PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yashil_makon

Maktab bogʻiga nihol qadaldi

Lolaariq mahallasida joylashgan 9-maktab ustozlari ham maktab bogʻiga nihol ekishdi.

Kuni kecha maktabda oʻtkazilgan tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari M. Usmonova, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi rahbari S.Azimova, Maktabgacha va maktab taʼlimi rahbari B.Eshmurodova, 9-maktab jamoasi va boshqa taʼlim dargohlari direktorlari qatnashishdi.

Tadbir doirasida ustozlar maktab bogʻiga mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi. Qariyb 15 sotixli bogʻda bugun 100 ga yaqin mevali daraxtlar oʻtqazilgan. Shu bilan birga maktab hududi va atrofdagi boʻsh yerlarga ham terak koʻchatlari ekildi.

Maqsad - ona tabiat sofligiga hissa qoʻshish, oʻsib kelayotgan yosh avlodga yashil makonni meros qoldirishdir.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Jarayon

Yurtimizda keng koʻlamda olib borilayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasida tumanimizdagi mahallalarda kuzgi koʻchat ekish ishlari qizgʻin olib borilmoqda.

1-sektor hududidagi Istiqlol mahallasi faollari ham mahalla idorasi oldidagi 5 sotix boʻsh maydonni obod qildilar. Yaxshidan bogʻ qoladi, deganlaridek, maydon tekislanib, olma, oʻrik, bodom nihollari qadaldi, kichik bogʻ tashkil etildi.

Bu kabi xayrli ishlar mahallaga yoyilib, faollari tashabbusi bilan ichki koʻchalar va guzarlarga ham 200 tupdan ziyod terak, tut, tol koʻchatlari oʻtqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Jarayon

Turkiston hududida joylashgan “Shuhrat chorva” fermer xoʻjaligida kuzgi koʻchat ekish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi ekin maydonlari chetlari yumshatilib, qariyb 1 km qismi 5 qatordan terak ekishga tayyorlandi.

Xoʻjalik rahbari Sh.Xudoyberdiyevning soʻzlariga koʻra, fermer xoʻjaligidagi paxta va gʻalla maydonlari hamda ariq va zovurlar chetlariga jami 2400 tup terak, 760 tup voyish usulida tok, 1300 tup tut koʻchatlari ekish koʻzda tutilgan. Ayni kunlarda obodonlashtirish tadbirlari jadal olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Yashil makon tadbirlari umummilliy loyiha boʻlib, yurtimiz obodligiga barcha soha vakillari hissa qoʻshmoqda.

Suvti mahallasida joylashgan 18-maktabda boʻlib oʻtgan hasharga respublika ishchi guruhi vakillari ham ishtirok etishdi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan Piskent tumaniga biriktirilgan vakillar hamda tuman masʼullari mehnati bilan maktab gulzori mavsumiy gullar bilan boyidi. Mevali koʻchatlar bogʻchaga ekildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#yashil_makon

Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Nurafshon shahrida koʻchat ekish aksiyasi oʻtkazilib, “Jurnalistlar bogʻi” tashkil etildi.

Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston milliy media birlashmasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi hamkorligida oʻtgan aksiyada 1000 nafarga yaqin jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari, norasmiy axborot agentliklari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Aksiya doirasida Nurafshon shahri stellasi atrofidagi koʻkalamzorlashtirish uchun moʻljallangan 6.8 gektar maydon jurnalist va blogerlar mehnati bilan obod etildi. Jarayonda hududning tuproq iqlim sharoitiga mos boʻlgan 6 ming 400 tup pavloniya, bagryanik, yasin va safora nihollari oʻtqazildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Yashil_makon

Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish ishlari Piskent tumanida qizgʻin davom etmoqda.

Xayrli ishga tuman Moliya va iqtisodiyot boʻlimi, Gʻaznachilik hamda Pensiya jamgʻarmasi xodimlari ham qoʻshilishdi. Bugun Murotali mahallasida oʻtgan hashar davomida jami 200 nafar hasharchi - moliyachilar va mahalla faollari mehnati bilan boʻsh yotgan maydonlar obodonlashtirib, 1000 tup terak koʻchatlari oʻtqazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Tuman hokimi boshchiligida yoʻl boʻylariga koʻchat ekildi

Bugun Piskent tumani 1-sektor hududida “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi koʻchat ekish ishlari davom ettirildi. Jumladan, Suvti mahallasi Mustaqillik koʻchasining 1 kilometr qismida yoʻl yoqalari obodonlashtirildi. Maxsus texnika jalb etib, koʻchat ekishga tayyorlangandan soʻng, yoʻllar chetiga tuman hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida besh qator qilib, jami 3 ming tup terak koʻchatlari ekildi.

Obodonlashtirish va koʻchat ekish tadbirlari mahalla faollari tomonidan ichki koʻchalar va xonadonlarda ham davom ettirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati kengashi raisi Murodjon Nosirov ham Piskent tumanida boʻlib oʻtgan koʻchat ekish aksiyasida ishtirok etdi.

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov hamda mutasaddi rahbarlar bilan birga yaxshi niyat bilan nihol qadaldi. Xayrli tadbirdan tashkilot va korxona rahbarlari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari ham chetda turishmadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Kuzgi koʻchat ekish ishlari tumanimiz mahallalarida davom etmoqda.

Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi jamoasi, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari koʻmagida Suvti mahallasida boʻsh turgan yer maydonlari koʻkalamzorlashtirildi.

Jumladan, jamoaning mehnati bilan Tinchlik koʻchasida joylashgan 12 sotix boʻsh maydonga mevali bogʻ barpo etildi. 300 tupga yaqin olma nihollari, atrofga esa terak koʻchatlari oʻtqazildi. Suvti mahallasining yangi stellasi atrofiga mavsumiy gullar ekildi.

Barcha tumandoshlarimizni “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol boʻlishga chaqiramiz. Zero, yaxshidan bogʻ qoladi, degan maqol bejiz emas.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Piskent tumanidagi 29 ta mahallada “Yashil makon” tadbirlari davom etmoqda

Tumanimiz hududidagi 29 ta mahallada yashil maskanlar tashkil etish, mahallalar hududini obod etib, bogʻu rogʻlar barpo etish maqsadida “mahalla beshligi” ham shaxsiy namuna koʻrsatishmoqda.

Xususan, Oybek, Doʻstlik, Maylobod va boshqa mahallalar raisi boshchiligida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faollari hamda yoshlar yetakchilari olma, nok, jiyda, bodom, shaftoli, xurmo singari mevali daraxt koʻchatlari oʻtqazishmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi