PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент фармони

Халқимизнинг оғирини енгил қилиш, аҳоли учун қўшимча қулайликлар яратиш ва уларнинг харажатларини тежаш мақсадида:

2023 йил 1 июлдан бошлаб барча давлат органлари ва ташкилотларида «Аҳоли ва тадбиркорларга сервис сифатини ошириш» чора-тадбирлари белгиланмоқда.

Давлат дастурида вазирлар ва бошқа мустақил ижро этувчи ҳокимият органлари раҳбарлари ўз тизимида:

- масофадан туриб, шу жумладан мобил иловалар орқали кўрсатиладиган давлат хизматларини кўпайтириш;

- ундириладиган тўловлар миқдорини камайтириш;

- талаб қилинадиган ортиқча ҳужжатларни бекор қилиш;

- кўриб чиқиш жараёнлари ва муддатларини кескин қисқартириш;

- шаффофликни ошириш, аҳоли ва тадбиркорлар билан доимий мулоқот майдончаларини ташкил этиш;

- ходимларнинг муомала маданиятини юксалтириш, тезкор ва сифатли хизмат кўрсатишга ўқитиш бўйича тадбирлар дастурини тасдиқлайди.

@uza_uz
Президент фармони

Аҳоли орасида юқумли бўлмаган касалликларнинг олдини олиш, соғлом турмуш тарзини шакллантириш ва жисмоний фаоллик даражасини ошириш мақсадида «Тўғри овқатланиш

ва соғлом турмуш тарзи» умуммиллий ҳаракати йўлга қўйилади. Жумладан:

таълим муассасаларида болалар ва ёшлар учун тавсия этилмайдиган маҳсулотлар, шу жумладан таркибида шакар, туз, трансёғлар миқдори юқори бўлган озиқ-овқат маҳсулотлари, таъм ва ранг берувчи қўшимчалар рўйхати тасдиқланиб, уларнинг истеъмоли камайтирилади;

иш жойларида ходимларнинг жисмоний тарбия билан шуғулланиши ва соғлом овқатланиши учун зарур шарт-шароитлар яратилади.

@uza_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Inson_qadri

Respublika ishchi guruhining "Oqqo‘rg‘on tajribasi" asosida barcha mahallada o‘rganishlari davomida mas’ullar Do‘ngqo‘rg‘on mahallasida yashovchi Zulfiya aya Pardayeva xonadonida ham bo‘lishgan edi.

Z.Pardayevani 2 yildan buyon gipertoniya va og‘ir jigar hastaligi qiynab kelmoqda. Ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari bilan birga onaxonning holidan xabar olishdi. Salomatligi ko‘rikdan o‘tkazildi. Hozir Zulfiya aya tuman Yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanyapti. Onaxonning ahvoli ancha yaxshi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida

PISKENT TUMANI | AHOLI UCHUN CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY TEKSHIRUVLAR O‘TKAZILDI

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#sumalak_sayli

Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. Sumalak tayyorlanadigan joyga qoʻni-qoʻshnilar bir hovuchdan un olib kelishgan, birgalikda taom pishirishgan, bir qozonda tayyorlangan ovqatni hamma baham koʻrgan.

Bugun viloyatda ana shu anʼana keng quloch yoygan. Koʻklamning quyoshli ilk kunlarida mahalla, qishloq va shaharlardagi xonadonlar, koʻcha va guzarlarni obodonlashtirish ishlari, hashar tadbirlari, sumalak sayllari yuqori koʻtarinkilik bilan oʻtkazilmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlari, nuroniylar, faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Bir soʻz bilan aytganda bahor ayyomlari arafasida bu kabi xayrli ishlar qizgʻin davom etmoqda.

📸Jarayonlar fotolavhalarda

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sumalak_sayli

Oybek mahallasi G‘oliblar ko‘chasi, 24-26-ko‘p qavatli uylarda ham mahallaning faol xotin-qizlari va aholi vakillari bug‘doy undirib, bahoriy taom- sumalak hamda palov tayyorlashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati_amalda

Piskent tumani hokimi o‘rinbosari Sarvar Hamdamov Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limida "Yoshlar daftari"da ro‘yxatga olingan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.

SMM xizmatlari yuritish uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan ikki nafar yoshga subsidiya asosida noutbuklar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bugun 1 mart - o‘zbek xalqining suyukli shoirasi Zulfiya Isroilova tug‘ilgan kun.

E’zozlar, ardoqlar uchun tashakkur
Asli siz - oftobim, men -  ziyosiman.
Tonglaringiz kulsin dorilomon, hur,
Baxtim shul - o‘zbekning Zulfiyasiman!


Har bahorning ilk kunida takrorlanganidek, bugun barcha maktablarda o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan she’riyat kechalari bo‘lib o‘tmoqda. Ijodkorlar, ziyolilar, o‘quvchi yoshlar bilan tashkil qilingan tadbirlar sadoqat va vafo kuychisi Zulfiyaxonim she’rlari, u haqidagi sahna chiqishlariga ulandi. Ijodiy uchrashuvlar kutubxonalarda ham davom etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#2023_yil_1_martdan

▫️Yangi yoʻnalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi BATAFSIL

▫️Milliy sport turlari boʻyicha umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi BATAFSIL

▫️Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi BATAFSIL

▫️Soliq toʻlovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishi mumkin boʻladi BATAFSIL

▫️Yuridik shaxslarga my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini koʻrsatishga ruxsat beriladi BATAFSIL

▫️Qiynoqqa solishga qarshi kurashish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi BATAFSIL

▫️Ayrim davlat xaridlari boʻyicha buyurtmalarning toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida bajarilishi toʻxtatiladi BATAFSIL

▫️Tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin BATAFSIL

▫️Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlar elektron rasmiylashtiriladi BATAFSIL

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bildirish

“Piskenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ogohlantiradi!

Piskent tumani Mingtepa mahallasi hududida qurilayotgan yangi mahalla idorasi binosi oldidagi yer usti gaz quvurlarida demontaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2-3 mart kunlari soat 8:00 dan 17:00 gacha Mingtepa, Fayzobod, Oqtepa, Istiqlol mahallalari hududida 1600 ta aholi va 5 ta ijtimoiy soha obyektlari, 4 ta ulgurji iste’molchilarga vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, gaz ta’minoti me’yorida uzatiladi.

Piskenttumangaz bo‘limi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.

“Piskenttumangaz” GTB ma’muriyati

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Seminar

Bahorning quyoshli kunlarida yurtimiz bobodehqonlari yerning tobida yetilganidan foydalanib, daladagi ishlarini boshlab yuborganlar.

Barcha fermer xo‘jaliklarida “Dolzarb 30 kunlik” tadbirlari doirasida hozirda hududlarda boshoqli don ekinlarini oziqlantirish uchun talab etiladigan o‘g‘itlar zaxirasini yaratish bilan birga, ariq-zovurlarni, irrigatsiya tarmoqlarini tiklash, ko‘chat ekish, ipak qurti boqish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan Oxunboboyev hududidagi "Muhriddin biznes" fermer xo‘jaligi dalasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda agrar soha rahbarlari, Fermerlar kengashi, qishloq va suv xo‘jaligi xodimlari va fermerlar, ishchilari qatnashdi. Unda ekin maydonlari chetlarigacha tozalab, haydab, tut, tok, terak ko‘chatlari ekish, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari belgilab olindi. Bu borada bahor mavsumida 102 400 tup tut, 81 920 tup terak, 71 680 tup tok nihollari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqtda ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlangan.

Tadbirda dala madaniyatini yuksaltirish, har qarich yerni bo‘sh qoldirmaslik, ekin maydonlaridan samarasiz foydalanayotgan xo‘jalik rahbarlariga ishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha bir qator tavsiya va topshiriqlar berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi