PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.77K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Imkoniyatlar_daftari
#Murotali_yoshlari

Murotalilik yoshlar bugun nima bilan band?

Murotali mahallasi ahli asosan dehqonchilik, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishadi.
Bugungi kunda mahalla ahlining 810 nafarini 14-30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan hududlarda yoshlar yetakchilari faoliyat boshlaganida, murotalilik Hayot To‘xtaxo‘jayev mahalla yoshlarga yetakchi bo‘ldi.

-Tengdoshlarimning hayotini foydali va mazmunli o‘tkazishiga, foydali yumush bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashishni maqsad qilganman,-deydi Hayot.

Faoliyati avvalida 14-30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlarni imkoniyatlari, qiziqishlari, shart-sharoitiga ko‘ra xatlovdan o‘tkazgach, ularning 36 nafari “Yoshlar daftari”ga olindi. Hozirgi kunda yoshlar yetakchisi yordami bilan ularning 5 nafari imtiyozli kredit olib, o‘z tadbirkorligini boshlab yuborgan. 3 nafari subsidiya, 3 nafari o‘zini band qilgan bo‘lsa, boshqalari 10 yilga ijara asosida yer olib, dehqonchilik bilan shug‘ullanishmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imkoniyatlar_daftari

Prezidentimiz O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida “ijtimoiy davlat” tamoyiliga alohida e’tibor qaratgan edi. Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, demakdir.

Yurtimizda bu borada keng imkoniyatlar berilmoqda. Xususan, 2022 yilda Piskent tumanidaYoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan 40 nafar yigit-qizga 330,30 million so‘m asbob-uskuna uchun subsidiyalar ajratilib, o‘zini band qilishiga ko‘mak berildi.

Navoiy mahallasida yashovchi Dilnoza Toshpo‘latova turmush sinovlari natijasida 1 nafar farzandini o‘zi tarbiyalamoqda. Kollejda tikuvchilik sirlarini o‘rgangani bugun unga asqotdi. Mahalla yoshlar yetakchisi Akmal Yoqubovning ko‘magi bilan subsidiyaga zamonaviy tikuv mashinasi oldi. Mahalla-ko‘yning tikish-bichishi, mavsumga mos buyurtmalar tikib, farzandini voyaga yetkazmoqda.

🎞Videolavha shu haqda

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi