PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hududlarda

Bugun tuman hokimi mahallalarda bo‘lib, aholi vakillari bilan suhbat qildi

Tuman hokimi R.Rixsiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i H.Isamuhammedov hamrohligida keksalar, shu bilan birga kam ta’minlangan oilalar xonadoniga bordi. Fuqarolar murojaatini tingladi. Yosh va har jihatdan sog‘lom bo‘lsada, ishlamay uyda o‘tirgan fuqarolarga ish va amaliy yordam taklif etildi. Dehqonchilik qilish imkoniyati bo‘lgan shaxslarga esa yer maydonlari ajratilishini tushuntirdi.

Darhaqiqat, xalqimizda qo‘ldan berganga qush to‘ymas, degan maqol bejiz aytilmagan. Tuman hokimi doimiy ishga joylashgach, daromadga ega bo‘lsa, arzon uy-joylar ham ajratish mumkinligiga e’tibor qaratdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlarda

Hududlarda o‘rganish davomida tuman rahbari R.Rixsiyev G‘ayrat mahallasidagi ko‘p qavatli yangi turarjoy mavzesida ham bo‘ldi.

Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov bilan birga qish mavsumida ushbu uylarda xavfsizlik talablariga rioya qilinishi holati nazorat qilindi. Shu bilan birga mavzeda yashil makon barpo etish uchun maydonlarni tayyorlash ishlari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlarda

Qurilayotgan bog‘chalar bitsa, 450 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olinadi

Tuman hokimining hududlardagi o‘rganishlari davom etmoqda. Bugun kunning ikkinchi yarmida Nodirbek Yakubov tuman prokurori Alisher Jo‘rayev hamrohligida mahallalardagi qurilishi yakuniga yetmagan maktabgacha ta’lim muassasalarini ko‘zdan kechirdi.

Zominovul, Oybek, Taraqqiyot, G‘ayrat mahallalarida qurilayotgan ushbu davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yatgach, Piskentdagi 450 nafar bolajonlar bog‘chalarga qamrab olinadi. Tuman rahbari mas’ullar ishtirokida ushbu obektlardagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, ishlar sifati va muddati bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlarda

"Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida rahbarlarning o‘rganishlari bugun ham erta tongdan boshlandi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Xolmirza Niyozov, tuman hokimi Nodirbek Yakubov hamda tashabbuskor keksalardan iborat jamoatchilik vakillari Mo‘minobod va Yangiobod mahallasida bo‘lishdi. Openbudjet loyihasi asosida yangi qurib foydalanishga topshirilgan binoda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shunga yarasha mahalla beshligi ham faoliyatini samarali tashkil etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlarda

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning hududlarda aholi bilan yuzma yuz uchrashuvi davom etmoqda.

Kuni kecha Suvti mahallasida boʻlgan tuman hokimi bir xonada oʻtirib suhbat qilgandan koʻra, muammolarni joyiga borib koʻrishni afzal bildi. Suvti mahallasi raisi va faol fuqarolar bilan uchrashib, muammolari bilan qiziqdi. Aholining suv bilan bogʻliq murojaati yechimlarini koʻrib chiqdi.

Taʼkidlash joizki, erta bahorda mahallaning bir qismida tuman hokimligi tomonidan homiylik hisobiga suv chiqarilgan edi. Bosqichma bosqich ushbu masala ham hal etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi