PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: inson huquqlariga oid 10 ta eng muhim kafolat

1️⃣ Inson huquq va erkinliklari har kimga tugʻilganidan boshlab tegishli boʻladi.

2️⃣ Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir.

3️⃣ Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi hamda qonunlarning, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

4️⃣ Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

5️⃣ Insonga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli boʻlishi kerak.

6️⃣ Har kim oʻz shaxsiga doir maʼlumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlarning tuzatilishini, oʻzi toʻgʻrisida qonunga xilof yoʻl bilan toʻplangan yoki huquqiy asoslarga ega boʻlmay qolgan maʼlumotlarning yoʻq qilinishini talab qilish huquqiga ega.

7️⃣ Har kim mamlakat boʻylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega.

8️⃣ Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.

9️⃣ Har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

🔟 Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos boʻlishi mumkin emas.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

❗️Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: surishtiruv, tergov va sud jarayonida inson huquqlariga oid 9 ta eng muhim kafolat

1️⃣ Shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.

2️⃣ Shaxs oʻzining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.

3️⃣ Aybdorlikka oid barcha shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.

4️⃣ Agar shaxsning oʻz aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.

5️⃣ Shaxs oʻziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.

6️⃣ Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.

7️⃣ Hibsga olish, qamoqqa olish va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.

8️⃣ Yozishmalar, telefon orqali soʻzlashuvlar, pochta, elektron va boshqa xabarlar sir saqlanishini cheklashga hamda uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq
va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi.

9️⃣ Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan koʻrsatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 9-moddasi: “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumxalq ovoziga – referendumga qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasida referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Davlat hayotidagi barcha muhim masalalar dastlab xalq muhokamasiga qo'yilib, so'ngra umumxalq ovozi bilan qabul qilinish jarayoniga misol sifatida 2023 yil 30 aprelda YAngi tahrirdagi Konstitusiyani qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan referendumni keltirish mumkin.

Konstitusiya loyihasi dastlab keng jamoatchilik takliflari asosida ishlab chiqilib, shundan so'ng umumxalq ovozi – referendum asosida qabul qilindi.

Referendum o'tkazish esa 2001 yil 30 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida”gi Qonuni bilan tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/ioaxBm8wKHY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.

Video: https://youtu.be/1tHvezqQRVo

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin