PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.78K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Айни пайтда Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизда амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишмоқда.

В настоящее время Президент Шавкат Мирзиёев ознакамливается с проводимой в столице созидательной работой.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bilasizmi

❗️Yangi turmush qurgan yoshlarga o'z xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratiladi

🔰 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so'mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi belgilangan.

▶️ Kredit quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

▫️bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan;

▫️20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga;

▫️boshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdorda.

☑️ Shuningdek, qarz oluvchi quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo'lishi lozim, jumladan:

🔹kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan bo'lishi;

🔹 “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlari (nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan bo'lishi lozim);

🔹daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadiga bo'lishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Kun_tartibi

Maqsad – tuman hududida tinchlikni saqlash va jinoyatchilikning oldini olish

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning hudud profilaktika inspektorlari va mahalla raislari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda sektor rahbarlari, IIB va prokuratura mas’ul xodimlari, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga mas’ul profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sarhisob

Taraqqiyot mahallasida “beshlik” zimmasidagi vazifalarni qay darajada uddalamoqda?

Taraqqiyot mahallasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla xodimlarining hisoboti aholi vakillari ishtirokida tinglab, tanqidiy baho berildi.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hashar

Yurtimizda obodonlashtirish oyligi boshlab yuborilgan. Shu munosabat bilan nafaqat xonadonlarda, balki korxona va tashkilotlarda ham tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Suv ta’minoti korxonasi Piskent tumani bo‘limida B.Qodirov boshchiligida korxona binosini oqlash, hududni tartibga keltirish va qurigan o‘t-o‘lanlarni tozalab, chiqindilarni bartaraf qilish ishlari olib borildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat

Antisanitariya holatlariga chek qo‘yiladi

Kuni kecha tuman hokimi Nodirbek Yakubov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududda sanitariya holatini yaxshilash, “obodonlashtirish oyligi” o‘tkazish, tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlarini olib borishi to‘g‘risida topshiriqlar berilgandi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi yuzasidan SEO va JS bo‘limi tomonidan Murotali, Oybek va Taraqqiyot MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Unda Jumabozor va hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan o‘ziga tegishli hududni toza saqlash, chiqindilarni belgilangan joyga yig‘ish va chiqarib tashlash tartibi tushuntirildi.

Antisanitariya holati aniqlangan, tez buziluvchi meva hamda ichimliklarni quyosh tig‘ida qo‘yish holatlari nazoratga olinib, chora ko‘rildi. O‘rganilgan 17 ta obektdan 12 tasiga ogohlantirish xati berildi. 1 fuqaroga ma’muriy jarima bayonnomasi rasmiylashtirildi. 4ta holatda kamchiliklar joyida bartaraf etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Dolzarb_30_kun

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyuldagi "Respublika hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirini joriy etish to‘g‘risida"gi 418-F-son farmoyishiga asosan 10 iyuldan boshlab respublikamizning barcha hududlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tuman hududidagi korxona, tashkilot va tadbirkorlik subektlari va xonadonlarda ham profilaktik ishlar olib borilmoqda. “Parlar Fidan” MCHJ da tashkil etilgan tadbirda yong‘inlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda tushuntirib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi