PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.7K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Мебель ишлаб чиқаришда фойдаланиладиган хомашё импортида божхона божининг ноль ставкаси қўлланилади

Жорий йил 10 февралида “Мебель маҳсулотлари ишлаб чиқариш ва экспорт қилишни рағбатлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.

📍
https://uza.uz/posts/452947

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#Qabul

Tuman aholisi uchun navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi

Bugun Piskent tumani hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash borasida tuman hokimi Nodirbek Yakubov tuman aholisi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni tingladi. Jarayonda imkon qadar ushbu muammolar joyida hal etilib, ayrimlari nazoratga olindi.

Bugungi qabulda 50 nafar fuqaro ro‘yxatga olinib, murojaatlar asosan, sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, kadastr, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yer olish masalalari to‘g‘risida bo‘ldi.

Qabul davomida jami 8 nafar fuqaroning masalasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 3 tasiga huquqiy tushuncha berildi. Qolgan murojaatlarning yechimi uchun aniq choralar belgilab, mas’ul rahbarlarga yuklatildi. Ularning ijrosi tuman hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Manzara

Qish ziynati | Toshkent dengizi (“Tuyaboʻgʻiz” suv ombori).

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Respublika bo‘yicha yuqori kuchlanishli tarmoqdagi uzilish sababli ayni vaqtda ayrim tumanlar, shu jumladan, Piskent tumanining Birlik, Oybek, Maylobod, Mo‘minobod, Lolaariq, Kelovchi, Saidobod, Ahil, Chimqo‘rg‘on, Fayzobod, Taraqqiyot, Xoliqberdi, Oqtepa, Oqtom va Do‘stlik mahallalarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chgan.

Azim Atayev,
Piskent Elektr ta’minoti korxonasi rahbari


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati

Piskent tumani kasb-hunarga o‘qitish markazida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tumandagi 20,21,26, 27,28,29,35-maktablar jamoasi faol qatnashdi. Ularga markaz o‘qituvchilari tomonidan yoshlarni kasbga yo‘naltirish,  kelgusida ta’limni davom ettirish, mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topib, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va hunarlarni egallashlariga ko‘maklashish, buning uchun yaratilgan shart-sharoit, dars va mashg‘ulot jarayonlari, kutubxonalar va komp’yuter xonalari, ustaxonalar bilan yaqindan tanishdilar.

Sirasini aytganda, mustaqil hayot bo‘sag‘asida turgan har bir yigit-qiz ko‘nglida "Kim bo‘lsam ekan?",  "Qaysi kasb ma’qulroq?" degan savollar qiynaydi. Shunday paytda tajribali ustozlar va ota-onalarning ko‘magi,  yuqoridagi singari kasbga yo‘naltiruvchi tadbirlar yoshlarning o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi

“Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–21-son, 10.02.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga koʻra, tadbirkorlar quyidagi mezonlar asosida toifalarga ajratildi:

🔹kichik tadbirkorlik subyektlari:

▫️yakka tartibdagi tadbirkorlar;
▫️mikrofirmalar – taʼsischilari jismoniy shaxslar boʻlgan hamda jami daromadi yil davomida 1 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;
▫️kichik korxonalar – jami daromadi yil davomida 1 milliarddan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

🔹 oʻrta tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 10 milliarddan 100 milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlar;

🔹 yirik tadbirkorlik subyektlari – jami daromadi yil davomida 100 milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlar.

🗓 2023-yil 1-apreldan:

🔸1 yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq BHMning 20 baravaridan oshmagan (6 mln soʻmgacha) qismi qoplab beriladi;

🔸daromadi 10 milliard soʻmdan kam boʻlmagan tadbirkorlar uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi;

🔸 davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda QQS summasi inobatga olinmaydi;

🔸 yuqori qoʻshilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bogʻliq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

🔘 2023-yil 1-maydan quyidagilar majburiy hisoblanadi:

avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron oʻlchash uskunalari va onlayn video kameralarini oʻrnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

paxta, gʻalla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish boʻyicha axborot tizimlarining operatorlari oʻz tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishi.

☑️ Shuningdek, toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar oʻrtasida pul oʻtkazmalari amalga oshirilganda, ularga koʻrsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” soʻm boʻlgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Muammo_izidan

Piskent tumanida chiqindilar bilan bog‘liq masala ko‘plab muhokamaga sabab bo‘lgan edi. Tuman hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi mas’ullari tomonidan “Zangiota obodon” MCHJning tumandagi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Hozirgi vaqtda Bekobod MFY raisi bilan chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha ommaviy shartnomalar tuzildi. Grafik asosida shanba kunlari xizmat ko‘rsatilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Менимча" телелойиҳасининг навбатдаги сонида таҳлил қилинадиган мавзулар:
- Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги ерусти метросининг янги бекатлари ва трансформатор заводи билан танишди, пойтахт учун долзарб масалалар бўйича йиғилиш ўтказди;
- Давлатимиз раҳбарининг Жиззах вилоятига сафари тафсилотлари;
- Заминдан куч олаётган кучли аёл қиссаси
.

Кўрсатувни бугун, 11 февраль куни соат 20:10 да "O'zbekiston 24" телеканалида томоша қилишингиз мумкин.

Эртага, 12 февраль куни соат 12:20 ва 17:20 да такроран намойиш этилади.

Facebook|Instagram|Twitter
#bildirish

DIQQAT, EʼLON!

Joriy yilning 10-fevralidan boshlab Toshkent viloyati  hududida harakatlanayotgan bir qancha  yoʻnalishdagi avtobus va mikroavtobuslarning qatnovi “FOOD CITY”gacha  uzaytirildi.

Avtobus yoʻnalishlari:     
        
  344 “Oqqoʻrgʻon ASHB – Qoʻyliq dehqon bozori;
 376  ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
391   ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻyliq dehqon bozori“;
426  ”Nurafshon ASHB-Oʻrtasaroy qoʻrgʻoni-Qoʻyliq deqon bozori;
428  “Piskent ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
444  ”Toshovul qishlogʻi - Qoʻyliq dehqon bozori“;
606   ”Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori;
500  “Gʻishtkoʻprik” chegara blok posti - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
591   “Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;  
204   “Doʻstobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
251  “Bekobod ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”;
326   “Olmaliq ASHB-Chilonzor buyum bozori”.     
       
Yoʻnalishli taksi yoʻnalishlari (Mikroavtobuslar):
 220-y.t.  “Yangiyoʻl dehqon bozori - Viloyat shifoxonasi”; 
265-y.t.  “Qiziltogʻ q. - Qoʻyliq dehqon bozori;
276-y.t.  “Chirchiq ASHB - Chirchiq davlat Pedagogika instituti - Qoʻyliq kiyim bozori”;
326-y.t.  ”Olmaliq ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori“; 
365-y.t.  ”“Nazarovul” MFY. - Qoʻyliq dehqon bozori“;
367-y.t.  ”Yangibozor ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;
369-y.t.   ”Hasanboy qishlogʻi - Viloyat Markaziy shifoxonasi“  
371-y.t.  ”Jumabozor qoʻrgʻoni - Qoʻyliq dehqon bozori“;
391-y.t.  ”Boʻka dehqon bozori - Qoʻylik dehqon bozori“;
396-y.t.  ”Ohangaron dehqon bozori - Qoʻyliq kiyim bozori“; 
422-y.t.  “Yangihayot qoʻrgʻoni - Nurafshon ASHB - Qoʻyliq dehqon bozori”; 
527-y.t.  ”Chirchiq ASHB - Qoʻyliq kiyim bozori“;   
246-y.t.  ”Yangiobod qoʻrgʻoni - Qoʻyliq kiyim bozori".

Qayd etilgan transport vositalari endilikda  “FOOD CITY” orqali harakatlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 12 ta yoʻnalishda 73 ta avtobus, 13 ta yoʻnalishda  221 ta mikroavtobus faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

Kelgusida 25 ta yoʻnalishda 247 ta “Damas” rusumli yoʻlovchi tashuvchi transport vositalarining ham “FOOD CITY” orqali harakatlanishi choralari koʻrilmoqda.
      
Xabaringiz bor, 10-fevraldan boshlab “Toshshahartransxizmat” tasarrufidagi bir qator transport vositalarining harakati “FOOD CITY” savdo majmuasi avtoshohbekatiga uzaytirilgandi.

Olib borilayotgan barcha harakatlar — Qoʻyliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarning oldini olish va Fargʻona yoʻli koʻchasini Bektemir shossesi bilan bogʻlovchi yoʻl oʻtkazgich qurilishi hamda yoʻl-taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi bilan bogʻliq ekanligi maʼlum qilinadi.

Toshkent viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бинолар зилзилабардошлиги қандай мезонлар асосида аниқланади?

Асосий иш лойиҳа бош муҳандисининг масъулиятида туради ва у лойиҳа ишларини якунлагандан кейин экспертизага топширади. Давлат органи ҳисобланган экспертиза Қурилиш вазирлиги қошида фаолият юритади.

Батафсил 👉 https://bit.ly/3YtB85Y

Обуна бўлинг 👉 t.iss.one/yuz_official