PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.7K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Muammo_va_yechim
#Jarayon

Tuman hokimi o‘rinbosari B.Shermatov boshchiligida kommunal soha tashkilotlari mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda yechimini kutayotgan masalalardan bo‘lgan kanalizatsiya, ya’ni oqava suvlari muammosining yechimlari tahlil qilindi.

Ma’lumki, Prezidentimizning Toshkent viloyatiga tashrifi jarayonida viloyat faollari bilan uchrashgan, xalqni qiynagan masalalar qatorida Piskentdagi kanalizatsiya muammosiga ham e’tibor qaratilgan edi. Natijada Davlat rahbarining tashabbusi bilan ushbu muammoni hal etish uchun aniq muddat va mablag‘ ajratildi.

Yig‘ilish davomida B.Shermatov ana shu muhim topshiriqlarning tumandagi ijrosini ta’minlash, 2023-2024 yillarda 17 km masofada kanalizatsiya tarmog‘ini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, qamrab olinadigan mahallalar, tarmoq bitganidan keyin qamrab olinadigan hududlarni sarhisob qildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Infografika

Toshkent viloyatidan bugungi kungacha Tashabbusli budjet jarayoniga mingga yaqin loyiha kelib tushgan

Tashabbusli budjet jarayoni 2023 yil 1-mavsum doirasida kelib tushgan 15 928 ta loyihalar yuzasidan hududlar va sohalar kesimida ma’lumot (13 fevral 10:00 holatiga)

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar Toshkent viloyatidan 998 ta loyiha "Ochiqbudjet"ga kelib tushgan.

Takliflaringizni openbudget.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda kiriting va ko‘plab loyihalarning jamiyatimiz hayotiga tatbiq etilishida o‘z hissangizni qo‘shing!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

2023 yil uchun birinchi «Tashabbusli budjet» jarayonlariga start berildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023 yilning dastlabki «Tashabbusli budjet» jarayonlari boshlanganini ma’lum qildi.

Fuqarolar 6 fevraldan 26 fevralga qadar o‘z takliflarini «
Ochiq budjet» portaliga kiritishlari mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Muammo_va_yechim
#Jarayon

Do‘stlik mahallasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Davlatimimiz rahbarining 408-sonli qarori asosida amaliy ishlar boshlandi.

Mahallada suv muammosi uzoq vaqtdan buyon aholini qiynab, ko‘plab murojaatlar yo‘llangan. Muammoga yechim sifatida ushbu muammo PQ-408-sonli qarorga kiritilib, ichimlik suvi tarmog‘ini qurish uchun zarur mablag‘ ajratiladigan bo‘ldi. Endilikda mahallaga ushbu 18,5 km masofada yangi suv tarmog‘i tortiladi. Ayni vaqtda loyiha hujjatlari tayyorlanib, qurilish ishlariga zarur ashyolar keltirilmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Jarayon

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov Navoiy mahallasi Furqat mavzesida bo‘ldi.

Tuman hokimi mutasaddi rahbarlar bilan birgalikda eng avval ko‘p xonadonli uylarning zilzilabardoshliligi, isitish tizimi va boshqa jihatlarini ko‘zdan kechirdi. Aholi vakillari bilan muloqot qildi.

Ushbu uylarga Uy-joy kommunal bo‘limi qoshidagi "MMM servis boshqaruv" kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatib kelinadi. Ta’mirlash ishlari majburiy badal pullarining vaqtida to‘lanishi asosida bajariladi.

Muloqot davomida tuman rahbari shu va boshqa bir qator masalalarning yechimi, jumladan isitish va yo‘l ta’mirlash bo‘yicha fuqarolar bilan fikr almashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Диққат_лойиҳа

❗️Бюджет ташкилотлари “яшил энергия”га босқичма-босқич ўтказилади

🔰
Президент фармони лойиҳасига мувофиқ, 2023 йил 1 сентябрдан бюджет ташкилотларига қуёш панели ва иссиқ сув коллекторини ўрнатиш мажбурияти юклатилиб, 2026 йилгача уларнинг бинолари энергия истеъмолининг 60 фоизи “яшил энергия”га босқичма-босқич ўтказилиши белгиланмоқда.

➡️ Муҳокамада қатнашиш: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Барчани лойиҳа муҳокамасида фаол иштирок этишга чорлаймиз.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Tabrik

Tuman hokimligi jamoasi nomidan Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Gulnora Xudoyqulovani tavallud kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. Uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farzandlar kamolini ko‘rish nasib etsin!

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Toshkent viloyatida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 14-18-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog' oldi va tog'll hududlarida, jumladan:
Toshkent viloyati: Ohangaron,Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, Angren, Olmaliq shaharlarida SEL-SUV toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

❗️Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘raydi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Bugun shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda hisoblanadi.

«…U turli fazilatlar bilan bezangan va maqtovli xislatlarga ega bo‘lgan bir podshoh edi. Ushbu barcha fazilatlaridan shijoat va muruvvati ustun turardi. Turkiy she’rni Amir Alisherdan keyin hech kim Bobur yozgan darajada yozgan emas». Mirzo Muhammad Haydar. «Tarixi Rashidiy»dan.

«Bobur fe’li-sajiyasiga ko‘ra Sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qo‘yilgan». Eduard Xolden, ingliz tarixchisi.

«Saxovati va mardligi, iste’dodi, ilm-fan, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». Uilyam Erskin, «Boburnoma» tarjimoni.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Президент Шавкат Мирзиёев ижтимоий соҳаларга масъул раҳбарларни қабул қилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял руководителей, ответственных за социальные сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #ijtimoiysoha #vazirliklar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter