PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_yumushlari

23 nafar fermer marraga yetdi

Tumanimiz fermerlari g‘alla o‘rim-yig‘imi ishlarini jadal olib borishmoqda. Birgina 11 iyun kuni 1 yarim ming tonna sara don yig‘ib olinib, umumiy xirmonga qo‘shildi. O‘rim mavsumi boshidan buyon esa 5 ming 394 tonna bug‘doy o‘rib olindi.

Ayni kunlarda I.Haydarov, Turkiston, Navoiy, Y.Ohunboboyev hududlari dehqon-fermer va mexanizatorlari marraga ildamlik bilan yaqinlashmoqda. Bugungacha 23 ta fermer xo‘jaligi g‘alla rejasini yorug‘ yuz bilan bajardilar.

Jumladan, Turkiston hududidan “Jamshid” fermer xo‘jaligi 205 tonna, Mustaqillik hududidan “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligi 130 tonna, Ohunboboyev hududidan “Qosimova Farida” fermer xo‘jaligi 215 tonna, Qodirov hududidan “Abduraimov Islombek” fermer xo‘jaligi g‘allakorlari 133 tonna sara don yetishtirib, xalqimiz dasturxoni to‘kin bo‘lishiga hissa qo‘shdilar. O‘rim oldidan jonliq so‘yib, ehson tadbirlari ham muntazam amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 9-moddasi: “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumxalq ovoziga – referendumga qo'yiladi. O'zbekiston Respublikasida referendum o'tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”.

Davlat hayotidagi barcha muhim masalalar dastlab xalq muhokamasiga qo'yilib, so'ngra umumxalq ovozi bilan qabul qilinish jarayoniga misol sifatida 2023 yil 30 aprelda YAngi tahrirdagi Konstitusiyani qabul qilish bo'yicha o'tkazilgan referendumni keltirish mumkin.

Konstitusiya loyihasi dastlab keng jamoatchilik takliflari asosida ishlab chiqilib, shundan so'ng umumxalq ovozi – referendum asosida qabul qilindi.

Referendum o'tkazish esa 2001 yil 30 avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining Referendumi to'g'risida”gi Qonuni bilan tartibga solingan.

Video: https://youtu.be/ioaxBm8wKHY

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
📊Piskent tumanining aholi soni

⚡️2023- yil 1- aprel holatiga doimiy aholi soni 102 ming 032 kishini tashkil qildi. Shundan, erkaklar soni 51 926 ta ayollar soni 50 106 tani tashkil qildi.

Shundan:

🔸Tug‘ilish soni – 499 kishi

🔸O’limlar soni – 96 kishi

🔹Nikohlar soni – 73 ta

🔹Ajrimlar soni – 56 ta

🔸Ko‘chib kelgan – 116 kishi

🔸Ko‘chib ketgan – 230 kishi

Rasmiy sahifalar👇

Facebook |Telegram
#Hayriya

"Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni bilan “Mehr va saxovat kunlari” o‘tkazish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Piskent tumani Kasb-hunar markazi, 2-sonli kasb-hunar maktabi, Axborot kutubxona markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Musiqa va san’at maktabi xodimlari ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumanida 150 o‘rinli yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Piskent tumani. DXX kubogi uchun futbol va minifutbol musobaqalari davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Konstitutsiyani_oʻrganamiz

Konstitusiyamizning 10-moddasida “O'zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O'zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas", deb belgilangan.

Oliy Majlis va Prezident xalq vakilligining oliy ko'rinishi hisoblanadi, ularning har ikkisi umumxalq ovozi asosida saylanadi.

Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo'lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.

Prezident davlat boshlig'idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi.

Xalq nomidan ish olib borish mamlakat ichkarisida ham, tashqi munosabatlarda ham amalga oshiriladi.

Konstitusiyada xalq nomidan ish olib borish vakolati berilganlar aniq belgilab qo'yilishi bilan bir qatorda, boshqa hech qanday shaxs, partiya, birlashma bunday vakolatga ega emasligi ham ko'rsatib qo'yilgan.

Video: https://youtu.be/1tHvezqQRVo

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Yoz_2023

Maktablarda sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyat boshladi

O‘quvchilarning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida belgilangan umumta’lim maktablarida yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari va lagerlar tashkil etildi.

Jumladan, Piskent tumanidagi 6, 14, 20, 26, 28, 37-sonli umumta’lim maktablarida ana shunday sog‘lomlashtirish maydonchalari ish boshladi. Unda bolalar sport, san’at, til o‘rganish to‘garaklarida shug‘ullanib, turli harakatli o‘yinlar bilan vaqtini mazmunli o‘tkazishi mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Интервью

⚡️Президентлик сайловлари умум эътироф этилган сайлов принциплари ва халқаро-ҳуқуқий ҳужжатлар асосида ташкил этилади.

🎞Юридик фанлари доктори, профессор Омон Мухамеджанов бу ҳақда маълумот берди.

@olimlar_minbari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

Murotali mahallasida erkin kurash musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tuman hokimligi va Murotali mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan erkin kurash bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda Murotali, Taraqqiyot va qo‘shni mahallalardan yosh polvonlar, Olmaliq, Nurafshon, Bekobod shahri, Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan kurashchilar ishtirok edi.

7 yoshdan 16 yoshgacha polvonlar o‘rtasida gilamda kechgan kurashlarda 200 nafardan ortiq bolalar qamrab olindi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga tuman hokimligi va homiylarning sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#hokimiyat_hujjatlari

Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimiga sal kam 200 million soʻm mablagʻ ajratildi

Viloyat mahalliy budjetining 2023-yil  I-chorak yakuni yakuni bilan shakllangan daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qism hisobidan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish,  moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun  viloyat hokimligiga 194 million mablagʻ ajratildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli hujjatni imzoladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM