PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.63K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Himmat

Uyingiz bug‘doyga to‘lsin!

Xalqimiz bejizga “Uying bug‘doyga to‘lsin” demaydi. Sababi, non shundayin tabarruk ne’matki, nafaqat dasturxon to‘kinligi, ro‘zg‘or qut-barakasi, balki hayotimiz farovonligi uning serobligi bilan belgilanadi.

Piskent tumanida bu yilgi mavsumda hosil cho‘g‘i yaxshi bo‘ldi, davlat resursi uchun 20 ming 500 tonna don qabul qilindi. Ulkan xirmonni yaratgan dehqon va fermerlarning ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatayotgan himmati esa bug‘doy hosiliga yanada baraka kirishiga sabab bo‘lmoqda.

Suratda: Zominovul mahallasida “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi oila vakillariga 250 kg dan bug‘doy tarqatilmoqda. Xayrli tashabbus esa boshqa mahallalarga ham yoyiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Himmat

Saxovat tadbirlari davom etmoqda

Xayru saxovat bayrami Qurbon hayiti o‘tgan bo‘lsada, tumanimizda xayrli tadbirlar davom etmoqda. Jumladan, Ko‘lota mahallasida tuman Mudofaa bo‘limi hamda hudud yoshlar yetakchisi tomonidan nogironligi bo‘lgan, ehtiyojmand va probatsiya ro‘yxatiga olingan 12 nafar yoshlarning oilalari holidan xabar olindi. Zarur oziq-ovqat va bug‘doy yetkazib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Himmat

1-sektor hududidagi Chimqo‘rg‘on mahallasida yashovchi ishsiz va ehtiyojmand oilalarga “Haydarova Munisoy” fermer xo‘jaligi homiyligida 100 kg dan bug‘doy tarqatildi.

Shuningdek, 4-sektor mas’ullari tashabbusi bilan Kultepa mahallasi hududidagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va nogiron a’zosi bo‘lgan oilalarlarga fermerlar homiyligidan g‘alla hosilidan ulush ajratilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Himmat

Do‘ngqo‘rg‘on va Kultepa mahallasida kam ta’minlangan fuqarolarga homiylik asosida bug‘doy tarqatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi