PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#FVB

Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish holatlari, shuningdek, ovqatdan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarga olib keluvchi nohush holatlarning oldini olish maqsadida, tuman hududida profilaktik tadbirlar tashkil etildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB_xabari

Kelasi hafta O'zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

"O‘zgidromet" xabariga ko’ra, O‘zbekistonda 17-19-oktyabr kunlari havo harorati 8-10 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

Ob-havoning keskin sovishi oqibatida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini tezda bartaraf etish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida, Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi ogohlantiradi!

📞 Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda zudlik bilan Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi navbatchisiga 70 202 01 77, 70 202 01 78, 101, 1050 raqamlari orqali xabar berishingizni so’raymiz.

Shu o’rinda tumanimiz aholisidan barcha xavfsizlik choralarini ko’rishlarini so’raymiz!

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan "Yongʼin xavfsizligi oyligi" doirasida tuman "Dehqon bozori" hududida profilaktik tadbirlar oʼtkazildi.

Qish bayramlari arafasida FVB, SEO va JS bo‘limi, "Piskenttumangaz", elektr ta'minoti korxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda asosiy e'tibor bozor va savdo rastalarida iste'mol uchun sifatli mahsulotlar savdosi, tadbirkorlar tomonidan bozor hududida yongʼin xavfsizligi qoidalariga rioya etish va sodir boʼlshi mumkin boʼlgan favqulodda vaziyatlar va yongʼinlarning oldini olishga qaratildi.

Mutaxassislar tomonidan tabiiy gaz, elektrdan foydalanishda xavfsizlik qoidalari boʼyicha tushuncha berib, eslatma va targʼibot materiallari tarqatildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Yangi yil bayramini betalofat o‘tkazish va aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot xodimlari ishtirokida o‘quv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Ehtiyotkorlik doimo kerak!

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi, Piskenttumangaz bo'limi va Yong'inga qarshi kurashish jamiyati xodimlari bilan birgalikda mahallalarda, aholi xonadonlarida fuqarolar bilan qish mavsumini betalafot o'tkazish maqsadida profilaktik ishlar bajarilmoqda. Is gazidan zaharlanish, yong‘in hamda boshqa ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish uchun tushuntirishlar berilmoqda.

Shu bilan birga suhbatlarda fuqarolarga nosoz, qoʻlbola elektr va gaz jihozlaridan foydalanmaslik boʻyicha yoriqnoma berilib, ehtiyotsizlikning salbiy oqibatlari eslatib o‘tildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Ogoh_bo‘ling
#FVB

Piskent tumani FVB xodimlari, IIB, "Piskenttumangaz", mahalla faollari hamkorligida mahallalarda, ko‘p qavatli uylar hududida fuqarolarni ogohlikka chorlab, profilaktik tadbirlar o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz: Hurmatli fuqarolar! Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling! O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB
#Profilaktika

Mahallalar va mehnat jamoalarida tuman FVB hamda gaz va elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan ob-havoning sovuq kunlarida gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB_xabari

20 yanvar kuni kech soat 22:35da “Istiqlol” mahallasi Navro‘z ko‘chasidagi fuqaro A.P. ga tegishli xonadonda yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada xonadonning 90 kv m tom qismi yongan.

Tuman FVBga xabar kelib tushgach, yong‘in o‘chirish brigadasi zudlik bilan soat 22:50da da yetib borib, hodisa 01:06 da bartaraf qilingan. Yong‘indan jabrlangan fuqarolar yo‘q.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: Hurmatli fuqarolar! Ogoh bo‘ling. Nosoz isitish jihozlaridan foydalanmang. Pechlarning mo‘rkonlari tozaligiga e’tiborli bo‘ling! Beparvolik oqibatida kichik bir uchqun katta yong‘inga sabab bo‘lishi, joningiz va mol-mulkingizga talofat yetkazishi mumkin.

Piskent tumani
FVB

Kanalga ulanish⤵️

https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Daryo qirg‘oqlarida yashash qanchalik xavfli?

Piskent tumani hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosi yaqinida bog‘dorchilik-uzumchilik xo‘jaliklari (dala hovlilar) joylashgan. Daryo o‘zaniga yaqin masofa bo‘lgani uchun doimiy turarjoy sifatida foydalanish mumkin bo‘lmasada, ushbu dala hovlilarda kuz, qish va bahor oylarida ham yashovchi fuqarolar bor.

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari yog‘ingarchilik mavsumida ushbu insonlarning hayoti xavfsizligini asrash, turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida shirkatlardagi aholi bilan tushuntirish ishlari olib bormoqda. Bugun “Rayhon” BUSH da bo‘lgan FVB xodimlari daryo o‘zanini ko‘zdan kechirish bilan birga daryoga yaqin joylashgan dala hovlilar istiqomatchilarini sel va suv toshqini xavfidan ehtmyot bo‘lish haqida ogohlantirdilar. Tabiiy ofatlardan saqlanish va hayoti xavfsizligini yodda saqlash to‘g‘risida tushuntirdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Ohangaron daryosi qirg‘oqlarining mustahkamligi o‘rganilmoqda

Seryog‘in mavsumda Ohangaron daryosi qirg‘oqlarining mustahkamligini saqlash, Piskent tumani hududida sel-suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, O‘zgidromet markazi mutaxassislari bilan birgalikda Ohangaron daryosining qirg‘oqlarida o‘rganishlar olib bormoqda. Shuningdek, hududga yaqin joyda yashovchi aholiga sel xavfi bo‘lgan hollarda harakatlanishi bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Piskent tumani hokimi, Toshqinga qarshi tuman komissiyasi raisi Nodirbek Yakubov rahbarligida yog‘ingarchilik vaqtida sel va toshqin sodir bo‘lishining oldini olish bo‘yicha tizimli choralar belgilab olingan va tezkor shtab faoliyat boshlagan edi.

Bugun FVB xodimlari ayni vaqtda kuzatilayotgan yog‘ingarchilik sababli noxush holatlar kelib chiqishining oldini olish bo‘yicha amaliy tadbirlar bajardi. Toshkent viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari J.Abramatov va xodimlari, tuman FVB boshlig‘i R.Axrorov, OKMK mutasaddilaridan iborat guruh Ohangaron daryosining 550-piketini tiklash va mustahkamlash bo‘yicha taktik mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. Jarayonga zarur texnika vositalari jalb etildi. Shu bilan birga aholi, ayniqsa, daryoning tuman hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘og‘ida joylashgan Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlaridagi dala hovlilarda yashovchi har bir fuqaro ogohlantirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Hamkorlikdagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha saf ko’rigi o’tkazildi

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi tomonidan tumandagi hamkorlikdagi tashkilotlar va ularga tegishli bo’lgan kuch va vositalarning saf ko’rigi o’tkazildi.

Yaqinlashib kelayotgan bayramlarni va qish-bahor mavsumi davomida favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotida tuman hokimligi, Favqulodda vaziyatlar bo’limi, Ichki ishlar bo’limi, tez yordam, SEO va JS, elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa xizmatlar jalb etildi. Kutilmagan vaziyatlarda harakatlanish yo’riqnomasi o’tilib, vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB_xabari

Bugun, 1 iyul kuni soat 12:08da Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Piskent tumani, "Lolaariq" MFY hududida joylashgan Toshkent davlat o‘rmon ho‘jaligi "Angren o‘rmon bo‘limi"ning 1-uchastkasida quruq o‘t-o‘lanlar yonayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in o‘chirish texnikalari soat 12:23da yetib borib, soat 13:10da o‘rab olingan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakati bilan 5.89 gektar maydonga tarqalgan yong‘in soat 14:16da to‘liq o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish ishlariga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb qilingan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

R.Axrorov,
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Nazorat
#FVB

Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 iyuldagi 473-sonli farmoyishi hamda viloyat va tuman hokimining tegishli farmoyishlariga asosan, ko‘p kvartirali turar uy va jamoat binolarining yerto‘la va yarim yerto‘la qavatlarida joylashgan ko‘ngilochar shohobcha, klub, bar va boshqa o‘yin-kulgi muassasalarini o‘rganish ishlari olib borildi.

Nazorat tadbirlari davomida tuman hududida turli ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida ko‘p qavatli turarjoy binolarining yerto‘la qismidan foydalanish holatlari, zarur xavfsizlik va ehtiyot choralari ko‘rilishi tahlil qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB
#Jarayon

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yillik bayrami tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlarda harakatlanish shtabi a’zo tashkilotlarining kuch va vositalari ishtirokida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulot jarayonida maxsus xizmatlar xodimlariga bayramni betalofat o‘tkazish, yong‘inlarni va favqulodda vaziyatlarning oldini olish buyicha yo‘riqnoma tushuntirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Sinov mavsumi betalоfаt o‘tsin

Piskent tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2023 yil 4 sentyabrdagi 145-10-142-F/23-sonli farmoyishiga asosan, tumanda 2023-2024-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, elektr va gaz tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Taktik mashg‘ulotda tuman hokimi Nodirbek Yakubov, FVB boshlig‘i Sa’dulla Islamov, IIB, FVB YXB otryadlari, elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘l qurilishi, obodonlashtirish, aloqa, SEO va JS bo‘limi mas’ullari va xodimlari ishtirok etdi. Jarayonda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar, noqulay ob-havo sharoitida kommunal sohada sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning zararini kamaytirish bo‘yicha soha xodimlarining tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

Xabaringiz bor, respublikamiz bo‘ylab “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasiga start berilgan.

Piskent tumanida ham ushbu kampaniya doirasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Aholi yashash xonadonlari, qurilish, ijtimoiy sohalar va boshqa obyektlarda aholiga yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish va to‘g‘ri harakat qilish tartibi bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berilmoqda.

Bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazib borilishi fuqarolarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#FVB

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Piskent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ijtimoiy soha obektlarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Jarayonda Favqulodda vaziyatlar vazirining 2023 yil 26 avgustdagi 360-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va uy-joy fondini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha maktab, bog‘cha va shifoxonalar, aholi yashash xonadonlari hamda ko‘p kvartirali uylarda fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar ham olib borilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#FVB_ogohlantiradi

Hurmatli fuqarolar!
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 12-13 oktabr kunlari ob-havoning pasayishi kutilmoqda.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishni so‘rab qoladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Mavsum_yumushlari
#FVB

Kuz-qish mavsumida yongʻinlar, is gazidan zaharlanish va boshqa ofatlarning oldini olish maqsadida 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yongʻin xavfsizligi oyligi eʼlon qilingan.

Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamda hamkor tashkilotlar birgalikda mahalla va xonadonlar, koʻp qavatli uylar, maktab va bogʻchalarda profilaktik tadbirlar, targʻibot ishlari olib borilmoqda.
Bunda sovuq mavsumga tayyorgarlik bilan birga, uylarni isitish va ovqat tayyorlash jarayonida ehtiyot choralarini koʻrish, yongʻin xavfsizlik qoidalariga amal qilish haqida tushuntirib boriladi.

❗️Hurmatli fuqarolar! Yongʻin xavfi sezganda zudlik bilan Piskent tumani FVBning ☎️ 70 54 53 506 raqami yoki  101, 1050 qisqa raqamlariga xabar bering.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi