PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Bildirish

Siz doimiy ish izlayapsizmi? Unda bu imkoniyatdan foydalaning!

Hurmatli tumandoshlar, ertaga Piskent tumanidagi ish izlovchi fuqarolarning Artel kompaniyasiga amaliy ekskursiya tashkil etiladi.

Doimiy ish izlagan fuqarolar ertaga, 13 iyul soat 10:00 da “Yoshlar bog‘i”ga kelishingiz mumkin. Haqiqatdan ishga joylashish istagi bo‘lganlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib kelishlari so‘raladi.

Yo‘l harajatlari va tushlik bepul.

Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Qisqa satrlarda

X.Karimov” fermer xo‘jaligi "Oybek" va boshqa mahalladagi yordamga muhtoj oilalarga 15 tonna bug‘doy tarqatdi.

Oqtepa mahallasida yashovchi “Ayollar daftari”dagi boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga “Ibragimov Vohid” fermer xo‘jaligi tomonidan bug‘doy berildi.

Do‘stlik “Agro fermer” xo‘jaligi ham “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarga 200 kilogramdan bug‘doy ulashdi.

Otaqulov Mashrab” fermer xo‘jaligi Kultepa mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalarga dehqonchilik uchun 30 sotixdan yer ajratdi.

Yangiobod mahallasidagi ishsiz fuqarolarga takroriy ekin ekish uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlar ajratib berildi

Chimqo‘rg‘on mahallasidaMirzahmedov Sobit” fermer xo‘jaligi tomonidan kam ta’minlangan oilalar, ayollar va ishsiz yoshlarga yer ajratildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#nazorat

Viloyat hududlari boʻylab chiqindi tashlanadigan joylarga videokameralar oʻrnatilmoqda

🌐BATAFSIL

Telegram | Website | YouTube | Instagram | Facebook | Twitter
Сомон қолдиқларини ёқиш шартми?

Мутахассисларнинг фикрича, 1 гектар майдонда сомон ёқилганда атмосферага 500 грамм азот оксиди, 379 грамм углеводород, 3 килограмм кул, 20 килограмм ис гази ва углерод оксиди каби заҳарли газлар тарқалади. Оқибатда тирик организмларнинг нафас олиши қийинлашади ва турли касалликлар келиб чиқиши мумкин.

📍https://uza.uz/posts/501317

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Muloqot

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqadi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

▶️ Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartishlar kiritildi.

📌 Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bildirish

Siz doimiy ish izlayapsizmi? Unda bu imkoniyatdan foydalaning!

Hurmatli tumandoshlar, Piskent tumanidagi ish izlovchi fuqarolarning Artel kompaniyasiga amaliy ekskursiya tashkil etilmoqda.

Doimiy ish izlagan fuqarolar bugun, 13 iyul soat 10:00 da “Yoshlar bog‘i”ga kelishingiz mumkin. Haqiqatdan ishga joylashish istagi bo‘lganlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib kelishlari so‘raladi.

Yo‘l harajatlari va tushlik bepul.

Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
“Аёллар дафтари”га киритилганларга берилган 10 та имтиёз

Бу имтиёзлар қайсилар? Хотин-қизларнинг бандлигига қандай йўналишларда кўмаклашилади? Неча фоизлик ставкада кредитлар берилади?

Батафсил 👉 Ўқиш.

Каналга уланиш 👉 @Hudud24official
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Muddatli mehnat shartnomasi muddat tugashi bilan bekor qilinmasa, u nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi

Mehnat shartnomasi istalgan vaqtda ish beruvchi va xodim kelishuviga ko'ra ular belgilagan kundan boshlab bekor qilinishi mumkin.

📝 Bunda ish beruvchi va xodim o'rtasida mehnat shartnomasiga yozma shaklda qo'shimcha kelishuv tuziladi.

Mazkur kelishuvda shartnoma bekor qilinadigan sana, kelishuv tuzilgan sana hamda ish beruvchi va xodimga oid ma'lumotlar ko'rsatiladi. Kelishuvda sharnoma bekor bo'ladigan sana sifatida istalgan muddat ko'satilishi mumkin, masalan muddat bir necha kun, oy, yil bo'lishi mumkin.

Muddatli mehnat shartnomasi esa unda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan bekor qilinadi.

🗓 Mehnat shartnomasidagi muddat tugaganidan keyin shartnomani bekor qilish niyatida bo'lgan taraf, ya'ni xodim yoki ish beruvchi bir-birini kamida 3 kun oldin yozma ogohlantirishi kerak.

Masalan, shartnoma muddati 10 iyulda tugashi belgilangan bo'lsa, uni bekor qilishni ish beruvchi istasa, ish beruvchi xodimni 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak. Aksincha, xodim ishdan bo'shashni istasa, ish beruvchini 7 iyulgacha yozma xabardor qilish kerak.

❗️Bu qoida, xodim ish o'rni, lavozimi saqlanayotgan boshqa xodim o'rniga ishga olinganda qo'llanilmaydi, bunda mehnat shartnomasi ish joyi saqlanayotgan xodim ishga chiqqan paytdan boshlab bekor qilinadi.

Masalan, xodim “dekret”ga chiqqan boshqa xodimning o'rniga ishga olinganda, “dekret”dagi xodim ishga qaytishi bilan shartnoma bekor bo'ladi.

☑️ Mehnat shartnomasi muddati tugaganidan keyin 1 haftada ish beruvchi ham, xodim ham sharnomani bekor qilishni talab qilmasa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi.

Endi uni “muddati tugashi munosabati bilan” degan asos bilan bekor qilib bo'lmaydi.

➡️ Muddatli mehnat shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda shartnomada ish beruvchi yoki xodim neustoyka to'lashi belgilanishi mumkin.

⚠️ Neustoyka – shartnoma sharti bajarilmaganida to'lanadigan pul summasi.

📁 Bunda, shartnoma ish beruvchi tomonidan xodimning aybisiz bekor qilinganda, ish beruvchi xodimga neustoyka to'laydi, aksincha bo'lsa, ya'ni xodim tashabbusi yoki aybi bilan shartnoma bekor bo'lsa, xodim neustoyka to'laydi.

Eslatma: neustoyka faqat shartnomada ko'rsatilgan bo'lsagina to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Oila_va_jamiyat

Oila va mahallaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi tomonidan mahallalarda “Oila ma’naviyati”, “Oila va mahallaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Mitan mahallasida bo‘lib o‘tgan ma’rifat soatida mahalla hodimlari, faollari hamda Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etishdi. Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, sog‘lom jamiyat qurish uchun avvalo oilada sog‘lom muhit hukm surishi zarurligi, farzand tarbiyasida mahalla, ta’lim muassasasi va oila hamkorligini mustahkamlash singari masalalarda fikr almashildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi