PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Sport

"Mahalla kubogi" uchun stol tennisi musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Tumanimizda "Mahalla kubogi" respublika turnirining mahallalararo birinchiligi uchun stol tennisi musobaqalari boshlandi.

Piskent tumani Kelovchi, Guliston mahallalari hududidagi 3, 31,32, 33-maktablar sportchi yoshlari õrtasida ilk bahslar õtkazildi. Unda tuman prokurori A.Djuraev, "Mahalla" hayriya jamoat fondi raisi N.Kenjaev, Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bõlimi rahbari S.Azimova ishtirok etishdi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqaning g‘oliblari hamda faol qatnashchilari tashkilotchilar tomonidan rag‘batlantirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#5_tashabbus

POLVONLARI KO‘P YURT QUDRATLI BO‘LUR. PISKENT TUMANI.

#Sport_TV

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bizning_yoshlar
#Sport

21-23 oktabr kunlari Taekvon-do ITF sport turidan Ozbekiston kubogiga saralash musobaqalari bolib otdi.

OKMK sport majmuasida o‘tkazilgan mazkur musobaqada 18 ta tuman va shaharlar ichida umumjamoa hisobida Piskent tumani taekvondochilari 3-orinni egallashdi. Piskent tuman bosh murabbiysi Dadaxon Mamadiyev esa "Yilning eng yaxshi hakami" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.

Ushbu musobaqa natijalariga ko‘ra tumanimiz yoshlaridan 60 nafari 16ta oltin, 24 kumush va
20 ta bronza medallari
ni qolga kiritishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Bizning_yoshlar
#Sport

Lolaariq qizi jahon chempioni!

🥇Tailandda muay-tay
sport turi buyicha o‘tkazilgan jahon chempionatida
Piskent tumani Lolaariq mahallasida yashovchi Xusnora Yuldosheva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U to‘rtta jangda g‘olib bo‘lib, finalda ham zafar quchdi.

Chempion qizni tabriklaymiz!


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Yoshlar o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Piskent tumani Bolalar sport maktabida taekvondo ITF va shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va Sport maktabi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqalarda 200 nafardan ziyod sportchi yoshlar qatnashdi. 10-30 yoshgacha taekvondochi va shaxmatchi o‘g‘il-qizlar o‘zlarining yosh hamda vazn toifalari bo‘yicha kuch sinashib, g‘oliblik uchun musobaqalashdilar.

Yakunda g‘olib va sovrindorlarga tuman hokimi o‘rinbosari Sarvar Xamdamov tomonidan diplom va medallar topshirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sayil
#Sport_musobaqalari

Xalq sayli sport musobaqalariga va tasviriy sanat ko‘rgazmalariga ulanib ketdi. Tuman bolalar sport maktabining sportchi yoshlari hamda havaskorlar yakka kurash, boks, taekvondo, tosh ko‘tarish, shaxmat-shashka, gimnastika va boshqa sport turlari bo‘yicha bellashmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Piskent tumani 11-maktab Sport majmuasida o‘smirlar o‘rtasida kurash bo‘yicha tuman birinchiligi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Sport maktabi murabbiysi Xotam Boboyev boshchiligida 14 ta vazn toifasidagi sportchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda 100 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar g‘oliblik uchun bellashdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Sport maktabining shaxmat tõgaragi yosh shaxmatchilari o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda 5-8, 9-14 yoshli o‘smirlar va qiz bolalar qatnashdi. G‘oliblar munosib taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Yoshlar DXX raisi kubogi uchun to‘p surishdi

Bugun mahalla yoshlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha DXX raisi kubogi uchun qizlar oʻrtasida musobaqalar boʻlib oʻtdi.

6-maktabda oʻtkazilgan sport tadbirida tuman hokimligi, sport maktabi, yoshlar agentligi mutasaddilari ishtirok etdi. 4 ta sektordan 16-30 yosh toifasida qizlar bahs olib bordi. Natijalarga koʻra, ochkolar hisobida 4-sektor jamoasi gʻolib boʻldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Piskentlik ayollar velomarafonda har uch o‘rinni qo‘lga kiritishdi

Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining 22 ta tuman-shaharlari velosipedchilari o‘rtasida musobaqalar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5251-sonli qarori ijrosini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va 3-iyun Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan o‘tkazilgan velomarafonda Piskent tumani ishtirokchilari muvaffaqiyatli qatnashdi.

30 yoshdan katta ayollar o‘rtasida

1-o‘rin Istiqlol mahallasi xotin-qizlar faoli Baxtigul To‘laganova;
2-o‘rin Mingtepa mahallasi xotin-qizlar faoli Nodira Begmatova;
3-o‘rin mahallasi xotin-qizlar faoli Asiya Muspenova;

Yoshlar o‘rtasida velopoygalarda

2-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Sarvinoz Mamadaliyeva;
3-o‘rin Mingtepa mahallasi fuqarosi Lola Zuhurova
qo‘lga kiritdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport
#IIB_kubogi

Voleybol bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqalar boshlandi.

Bugun Bolalar sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqalarga start berildi.

Musobaqalarda Istiqlol, Oqtepa, Murotali, Lolaariq, Kelovchi, Mustaqillik, Oqtom va Guliston mahallalarining yigit va qizlar jamoalari ishtirok etishdi.

Qizg‘in bellashuvlar natijasida g‘olib va sovrindorlar Piskent tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari L.Rahmatullayev tomonidan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Bugun tuman Bolalar sport maktabi hamda Nuroniylar bo‘limi hamkorligida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada tumanimiz mahallalaridan nuroniylar faol qatnashib, taxta ustida baxs olib bordilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sport

Tashkilot xodimlari tuman hokimi kubogi uchun bellashdilar

Piskent tumani hokimi kubogi uchun voleybol bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Sport maktabida o‘tkazilgan bellashuvlarda erkaklar jamoalari o‘rtasida 1-o‘rin 5 maktab, 2-o‘rin Yoshlar ishlari agentligi, 3-o‘rinni Sport maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi.

Ayollar jamoalari o‘rtasida kechgan qizg‘in bahslarda 1-o‘rin Sport maktabi, 2-o‘rin 41-maktab jamoasi va 3-o‘rin Oila va xotin-qizlar bo‘limi jamoasiga nasib etdi.

Goliblar tashkilotchilar hamda Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевга спорт соҳасидаги йирик тадбирлар ва режалар ҳақида ахборот берилди.

Президенту Республики Узбекистан Шавкату Мирзиёеву доложено о предстоящих крупных спортивных мероприятиях и планах по развитию сферы спорта.

#Mirziyoyev #taqdimot #sport #tadbirlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter