PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.71K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_yumushlari

Yig‘im-terim mavsumi samarali o‘tmoqda

Piskent tumanida paxta yig‘im-terimi boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasada, har kuni tonnalab paxta hosili qabul punktlariga kirib kelmoqda. “Piskent“ hududi dalalarida bo‘lganimizda ana shu javohir hirmonlarini bunyod etayotgan chaqqon terimchiyu, shijoatli otryad boshliqlarini, fermeru-mexanizatorlarni  jonbozlik bilan mehnat qilayotganlariga guvoh bo‘ldik.

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

"Piskent Sharq agro" fermer xo‘jaligida kuzgi bug‘doy ekish agrotexnikasiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

BATAFSIL

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Ayni vaqtda Piskent paxtazorlarida terim qizg‘in sur’atda davom etmoqda.

Videolavhada “Iskandarov Sardor taraqqiyot” fermer xo‘jaligi dalalarida qudratli JOHN DEERE yuqori unumli terim mashinalarida kuniga 15 tonnalab paxta xirmoni bunyod etish jarayoni.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg‘in o‘tmoqda. Bugungi kungacha piskentlik paxtakorlar tomonidan 10 ming 932 tonnalik xirmon bunyod etildi.

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov sektor rahbarlari bilan dalada terim jarayonlarini ko‘zdan kechirarkan, faol otryadlar terimchilari mehnatini alohida e’tirof etdi va sovg‘alar topshirdi.

Videolavhada “Piskent Sharq agro” va “Nosir” fermer xo‘jaliklaridagi jarayon tasvirga olingan.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olyapmiz - Mingtepalik terimchilar buni qanday uddalayapti?
#Mavsum_yumushlari

Har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olyapmiz - Mingtepalik terimchilar buni qanday uddalayapti?

Paxta terimi sog‘lom va ish bilan band bo‘lmaganlar uchun serdaromad mavsumiy yumush hisoblanadi. Buning yaqqol isbotini 25-otryad terimilari misolida ko‘rish mumkin. Bugun “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida bo‘lganimizda, Mingtepa mahallasining ko‘ngilli terimchilaridan iborat 25-otryad a'zolari bilan uchrashdik.

Kuni kecha oppoq tusdagi paxtazor bugun hosil jadallik bilan yig‘ishtirib olinayotgani sababli bo‘shab bormoqda. Dehqonning maqsadi ham aslida shu, paxtani kuzning iliq kunlaridan foydalanib, tezroq omborlarga yetkazish. Otryad rahbari Zuhra Sodiqovaning aytishicha, otryadda 153 nafar chevar terimchi jam bo‘lgan. Ularning eng kami kuniga 90-100 kg tersa, oldi terimchilar 200 kgdan oshiradi.

-Yoshim 61 da, lekin o‘zimni aslo qarigan his qilmayman,-deydi Dono Abduahadova.-Qizim va kelinim bilan birga oilaviy teryapmiz. Kuniga 400-430 kg paxta terib, har besh kunda 5 million so‘mdan oshiq paxta puli olyapmiz. Bundan tashqari fermerlar har terimchiga 1 litrdan o‘simlik yog‘i ham qo‘shib berishadi. Mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapmiz.

Terimchilar orasida bunday ilg‘orlar ko‘p. Zumrad Shukrullayeva, Maxsuda Abduqodirovalar ham oila a’zolari bilan birga kuniga 400 kg ortiq paxta terishmoqda. Terim puli esa tijorat banklari tomonidan paxtazorning o‘ziga yetkazib berilmoqda.

Darhaqiqat, bekor o‘tirguncha, bekor ishla, deyishadi. Mingtepada bekorchi odam yo‘q, bekalar ham uy ishlaridan ortib, terim ortidan ham xirmonga, ham ro‘zg‘orga baraka kirityaptilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#mavsum_yumushlari

Piskentlik terimchilar har 5 kunda 5-6 million so‘m ish haqi olishyaptimi?

Paxta terimi uyushqoqlik bilan o'tadigan va ish bilan band bo‘lmaganlar uchun serdaromad mavsumiy yumush hisoblanadi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev piskentlik terimchilar bilan uchrashganida bu borada o'z fikr va tavsiyalarini bildirib o'tgan edi. Ayni kunlarda Piskent tumanidagi “Qurbonov Jo‘ra” fermer xo‘jaligida "Mingtepa" mahallasining ko‘ngilli terimchilaridan iborat 25-otryad a'zolari epchillik va ahillik bilan, kuni kecha oppoq ko'rinishdagi paxtazor hosilini yig‘ishtirib olmoqdalar.

Dehqonning maqsadi ham aslida shu, kuzning iliq kunlaridan foydalanib, paxtani tezroq omborlarga yetkazish. Mazkur otryadda jami 153 nafar terimchilar jam bo‘lgan. Ular orasida kuniga 90-100 kilogrammdan tortib, 200 kilogrammgacha hosilni yig'ib-teradigan terimchilar bor.

– Yoshim 61 da, lekin o‘zimni aslo qarigan his qilmayman, – deydi Dono Abduahadova. – Qizim va kelinim bilan birga oilaviy paxta teryapmiz. Kuniga 400-430 kilogramm hosilni terib, har besh kunda 5 million so‘mdan oshiq paxta puli olyapmiz. Bundan tashqari fermerlar har terimchiga 1 litrdan o‘simlik yog‘i ham qo‘shib berishadi. Mavsumda 25 million so‘mdan oshiq daromad qilishni mo‘ljallayapmiz. Terimchilar orasida biz kabi ilg‘orlik bilan ishlayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Zumrad Shukrullayeva, Maxsuda Abduqodirovalar ham oila a’zolari bilan birga kuniga 400 kilogrammdan ortiq paxta terishmoqda. Terim puli esa tijorat banklari tomonidan paxtazorning o‘ziga yetkazib berilmoqda.

E'tiborni tortgan yana bir muhim jihat shundaki, "Mingtepa" mahallasida xatto uy bekalari ham xonadon yumushlaridan vaqt orttirib, terim ortidan ham xirmonga, ham oilasi ro'zg'origa baraka kirityaptilar. Bir so'z bilan aytganda, "Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroyli" degan naql aynan mana shu hudud ahliga nisbatan aytilgandek go'yo.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Tumanimizda paxta yig‘im-terimi mavsumi qizg‘in davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mavsum_yumushlari

Yaxshi dam - mehnatga hamdam. Piskent tumani Doʻstbekov hududi paxta dalalarida paxta festivali va terimchilar uchun tayyorlangan bayram dasturidan videolavha.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari

Piskent tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Dilshod Yusupov 4-sektor hududidagi paxta dalalarida bo‘lib, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitni o‘rgandi.

Jarayonda X.Qodirov hududi “Ma’mur” fermer xo‘jaligida bo‘lib, terim mavsumida peshqadam bo‘lib kelayotgan 102-otryad paxtakorlari bilan uchrashdi. Samimiy muloqotdan so‘ng terimchilar uchun osh tortildi, ilg‘or paxtakorlarga sektor rahbarining rag‘batlantiruvchi sovg‘alari topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi