PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.75K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Iftorlik

Ramazon-saxovat oyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yil 13 mart kuni Surhondaryo viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida muborak Ramazon oyi davomida Piskent tumani mahallalarida iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun "Mandarin" to‘yxonasida 1-sektor hududida joylashgan Bekobod mahallasi aholi vakillari uchun 100 kishilik iftorlik tashkil etildi. Tuman hokimligi, “Mahalla" hayriya jamoat fondi tomonidan yozilgan iftor dasturxoni atrofida asosan mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a’zolari, faol xotin-qizlari va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.

Tuman jome’ masjidi imomi A.Malikov Qur'on qilovat qilib, savobini olamdan o‘tganlarga bag‘ishladi, yurtga tinchlik, elga xotirjamlik tilab duolar qildi.

Bunday iftorliklar Piskent tumanidagi 4 ta sektorda, 29 ta mahallada tashkil etish rejalashtirilgan.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Iftorlik

Ramazon tuhfasi

Ramazon oyining go‘zal amallaridan biri bu iftorlik – ehsonidir. Bu amal bilan inson savob – mukofotlarga erishadi. Ehsonda qatnashgan kishilar ham yaxshilik, eʼtibordan sevinadilar, qalblarida o‘zaro mehr-oqibat, hurmat-izzat paydo bo‘ladi.

Piskent tumani Mitan va Oqtepa mahallasida ham kecha aholi uchun Iftorlik dasturxoni yozildi. Yig‘ilgan mahalla ahllari muborak kunlarga yetkazganiga, tinchlik, xotirjamlikka shukrona aytib, duo qildilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#iftorlik
#ramazon

💫Ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimligi iftorlik dasturxoni tashkil etdi

Piskent tumani aholisi uchun yozilgan
iftorlik dasturxoniga nuroniylar, mahalla faollari, ishchi xodimlar, roʻzadorlar taklif etildi.

Ushbu
iftorlik dasturxoni xalqimizga xos, insoniylikning yuksak koʻrinishini oʻzida aks ettiruvchi qadriyatlarimizning ham bir koʻrinishi boʻldi.
Fayzli dasturxon atrofida kechgan suhbatlarda esa bugungi farovon va tinch hayotimizga, toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlib oʻtirish neʼmat ekanligiga shukronalar keltirildi.
Ana shunday ezgu niyatlar ila nuroniy otaxon va onaxonlar yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi uchun shukronalik bildirib, duoga qoʻl ochishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube