#Munosabat
Bugun “Yoshlar kundaligi” telegram kanalida Piskent tumanidagi Xotira maydoni bilan bog‘liq tanqidiy material e’lon qilindi.
Ajdodlar xotirasi hurmatga loyiq va hamisha e’tiborda bo‘lib qoladi. Shu bois, tuman hokimi Nodirbek Yakubov qurilish va kadastr mutasaddilari bilan birgalikda Xotira maydoniga bordi. Maydonda ta’mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Shu bilan birga holatga aniqlik kiritib, quyidagilarni ma’lum qilish zarur.
Ushbu Xotira maydoni va undagi Motamsaro ona haykali arxeologik yodgorlik sifatida ro‘yxatga olinib, 2020 yilda Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. Madaniyat vazirligi Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi muhofazasiga olingan.
Piskent tumani hokimligi tasarrufidan chiqib ketgan bo‘lishiga qaramasdan, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan muntazam xizmat ko‘rsatib kelinadi. 2021 yilda Piskent tuman hokimligi tomonidan homiylik mablag‘lari hisobiga rekonstruksiya qilinib, yozuvlari to‘liq yangilangan edi. So‘nggi kunlardagi ob-havo sharoiti, ya'ni shamol natijasida yozuvli plitalar ko‘chib tushgan bo‘lib, ta’mirlash ishlari belgilab olingan.
Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi

Bugun telegram kanali orqali Piskent tumani Yangiobod va Bekobod mahallasi oralig‘ida suv quvuri yorilib, ichimlik suvi isrof bo‘layotgani to‘g‘risida videolavha e’lon qilindi.
Suv ta’minoti korxonasi Piskent tumani filiali bu borada quyidagilarni ma’lum qiladi:
Suv ta’minoti korxonasi dispetcherlik xizmatiga Oybek mahallasi Ma’naviyat ko‘chasida ichimlik suvi quvuri yorilgani va suv toshib chiqayotgani to‘g‘risida, shu bilan birga Yangiobod va Bekobod ko‘chasi oralig‘idagi suv quvuri yorilgani to‘g‘risida murojaat kelgan.
Murojaatlar yuzasidan ayni vaqtda korxonaning avariya brigadasi va maxsus texnikalar Oybek mahallasi Ma’naviyat ko‘chasi 10-uy oldida ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Bu obyekt ta’miri yakunlangandan so‘ng, Yangiobod-Bekobod mahallasi oralig‘idagi avariya holati bartaraf etiladi.
Suv ta’minoti korxonasi Piskent tumani filiali ma’muriyati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#Munosabat
ZIYO AHLI UZOQ KUTGAN TARIXIY HUJJAT
Yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘qituvchilarning maqomini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, Asosiy Qonunimizda davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilishni taklif etmoqda.
muxbir: Elyor Go‘ro‘g‘liyev

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Munosabat
"Prezident qarorini eshitib, mahallamizda to‘y bo‘lib ketdi"-Bahrom Sultonov
"Tashabbusli budjet" loyihasi aholining budjetlashtirish jarayonlarda faol qatnashishiga yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Loyihaning 2023 yil 1-mavsumida Piskent tumani Kultepa mahallasi ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun 2309 ta ovoz to‘plangan, ammo loyihada g‘olib bo‘lish mahalla ahliga nasib etmagandi.
Davlatimiz rahbarining 10 aprel kuni e’lon qilingan "Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori Kultepa va shu kabi 2000 dan ortiq ovoz to‘plagan ko‘plab mahallalarga xushxabar bo‘ldi.
Qarorni eshitib, mahallamizda to‘y bo‘lib ketdi, deydi mahalla raisi Bahrom Sultonov.

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumanida qabristonlar qarovsiz qolgan, degan mazmunda tanqidiy murojaat e’lon qilindi.
Piskent tumanida jami 71 ta qabriston bo‘lib, 11 tasi Madaniy meros obekti sifatida ro‘yxatga olinib, 2020 yilda viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufiga o‘tkazilgan. Lekin viloyat Madaniyat boshqarmasidan ushbu qabristonlarga xizmat ko‘rsatish uchun biror xodim biriktirilmagan.
Shunga qaramay, ajdodlar ruhiga hurmat ko‘rsatish maqsadida Piskent tumani Obodonlashtirish bo‘limi tomonidan muntazam xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Shuningdek, aholi vakillarini jalb etib, hasharlar, tozalash ishlari olib boriladi. Ushbu videomurojaatdagi holat ham eski bo‘lib, o‘rilgan o‘t-o‘lanlar yig‘ib, qabriston hududidan olib chiqib ketilgan.

Telegram tarmog‘i orqali yangi asfalt qilingandan so‘ng ko‘chada transport qatnovi ko‘paydi, degan mazmunda murojaat yo‘llangan edi.
Bu borada quyidagilarni ma’lum qilamiz. Piskent tumani Oybek mahallasi To‘maris ko‘chasini asfalt qilish yuzasidan aholi ko‘p marta murojaat qilib kelgan.
2022 yil kuz mavsumida “Tashabbusli budjet” orqali ushbu ko‘cha to‘liq ta’mirlab, asfalt qilindi. Afsuski, masala ijobiy hal etilsada, fuqarolar shikoyati to‘xtamadi. Aksincha, endilikda tekis yo‘ldan transport qatnovi ko‘paygani aytilib, To‘maris ko‘chasida yashovchi ayrim fuqarolar tomonidan yo‘lning ikki tomoniga to‘siq qurilmalar o‘rnatilgani natijasida 17 may kuni To‘maris 8-uyda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishda o‘t o‘chiruvchilarga katta qiyinchilik tug‘dirdi.
Shu o‘rinda mazkur holatda fuqarolar tomonidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishni tavsiya etamiz. Turli to‘siqlar qonunga xilofligi bilan birga favqulodda muammolarni keltirib chiqaradi.

#munosabat
Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ijtimoiy tarmoqda joylangan "tumandagi mavjud barcha mahalla fuqarolar yig‘inida internet 1 oydan buyon ishlamayabdi. Tuman bo‘limidagilar bu masalani bilmaydi deb o‘ylamayman. Raislar va qolgan xodimlar cho‘ntagidan to‘lab internetdan foydalanayotgn ekan", mazmunidagi xabarlar yuzasidan ma’lumot.
Piskent tumanida mavjud bo‘lgan 29 ta mahalla idoralariga o‘rnatilgan WI-FI bo‘yicha internet xizmati to‘lovlari tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat Rahbarining 2022 yil 21 dekabrdagi "Yangi O‘zbekiston Ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-269-sonli Qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi qisqartirilib, yangi vazirlik tashkil etilishi munosabati bank hisob raqamlari bo‘yicha o‘zgartirishlar jarayonda bo‘lganligi sababli mahalla fuqarolar yig‘ini idoralaridagi internet aloqa to‘lovi kechiktirilgan. Ayni kunlarda yangi hisob raqamlar ochildi. Internet uchun to‘lovlar amalga oshirish jarayonida.
✍️Piskent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi axborot xizmati
Telegram|YouTube|Facebook

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumanida ichimlik suvi ta’minoti darajasi pastligi va 52 ta suv inshooti egasiz yotibdi, mazmunida tanqidiy material e’lon qilindi.
Bu borada “Toshkent suv ta’minoti”MCHJ Piskent tuman bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Piskent tumanida 29 ta mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘lib, aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 65 %ni tashkil etadi. Toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida hozirda 9 ta mahallada PQ-408-sonli qaror asosida 36 km ichimlik suv tarmog‘i qurish, PQ-465-sonli qaror asosida 6 ta mahallada 38 km ichimlik suv tarmog‘i qurish, PQ-5118-sonli qaror asosida 2 ta mahallada 18 km ichimlik suv tarmog‘i qurish, PQ-172-sonli qaror asosida 1 ta mahallada 4,5 km ichimlik suv tarmog‘i qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu obyektlarda qurilish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 82%ga ko‘tariladi.
Bundan tashqari, PQ-408-sonli qarorning 2-bosqichi asosida 5 ta mahallada 64,7 km ichimlik suv tarmoqlari qurish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu loyiha amalga oshgandan so‘ng ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 94%ga ko‘tarilishi rejalashtirilgan. 2024-yilda esa davlat dasturlari asosida yana 5 ta mahallada 49 km ichimlik suv tarmoqlari qurib, suv ta’minotini yuz foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Piskent tumanida 101 ta suv inshooti bo‘lib, ushbu suv inshootlaridan ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvining ichimlikka yaroqliligi va texnik holati soz bo‘lgan 52 tasi “Toshkent suv ta’minoti”MCHJ tuman bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan. Qolgan 49 ta suv inshooti esa maxallalar aholisi noroziligi, texnik xolati yomonligi va ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvi yaroqsizligi sababli qamrovga olinmagan. Hozirgi vaqtda 36 ta inshoot texnik xolati yaroqsiz ahvolda bo‘lgani sababli shu hudadlarda davlat dasturlari asosida qurilish ishlari ishlari olib borilmoqda.
B.Qodirov
“Toshkent suv ta’minoti”MCHJ
Piskent tuman bo‘limi rahbari.

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumanida suv tarmoqlari qurish, auksion savdolari, markazdagi dehqon bozorini va paxta tozalash zavodini ko‘chirish, subsidiya singari masalalar yuzasidan tanqidiy videolavha e’lon qilindi. Bu borada quyidagilarni ma’lum qilamiz.
1. Darhaqiqat, Piskent tumaniga Nurafshon shahridan kirish qismida tuman nomi yozilgan stellada bir harf tushib qolgan bo‘lib, hozirda bu yozuv to‘g‘rilab qo‘yilgan.
2. Lolaariq MFY (Gornyak) da PQ-408-sonli Prezident qarori bo‘yicha 4,5 km ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi vaqtda 95 foiz qurilish ishlari yakunlangan va 1 ta yangi suv inshooti o‘rnatilgan. Videolavhada ko‘rsatib o‘tilgan Oybek MFY ko‘chalari ham Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida asfalt qilingan.
3. Tadbirkorlik faoliyati uchun yer maydonlari auksion savdolari orqaligina harid qilish mumkin. Kadastr tomonidan har oyda savdoga chiqarilgan yer maydonlari ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qilib boriladi. Respublikaning istalgan hududidan turib elektron savdoda qatnashish va ma’qul bo‘lgan yer maydonlarini harid qilishda cheklov yo‘q. 5 iyun kuni ham Piskent tumanida ajratilgan 351 ta uchastka savdoda turganligi haqida xabar berilgan.
Bundan tashqari, tumanda Suvti MFYda 2 ta, Kultepa MFYda 2 ta, Guliston MFYda 1ta kichik sanoat zonalari tashkil etilib, barcha kommunikatsiya tarmoqlari ta’minlangan. Tadbirkorlar ushbu kichik sanoat zonalaridan joy olib, foydalanishlari mumkin.
4. Tuman markazidagi dehqon bozorining shu vaqtgacha ko‘chirilmayotgani bo‘yicha ushbu tanqidiy material muallifi 2020 yilda huddi shu bozorni besabab, zo‘rlik bilan yangisiga ko‘chirishayotgani, tadbirkorlar sarson bo‘lishi haqida ham tanqidiy videolavha tayyorlagan edi. Sirasini aytganda markazda joylashgan bozorda faoliyat yuritayotgan va ko‘chirishni istamayotganlar ham, yangi bozorni ishga tushirishni istayotganlar ham tadbirkorlardir.
5. Piskent paxta tozalash zavodi hozirgi kunda “Real agro kotton” paxtachilik klasteri tasarrufida bo‘lib, 1959 yilda qurilgan. 200 nafardan ortiq piskentliklarni ish bilan ta’minlaydi. Paxtachilik klasteri Kelovchi MFY hududidan auksion savdolarida 10 gektar yer harid qilgan bo‘lib, yangi zavod qurilishi ishlari ketmoqda.
6. Videolavhada bo‘sh maydon deya keltirib o‘tilgan joy Piskent tumanining istiqbolli bosh rejasiga asosan Piskent tumani markaziy ko‘chalari hamda shahar xududi bosh loyihasi ToshkentboshplanLITI tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, sayilgox uchun avtoturargox joylashtirish ko‘zda tutilgan. Fuqaro S.Muxtorovaning tadbirkorlik qilish maqsadidagi murojaatiga asosan Vazirlar Mahkamasinining “Ko‘chma savdo” faoliyatini joriy etish hamda savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 3 avgustdagi 485-son qaroriga asosan ko‘chma savdo “K-SAVDO” onlayn tizimi orqali Bobir ko‘chasidagi avtoshoxbekat hududiga yondosh yer maydonidan 23.26 kv.metr yer maydoniga tadbirkorlik yo‘nalishida savdoga qo‘yilgan.
7. Subsidiya masalasida shuni ma’lum qilamizki, u tadbirkorlarga emas, ehtiyojmand va maxsus daftarlarda ro‘yxatga olingan fuqarolarga ajratiladi.

Telegram
PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.
Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot

Ayni vaqtda dalalarda g‘alla o‘rimi jarayoni qizg‘in, issiq ob-havo hamda qurigan somonpoyalar yong‘in xavfini oshiradi.
Tumanimizning ayrim hududlarida esa g‘alladan bo‘shagan maydonlarni yoqib yuborish holatlari uchramoqda. Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Piskent, Oxunboboyev, Qirqqizobod, Haydarov hududlari fermerlari bilan g‘alladan bo‘shagan maydonlarni peshma-pesh shudgorlash, somonpoyalarni yoqib yuborishning oldini olish bo‘yicha profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bug‘doy o‘rilgan maydonlarga o‘t qo‘yish holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Oybek MFY To‘maris ko‘asida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotgani to‘g‘risida e’lon qilingan tanqidiy material yuzasidan
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Piskent tumani Oybek mahallasi To‘maris ko‘chasida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmagani va bu aholi noroziligiga sabab bo‘layotgani to‘g‘risida tanqidiy material e’lon qilindi. Ushbu holat “Zangiota obodon” MCHJ ishchilari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani markaziy ko‘chalarida suv quvuri yorilib, ichimlik suvi isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy material e’lon qilindi.
"Toshkent suv ta’minoti" MCHJ tuman filiali avariya bartaraf etish brigadasi tomonidan ushbu ichimlik suv tarmoqlarida vujudga kelayotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Shu bilan birga tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash holatini yaxshilash maqsadida "Toshkent dengizi" va "Hamkor" suv inshootlariga yangi ichimlik suvi nasoslari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
"Toshkent suv ta’minoti" korxonasi.

Bugun ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani Mo‘minobod MFY Muqimiy ko‘chasida suv quvuri teshilib, suv isrof bo‘layotgani haqida tanqidiy material e’lon qilindi.
Yuzaga kelgan holat bo‘yicha "Toshkent suv ta’minoti" MCHJ Piskent tuman filiali mas’ullari joyiga chiqib o‘rgandilar va avariya tiklash brigadasi xodimlari tomonidan nosozlikni barataraf etish ishlari olib borildi.

Telegram tarmog‘i orqali Piskent tumani G‘ayrat mahallasi hududida yangi qurilgan uy-joylar kanalizatsiyasi suv o‘zaniga tozalanmasdan oqizilmoqda, degan mazmunda murojaat e’lon qilindi.
Bu borada quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Piskent tumani G‘ayrat mahallasi hududida yangi qurilgan uy-joylar suv tozalash inshooti “David Invest qurilish” MCHJ tomonidan qurilgan bo‘lib, aholi murojaatlariga sabab bo‘lgan holat Piskent tumani mutasaddilari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Atrof tabiiy muhitga yetkazayotgan zararidan kelib chiqib, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan bo‘lib, hozirga vaqtda sudga oid jarayon ketmoqda.

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Birlik mahallasi Gulshan mavzesida ko‘p qavatli uylar chiqindisi vaqtida olib ketilmagani bo‘yicha murojaat yo‘llangan.
Piskent tumanida chiqindilarni yig‘ish va chiqarib tashlash bo‘yicha "Zangiota obodon" MCHJ faoliyat olib boradi. Ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuzasidan so‘nggi vaqtlarda ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Korxona balansida 8 ta chiqindi yig‘ish texnikasi va 25 ta xodim ishlaydi. Ammo bu tumandagi 29 ta mahallani to‘liq qamrab olishga yetishmayapti. Shu bois, mazkur "Zangiota obodon" MCHJ faoliyati natijadorligi Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdagi sessiyasida muhokamaga qo‘yilmoqda. Shu bilan birga tez muddatda ushbu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.