PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.69K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Qaror

⚡️Joriy yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanadi

Bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daʼvat

Yurtdoshim, bogʻingga bir nihol qada...

Ayni paytda butun sayyoramizda atrof-muhit muhofazasi va ekologiyaga boʻlgan munosabat eng dolzarb masalalardan biriga aylangani sir emas. Bu borada amalga oshirilishi kerak boʻlgan koʻplab vazifalar orasida koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish, mavjudlarini avaylab-asrash alohida oʻrin tutadi.

Afsuski, ayrim shaxslarning oʻsimlik dunyosiga boʻlgan tajovuzkor harakatlari, shu jumladan, daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq holatlar umumekologik vaziyatning yomonlashishiga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, 2022-yilda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq 180 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan boʻlib, salbiy koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ortganligini koʻrish mumkin.

“Agar dunyoda chang boʻlmaganida, inson ming yil umr koʻrardi”, deb aytgan edi tib ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino. Atrof muhit musaffoligini taʼminlashda esa, daraxtlar insoniyatning beminnat koʻmakchilaridir.

2021-yil 4-noyabrda Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni ushbu aksiyaning naqadar dolzarbligini, bu ishga katta masʼuliyat bilan yondashish kerakligini koʻrsatdi. Shundan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, daraxt ekish har birimizning burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga 16 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni hozirgi 18 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda Toshkent viloyatining barcha shahar va qishloqlarida daraxt ekish boʻyicha keng koʻlamda ish olib borilayotgani tahsinga munosib.

Siz ham nihol eking, bogʻ yarating, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol boʻling!

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-408 sonli qarori bilan Piskent tumanida ham aholi turmush darajasini yanada yaxshilash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniqlangan dolzarb muammolarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Bekobod mahallasi Jasorat, Guliston ko‘chasiga 139 ta stolba va 1 ta transformator o‘rnatilib, 3 km havo tarmog‘i qurilyapti. Suv tarmoqlari tortilmoqda. Maylobod mahallasiga esa yangi idora qurib, Bobur, Amir Temur va Oydin ko‘chalariga jami 1 km 200 metr suv tarmog‘i tortish ishlari jadal sur'atlarda amalga oshirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sayil

Xalqimizga xos ahillik, hamjihatlik va birdamlik ramzi bo‘lgan sumalak sayillari davom etmoqda.

Bugun Piskent tumani 1-sektor hududi Maylobod mahallasida joylashgan 79-sonli maxsus maktab internatida bahor bayramlari munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi, prokuraturasi, Madaniyat bo‘limi hamkorligida internat jamoasi tomonidan tashkil etilgan sumalak sayli to‘y va shodiyonalarga ulanib ketdi. Internat tarbiyalanuvchilari uchun bayram dasturxoni atrofida qiziqarli dasturlar, xalq o‘yinlari, varrak uchirish, rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Қўшилмаслик ҳаракати Мулоқот гуруҳи саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите Контактной группы Движения неприсоединения

Address by the President of the Republic Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev at the Summit of Non-Alignment Movement Contact Group

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

1-sektor hududidagi Maylobod mahallasi 79-sonli maxsus maktab-internatida sumalak sayli bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Infografika

Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qaror_va_ijro

Prezidentimizning 408-sonli qarori asosida Mingtepa mahallasiga yangi idora binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari "Ohangaron umumiy qurilish ta’mirlash servis" MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda poydevor ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari bajarilmoqda. Mingtepa mahallasi raisi Shuhrat Eshbekov boshchiligida jamoatchilik vakillari qurilish ishlarining sifatini muntazam nazorat qilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiya_taraqqiyot_kushandasi

⚡️ Pora berib jinoyat ishini “yopdi-yopdi” qilmoqchi boʻlgan shaxsga yana bir jinoiy ish ochildi

Toshkent tumanida fuqaro oʻziga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini oʻzgartirib berish uchun tergovchiga 400 AQSH dollari miqdorida pora bergan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlandi.

Batafsil👉 https://bit.ly/3m8qYcr


| Telegram | Youtube | Сайт | ВКонтакте | Instagram |
#Online

Toshkent viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi

Ayni paytda  Nurafshon shahrining “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 24 gektar yer maydoniga  koʻchat ekish tadbiri boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur aksiyada respublika va viloyat korxona tashkilot xodimlari rahbarlari, masʼullar, nuroniylar, mahalla faollari, deputatlar, yoshlardan iborat 2000 dan ortiq ishtirokchilar 1000 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekishadi.

Jarayonlarni onlayn kuzatib boring

📱Facebook

🌐YouTube

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM