PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sayyor_sud

ULAR MUSTAQILLIK BAYRAMINI O‘Z UYIDA, OILASI BAG‘RIDA NISHONLAYDILAR.
Piskent tumani IIBda bo‘lib o‘tgan sayyor sudda 10 nafar shaxs muddatidan ilgari ozod etildi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sayyor_sud

Sayyor sudda 12 nafar mahkum muddatidan oldin ozod bo‘ldi

Toshkent viloyati IIBB jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boshqarmasi hamda jinoyat ishlari boʻyicha Piskent tuman sudi hamkorligida Mitan mahallasida sayyor sud boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat IIBB jamoat xavfsizligi boʻlinmasi Probatsiya boshqarmasi boʻlim boshligʻi AAbdilxamidov, jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi M.Bozorov, tuman IIB JXH probatsiya guruhi katta inspektori Sh.Mamadaliyev hamda nazorat ostidagi shaxslar qatnashdi.

Sud jarayonida muqaddam qilgan jinoyatlaridan tegishli xulosa chiqarib, oʻzlariga nisbatan tayinlangan jazoni namunali xulq bilan oʻtayotgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 12 nafar mahkumlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan oʻtalmay qolgan jazo muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shu bilan birga jazoni oʻtash tartibi va shartlarini bajarmagan 1 nafar nazoratdagi shaxsga nisbatan jazo ogʻirrogʻiga almashtirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#sayyor_sud

Sayyor sudda 12 nafar mahkum muddatidan avval ozod etildi

Probasiya guruxi xisobidagi nazorat ostidagi shaxslarga, jamiyatimizda inson qadri va uning manfaatlari qonun doirasida himoyalanishi, shuningdek, bilib-bilmay jinoyat ko’chasiga adashib kirib qolgan va qilmishidan chin dildan pushaymon bo’lgan shaxslarga qonun doirasida imkoniyatlar mavjudligi haqida gapirib, huquqbuzarlik va jinoyatlarga takroran qo’l urushning salbiy oqibatlari tushuntirib o’tildi.

Sud jarayonida probatsiya hisobida turib, belgilangan jazo muddatini yaxshi xulq bilan oʻtayotgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlarning 12 nafari muddatidan ilgari ozod etildi.

Sirasini aytganda, ozodlikni qadriga yetish uchun xatoga yoʻl qoʻyishga xojat yoʻq. Bugun sud zalidan ozod etilgan insonlar esa imkoniyatdan toʻgʻri foydalanib, yurtimizga halol xizmat qiladilar, degan umiddamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube