulepov Saidahmad" fermer xo‘jaligida respublikada ilk bor paxta terimi festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Xitoy xalq respublikasining "China Dadi" kompaniyasi hamda Piskent tumani hokimligi va "Real agro cotton" paxtachilik klasteri hamkorligida tashkil etilgan tadbirda hududdagi dehqon va fermerlar, terim otryadlari, OAV vakillari, san’atkorlar qatnashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI IJROSI YUZASIDAN SЕMINAR O‘TKAZILDI

“O‘zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari” bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimligida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi apparati, tashkilot va muassasalar mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Tuman Adliya bo‘limi rahbari A.Abzalov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, belgilangan vazifalar va tarmoqlar bo‘yicha istiqboldagi o‘sish ko‘rsatkichlari, shu bilan birga, strategiya doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan maqsadlarga batafsil ma’lumot berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Strategiya bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qaror tarkibidagi yo‘nalishlar Germaniya, Fransiya va Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, yangi usulda, aholi uchun tushunarli tarzda ishlab chiqilgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Vatanparvar, bilimli va yetuk insonlar yurtimiz kelajagini yuksaltiradi. Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan seminar shu mavzuga bag‘ishlandi.

"Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot olib borish bo‘yicha "El yurt umidi" jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari" asosida ta’lim olishi, ulardagi imtiyozli stipendiyalar , ustuvor yo‘nalishlar va xujjatlarni topshirish tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn amaliy-uslubiy seminarda 5-IDUM va 42-maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari, uslubchi va psixolog mutaxassislar ishtirok etishdi.

Seminar davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Chet eldagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz bilan bo‘lgan muloqotda faol qatnashdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Seminar

Piskent tumani hokimligida tumanda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash masalasiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari, Investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimi boshligʻi U.Ubaydullayev rahbarligida oʻtkazilgan tadbirda hokim yordamchilari, kadastr, arxitektura va investitsiya boʻlimi masʼullari ishtirok etdi. Jarayonda hududning ishbilarmonlik salohiyatini oshirish maqsadida tadbirkorlik va dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlarining amaldagi holati tahlil etildi.

Tumanda yuqoridagi maqsadlarda 2018-2023-yillar davomida 241 ta jismoniy va 184 ta yuridik shaxslarga yer maydonlari ajratilgan boʻlib, amalda loyihalarning bajarilishi, muammoli vaziyatlarda ishbilarmonlarga qonun doirasida yordam berish, yangi ish oʻrinlarini yaratish tartibi koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ijtimoiy_himoya
#Seminar

Joriy yilning 10-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 596-sonli qarori eʼlon qilindi.

Ushbu qarorning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida Pensiya jamgʻarmasi Piskent tuman boʻlimi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida Moʻminobod hamda Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raislari hamda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi.

Jarayonda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy himoyaga qamrab olish, nafaqalarni manzilligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan tadbirlar batafsil tushuntirildi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazi hamda Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi rahbarlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Antikorrupsiya
#Seminar

Bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!

Antikorrupsiya oyligi doirasida Piskent tumani hokimligida huquqiy seminar tashkil etildi.Seminarda viloyat Adliya boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, viloyat prokuraturasi, viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat shoʻbasi vakillari, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi, tuman Kengashi kotibiyati, hokimlik apparati xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasida oʻtkazilgan seminarda poraxo‘rlikni oldini olish hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida fikr almashildi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining poraxoʻrlik jinoyatiga jazo muqarrarligi borasida maʼruzalari tinglandi.

Jarayonda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi. Poraxoʻrlikning shaxs va jamiyatga keskin salbiy taʼsiri toʻgʻrisida hayotiy voqealar asosida videoroliklar namoyish etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi