PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.67K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Kitobxonlik

“Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik”shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Piskent tumani axborot kutubxona markazida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda kutubxonaga yoshlarni jalb qilish maqsadida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi. Unda ta’til davomida o‘quvchilarning mutolaa ko‘nikmasini oshirishda bolalar adabiyotining o‘rni, kutubxonada mavjud kitob xazinasi haqida to‘liq ma’lumot berildi.

Tadbir davomida yozuvchi Sobirjon Inomov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari S.Azimova so‘zga chiqdi. Yoshlar esa o‘zlari o‘qigan adabiyotlar va ulardan olgan taassurotlari haqida so‘zlab berdilar.

Ma’lumot uchun, Piskent tumani axborot kutubxona fondida 60 mingga yaqin o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari va 10 mingdan ziyod elektron kitoblar mavjud.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Piskentda suv ta'minotini yaxshilash uchun 18 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ichimlik suvi taqchilligi dolzarb masala bo‘lib turgan bir vaqtda, mamlakatimizda aholiga toza ichimlik suv ta’minotini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qarori asosida tumanda 9 ta mahalla hududida jami 17 mlrd so‘mlik qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish, 275 ta nazorat quduqlari, yangi suv inshoatlarini qurish, 46,6 km suv tarmoqlari tortib, suv inshootlari ta’mirlandi.

Qolaversa, “Obod qishloq” dasturi asosida G‘ayrat, Chimqo‘rg‘on, Zominovul, Oqtom mahallalarida 28 km yangi suv tarmoqlari, PQ-98-sonli qaror asosida 5 ta mahallada jami 18 mlrd so‘m evaziga 33 km masofada suv tarmoqlari qurilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Piskentlik ziyoratchilarni Haj safariga kuzatish jarayonidan videolavha

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

🔰 Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023 y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo'yicha investisiya loyihalari amalga oshiriladi:

🔹Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati
400 MVt bo'lgan;

🔹Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati
500 MVt bo'lgan;

🔹Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati
500 MVt bo'lgan.

☑️ Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.

📝 Mazkur investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

▫️Investisiya bitimlari tasdiqlanadi;
▫️Elektr energiyasini sotib olish to'g'risidagi bitimlar ma'qullanadi.

➡️ Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun to'lanadigan ijara to'lovi miqdori yer solig'i miqdoriga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Trening

Piskentlik xotin-qizlar biznes asoslarini o‘rganishmoqda

"Tadbirkor ayol" xalqaro assotsiatsiyasi va Germaniyaning “German Sparkassenstiltung” xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlikdagi loyiha asosida Piskent tumani Ko‘lota mahallasida joylashgan Qirqqiz ziyoratgohida seminar trening tashkil etildi.

Mas’uliyatli moliya va qishloqning barqaror rivojlanishi” nomli loyihaning treninglari 3 kun davom etadi. Unda mahallalardan ishbilarmonlikka qiziqishi, biznes asoslari va shartlarini o‘rganib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagi bo‘lgan 20 nafardan ortiq ayollar ishtirok etmoqda.

Mini-ma’ruzalar, aqliy hujum, guruh mashqlari, individual vazifalar orqali bo‘lajak ishbilarmon ayollar tajribali trenerlar yordamida biznes-reja tuzish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi. O‘z korxonalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqib, marketing rejasini tuzdilar, bozor xatarlarini oldindan aniqlashni o‘rgandilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Сайлов2023

Кимларга сайловолди ташвиқоти билан шуғулланиш тақиқланади?

@olimlar_minbari
#Ijtimoiy_himoya

“Temir daftar”dagi bir guruh fuqarolar xonadoniga quyosh panellari o‘rnatildi

Bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da Piskent tumanida istiqomat qiluvchi “Temir daftar” ro‘yxatiga olingan bir guruh fuqarolarga muqobil energiya manbalari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1-sektor hududidagi Fayzobod mahallasida yashovchi nogironligi mavjud fuqaro O.Ergashev, 2-sektor Yangiobod mahallasidan N.Yunusova, 3-sektor Mingtepa mahallasidan Z.Saydolimova, Mo‘minobod mahallasidan N.Mo‘minjonova, 4-sektor Kultepa mahallasidan Z.Jamolova, S.Raqitov xonadoniga subsidiya asosida quyosh panellari o‘rnatib berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi