PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Mavsum_betalafot_o‘tsin

Daryo to‘g‘onini tiklash jarayonlari olib borilmoqda

Seryog‘in mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida Piskent tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va boshqa tashkilotlar hamkorlikda Ohangaron daryosining tumanimiz hududidan o‘tgan qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun tuman hokimi Nodirbek Yakubov daryo o‘zanida olib borilayotgan taktik amaliy mashg‘ulotlar jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Har kuni 7 ta maxsus texnika yordamida balandligi 2 metr, uzunligi 200 metr masofada qirg‘oq mustahkamlanib, bir hafta davomida to‘g‘onning 550-piketida ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi