PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️Oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik belgilandi

🔰 Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga koʻra:

🔹18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🔹Oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlik kiritildi. Unga koʻra, xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir roʻzgʻorda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega shaxsga nisbatan:

▫️mulk, taʼlim olish, sogʻliqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilish;
▫️mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish;
▫️ularning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qoʻrqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qoʻyish, mazkur harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima yoki 160 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

🔘 Yuqoridagi shaxslarni doʻpposlash, tan jarohati yetkazish yetkazilgan jarohatdan kelib chiqqan holda ogʻirlashtiruvchi holatlarni keltirib chiqarsa, xususan:

sogʻliqning uzoq vaqt (kamida 21 kun, ammo 4 oydan koʻp boʻlmagan davrda) yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining 10 foizidan 33 foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish sodir etilsa, 2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Jumladan:

▫️16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish;

▫️16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish – 2 yildan 4 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

🔹Shuningdek, shaxsning shaʼnini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik belgilandi.

Mazkur jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Haydovchilik guvohnomasini my.gov.uz orqali ham rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi

“Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (152-son, 12.04.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-apreldan milliy haydovchilik guvohnomasini, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ham ariza beruvchilarning bevosita ishtirokisiz rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi. Bunda:

🔹 milliy haydovchilik guvohnomasiga ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari joylashtiriladi, agar axborot tizimlarida ariza beruvchilarning bosh barmoq izi ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchilar o‘zlarining imzo namunasini elektron shaklda taqdim etadi;

🔹 milliy haydovchilik guvohnomalarini olish hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha arizalar ariza beruvchilarning YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda har kuni, dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin;

🔹 yangi rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini pochta orqali olish imkoniyati yaratiladi.

🗓 2023-yil yakunigacha barcha mavjud haydovchilik guvohnomalari jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga bog‘langan holda raqamlashtiriladi.

👉Manba

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi

“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–157-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

🗓 2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

📲 2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.

🔘 2023-yil 1-oktyabrdan:

▫️tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;

▫️mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yoqilg‘i-energiya sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha foto va video xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

“Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish va “raqamli energonazorat” tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–77-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

☑️ Farmonga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini to‘liq joriy etish, yoqilg‘i-energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

🔰 2023-yil 1-sentyabrdan:

🔸aholi tomonidan Energetika vazirligining Internetdagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi;

🔸huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi;

🔸huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlardagi huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash Energetika vazirligining hududiy organlari so‘roviga asosan ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.

❗️Huquqbuzarlik to‘g‘risidagi fotosuratlar, videoyozuvlar va xabarlarni taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

📝 Qonun buzilishi aniqlanganda, prokuratura organlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslarga qonun buzilishini zudlik bilan bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma kiritiladi.

Shuningdek, O‘zenergoinspeksiya faoliyatiga “Energonazorat” platformasi hamda uning mobil ilovasining sinov versiyasi 2024-yil 1- martgacha tajriba tariqasida Qashqadaryo viloyatida, 2024-yil
1- oktyabrgacha
to‘liq versiyasi joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko'ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

▶️ Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o'tkaziladi:

🔹2024 yil 1 yanvardan:

Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

🔹 2024 yil 1 avgustdan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidan alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar
va maktab-internatlar, ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari;

Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

🗓 2023 yil 1 iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

📌 2023 yil 15 avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko'rsatish dasturlari bo'yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma'lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

➡️ 2024 yil 1 yanvargacha:

🔸davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

🔸nogironligi bo'lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo'lgan oila a'zolariga ko'maklashish bo'yicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

▶️ 2023 yil 1 oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

🔢 2023 yil 1 oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o'tkaziladi;

aholiga ko'rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo'yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024 yil 1 yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko'mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko'rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko'maklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo'lgan shaxslar hamda yolg'iz keksalar holidan xabar olish, ularga g'amxo'rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi 7 ta yangi urug‘chilik korxonasi tashkil etildi

“Pillachilik sohasida kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–85-son, 01.06.2023-y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2023-yil iyundan hududlarda:

🔹ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pillani xarid qilish, qayta ishlash, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yo‘naltirish va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan yangi pillachilik klasterlari;

🔹tut ko‘chatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla xomashyosini tayyorlash bilan shug‘ullanadigan pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi yangi fermer xo‘jaliklari tashkil etiladi.

Yangi tutzorlar barpo qilish uchun 105 ming gektar yer maydonlari ularning konturlarini aniq belgilagan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

📋 Yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 gektardan kam bo‘lmagan o‘lchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklariga, istisno tariqasida, ijara huquqi asosida ajratiladi.

☑️ Farmonga ko‘ra, hududiy “Agropilla” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga tegishli bo‘lgan va aholiga oilaviy pudrat shartnomasi asosida biriktiriladigan tutzorlar maydoni 0,5 gektardan 2 gektargacha etib belgilandi.

🔘2023-yil 1-iyundan:

🔸kasanachilar, pillachilik uy xo‘jaliklari hamda fermer xo‘jaliklariga ipak qurti urug‘i va uni parvarish bilan bog‘liq resurslar bepul beriladi;

🔸maydoni 10 gektar va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming so‘mdan, ammo 120 million so‘mdan oshmaydigan miqdorda subsidiya ajratiladi.

🏢 Farmon bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hududlarda ipak qurti urug‘ini tayyorlovchi yangi urug‘chilik korxonalari (7 ta) tashkil etildi.

📌 Shuningdek, 2023-yil yakunigacha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida ipak qurtining mahalliy zotlardan olingan elita urug‘ini tayyorlash naslli urug‘chilik stansiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etiladi

🔰 Prezidentning tegishli qarorlari (PQ–189-son, PQ–190-son, PQ–191-son, 14.06.2023 y.) bilan quyidagi hududlarda quyosh fotoelektr stansiyalarini barpo etish bo'yicha investisiya loyihalari amalga oshiriladi:

🔹Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida quvvati
400 MVt bo'lgan;

🔹Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida quvvati
500 MVt bo'lgan;

🔹Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati
500 MVt bo'lgan.

☑️ Shuningdek, Yuqorichirchiq tumanida quvvati 334 MVt bo'lgan elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi.

📝 Mazkur investisiya loyihalarini amalga oshirish doirasida:

▫️Investisiya bitimlari tasdiqlanadi;
▫️Elektr energiyasini sotib olish to'g'risidagi bitimlar ma'qullanadi.

➡️ Tegishli Loyiha kompaniyalari tomonidan yer uchastkalari uchun to'lanadigan ijara to'lovi miqdori yer solig'i miqdoriga tenglashtiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Iste'molchilarga suv yetkazib berish bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida suv xo'jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida” gi Prezident Farmoni (PF–101-son, 20.06.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmon bilan Suv xo'jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo'nalishlari tasdiqlandi.

🗓 2030 yil yakunigacha vazirlikning quyi (tuman) bo'g'inda suv resurslarini boshqarish, fermer xo'jaliklari va boshqa suv iste'molchilariga suv yetkazib berish hamda suvning hisobini yuritish funksiyasi bosqichma-bosqich davlat-xususiy sheriklikka o'tkaziladi.

🗒 2023 yil sentabrgacha barcha tumanlarda suv resurslarini boshqarishni davlat-xususiy sheriklikka o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

🔄 Farmonga ko'ra, Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi Suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo'jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlandi.

Inspeksiya 2023 yil 1 avgustdan suvdan foydalanish va suv iste'moli tartibiga rioya etilishi hamda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalaridan samarali foydalanilishi bo'yicha o'tkaziladigan tekshiruvlarni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro'yxatdan o'tkazmasdan amalga oshiradi.

⚖️ Inspeksiya yer usti suvlaridan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini hamda suv olish tartibini buzish holatlari bo'yicha ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish, shuningdek, jismoniy shaxslarga nisbatan ma'muriy jazo qo'llashi mumkin.

🔢 2025 yil 1 yanvargacha “Raqamli suv xo'jaligi” yagona axborot tizimi yaratilib, suv xo'jaligi bo'yicha barcha dasturiy ta'minotlar mazkur

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️OAVni qo'llab quvvatlash bo'yicha 5 ta nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori (262-son, 26.06.2023 y.) bilan OAVni qo'llab quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish bo'yicha quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

1️⃣ Bolalar uchun mo'ljallangan eng yaxshi tele- va radioloyiha tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi.

Bunda tanlov 2 yo'nalishda – “bolalarga mo'ljallangan eng yaxshi teleloiyha” va “bolalarga mo'ljallangan eng yaxshi radioloyiha” nominasiyalarida tashkil etilib, jami 30 ta eng yaxshi loyiha moliyalashtiriladi.

🗓 Tanlov har yili iyul–avgust oylarida, g'oliblarni taqdirlash sentabrda o'tkaziladi;

2️⃣ Ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan eng yaxshi material” tanlovni tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi.

🔰 Shunga ko'ra, tanlov har yili chorak yakuni bo'yicha quyidagi yo'nalishlarda o'tkaziladi:

▫️gazetalar va jurnallarda chop etilgan materiallar;
▫️telekanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️radiokanallarda efirga uzatilgan materiallar;
▫️veb-saytlarda e'lon qilingan materiallar.

➡️ Bunda har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar tegishlicha BHMning 50 baravari (1-o'rin), 40 baravari (2-o'rin) va 30 baravari (3-o'rin) miqdorida rag'batlantiriladi.

💰 Shuningdek, har bir yo'nalish bo'yicha 5 tadan 22 tagacha sovrindorlar aniqlanib, ular BHMning 10 baravari miqdorida rag'batlantirilishi nazarda tutilgan;

3️⃣ OAV xodimlarining xorijiy tillarni o'rganish hamda xorijiy tillar bo'yicha tegishli milily yoki xalqaro sertifikatga ega bo'lish uchun imtihon topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risidagi.

Nizomga muvofiq, OAVda kamida 1 yil davomida asosiy ish joyi sifatida ishlab kelayotgan xodimlarning xorijiy tillarni o'rganish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 15 baravaridan oshmagan qismi kompensasiya qilinadi.

Bunda ular xorijiy tillar bo'yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo'lishi lozim;

4️⃣ Jismoniy shaxslar tomonidan davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga elektron tarzda obuna bo'lish hamda davriy bosma nashrlar uchun obuna xarajatlarining bir qismini qaytarib berish tartibi to'g'risidagi.

❗️Shunga ko'ra, “Obuna” yagona elektron platformasi va uning mobil ilovasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining qaytariladigan miqdori obuna rasmiylashtirilgandan 1 oy o'tganidan keyin shakllantiriladi.

🔰 Obuna xarajatlarining bir qismi quyidagi miqdorlarda qaytariladi:

ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foizi miqdori;

bolalarga mo'ljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foizi miqdori;

5️⃣ Davlat organlari va tashkilotlari muassisligida bo'lmagan davriy bosma nashrlarning zamonaviy elektron shakllarini yaratish, ularni modernizasiya qilish va bir yil davomida yuritish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizom.

🔘 Bunda har yili eng yaxshi 20 ta loyihani aniqlash bo'yicha tanlov e'lon qilinib, g'olib loyihalarga O'zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi hisobidan mablag' ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari ekologiya sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklarni ko'rib chiqadi

“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.

▶️ Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartishlar kiritildi.

📌 Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (307-son, 22.07.2023 y.) Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o'rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

📝 Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma'lumotlari, subsidiya to'lab berilishi lozim bo'lgan hisobvaraq va manzili ko'rsatiladi.

🗓 Murojaat 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:

🔹 hujjatlar to'liq taqdim qilinmaganida;

🔹 kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi YAgona elektron shartnomalar portalida ro'yxatdan o'tkazilmaganda;

🔹 kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma'lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.

🚫 Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.

📁 Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o'tkazib beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin