PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.64K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Forwarded from Xushnudbek.uz
Харидор чекни олмаса, тадбиркор жарима тўлайдими?

Сўнгги пайтларда ижтимоий тармоқларда тадбиркорлар томонидан бир турдаги шикоятлар кўпайди, яъни улар чекни беради, аммо харидор қасддан, атайлаб чекни олишдан бош тортади ва кўчага чиқиб, "менга чек бермади", деб солиққа хабар қилади. Бошқача айтганда туҳматчилар кўпайгани, бунақа ёлғон хабарлар ортидан тадбиркорлар жарима тўлаётгани айтилмоқда.

Хўш, аслида вазият қандай?

Солиқ қўмитаси қандай ҳолларда тадбиркор жаримага тортилишини тушунтирувчи ролик тайёрлаган. Видеодан кўриниб турибдики, агар тадбиркор ҳақиқатда чек берса, харидор ўша чекни олган ёки олишдан бош тортганидан қатъи назар, ЖАРИМАГА ТОРТИЛМАЙДИ. Чунки чиқарилган чек базада сақланиб қолади ва исталган пайти буни исботлаш мумкин. Пастдаги видеони кўрсангиз, жараён янада тушунарли бўлади. Битта тадбиркорни жарима тортиш учун 3 босқичли қайта-қайта текширув ўтказилади, ҳеч ким ўзидан-ўзи битта ёлғон қўнғироққа ишониб, жаримага тортмайди, дейилади ДСҚ хабарида.

❗️Унутманг: жарима чек чиқарилмагани учун қўлланилади, харидор чекни олмагани учун эмас. Бу оддий мантиқ.

Бундан ташқари бугунги кунда деярли ҳар бир савдо ва хизмат кўрсатиш нуқталарида камералар ўрнатилган, шу сабабли тадбиркор ўзининг ҳақлигини жуда осон исботлаб бера олади.

Демак, хулоса шундаки, тадбиркорлар ростдан қонунларга бўйсуниб, чек бериб, солиқлардан қочмасдан ҳалол ишлаётган бўлса, бунақа ёлғончилардан сира қўрқмаса ҳам бўлади. Мабодо 1-2 та ҳолатларда ноҳақ айбланган бўлса, унда бемалол тегишли суд тартибида буни бекор қилиш мумкин.

ТАКЛИФ: агар айрим виждонсиз харидорлар чекни атайлаб олмасдан, ёлғон хабар бераётган бўлса, унда видеоёзувлар буни исботлаган тақдирда, ўша харидорларни туҳмат қилиш моддаси билан маъмурий жавобгарликка тортиш керак. Калтак фақат тадбиркор бошида эмас, ёлғончи харидор бошида ҳам синиш керак. Ўйин қоидалари икки томонга тенг бўлсин.

Аммо шу ўринда яна бошқа гап. Юртимизда бунақа ёлғон хабар берувчи виждонсиз харидорлар сони чек бермасдан, ноқонуний савдо қиладиган тадбиркорлар сонидан юз баробар, балки минг баробарга кам. Балки юз минг баробаргадир, ким билсин. Яъни чек бермаслик ва солиқдан қочиш муаммоси аслида жуда катта. Лекин бу пул учун ёлғон хабар бериш, кимгадир туҳмат қилишни оқламайди.

‼️Яна бир гап: тадбиркорларнинг мурожаатларида онлайн назорат касса машиналарининг яхши ишламаслиги, тез-тез техник носозлик юзага келиши, шу сабабли ҳам кўпинча ўзларига боғлиқ бўлмаган ҳолатда харидорга чек бера олишмаётгани, бундан ташқари ушбу онлайн-НКМ нархи асл таннархидан анча қимматга сотилиши, касса машиналари учун монополия ўрнатилгани, тадбиркорлар фақат битта жойдан сотиб олишга мажбурлиги ҳақида ҳам мурожаатлар кўп. Вазият тўлақонли холисона ўрганилиши учун Солиқ қўмитаси масаланинг шу томонига ҳам изоҳ бериши мақсадга мувофиқ бўларди.


👉 @xushnudbek 👈
#Rasmiy

Shavkat Joʻrayevich Rahimov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida faollar yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Yigʻilishda Shavkat Joʻrayevich Rahimovni Toshkent viloyati prokurori sifatida tanishtirildi.

Shavkat Rahimov 1996-yildan buyon prokuratura organlarida faoliyat yuritib keladi. U 2011-yil mart oyidan boshlab Bosh prokuror oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Majlisda Nigʻmatilla Yoʻldoshev viloyatda qonun ustivorligini taʼminlash borasidagi mavjud vaziyat haqida tanqidiy-tahliliy nutq so'zladi.

✉️ Telegram 🌐 YouTube 📱Instagram 📱 Facebook 📱 Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Kun.uz saytida eʼlon qilingan “Majlislar oʻlkasi” nomli maqola yuzasidan raddiya

🌐
BATAFSIL

️Telegram 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqda Piskent tumani fermerlari nomidan deya murojaat e’lon qilindi. Unda bir guruh fermerlar nomidan hokimning og‘zaki ko‘rsatmasi bilan urug‘lik don ololmayotgani, paxta rejasi oshirib qo‘yilgani to‘g‘risida iddao qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasida jismoniy shaxsning ism-familiyasi va yashash manzili ko‘rsatilmagan ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan... murojaatlar anonim murojaat ekanligi; 29-moddasida esa anonim murojaatlar ko‘rilmay qoldirilishi belgilab qo‘yilgan.

Ta'kidlash kerakki, agroklasterlar faoliyati hokimlik faoliyatidan butunlay mustaqil yuritiladi va klasterning fermerlar bilan munosabatlariga aralashilmaydi. Shu bois,
tumanda kuzgi g‘alla ekilishi holati yuzasidan keltirilgan noto‘g‘ri ma’lumot borasida “Mirzaobod parranda asl”MCHJ g‘allachilik klasteri rahbari U.G‘ulomov aniqlik kiritib, ma’lumot berdi:

Mirzaobod parranda asl”MCHJ g‘allachilik klasteri tomonidan Piskent tumanidagi 177 ta fermer xo‘jaligi bilan 7 ming 655 gektar yerda g‘alla yetishtirish bo‘yicha shartnoma tuzilgan. Murojaatda yozilganidek, urug‘lik berilmay, g‘alla ekilmay qolmagan. Bugungi kungacha 167 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 6 ming 771 gektar maydonga kuzgi g‘alla sepildi. Buning uchun fermerlarga Qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan berilgan sertifikatlarga asosan tayyor yer maydonlariga zarur mahsulotlar-gektariga 250 kgdan urug‘lik don, 200 kg dan ammafos, 50 kgdan kaliy mineral o‘g‘itlari, o‘rtacha 42 litr yoqilg‘i-moy bilan ta’minlandi. Klasterda 2023 yil uchun zarur mahsulotlar zahirasi mavjud.
Qolgan 10 ta fermer xo‘jaligining 8 tasi bilan klaster o‘rtasidagi shartnoma shartlari bajarilmaganlik holati yuzasidan sud jarayoni olib borilmoqda.”

Shuningdek, “Real agro kotton” MCHJ paxta klasteri boshqaruvchi o‘rinbosari Z.Dadayev bergan ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlar bilan 23 ming 885 tonna paxta yetishtirish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Ammo bahorda tabiiy ofat natijasida Do‘sbekov va Oxunboboyev hududlarida 1000 gektar maydonda g‘o‘za nihollarining do‘l urishi oqibatida qariyb 1200 tonna hosil yo‘qotildi, tumanning umumiy paxta xirmoniga zarar yetdi. Shu bois, hosilning yetmagan qismini tumanning boshqa hududlaridagi serhosil maydonlardagi paxta hisobiga to‘ldirish maqsadida dalalardagi bor paxta hosilini terib topshirish uchun takliflar berilgan.

E’tiborga loyiq jihati, respublika va viloyatda o‘rtacha hosildorlik 34-35 sentnerdan bo‘lib turgan vaqtda tumandagi ilg‘or fermerlar -“Eshbekova Ma’suda” f/x rahbari B.Eshbekov, “Ismatov Islom” f/x rahbari M.Ismatov, “Ulug‘bek Piskent agro”f/x rahbari Ya.Yo‘ldoshev, “Topilova Hakima”f/x rahbari H.Topilova, “Jahongir”f/x rahbari J.Isoqov, “Avazova Muhabbat” f/x rahbari M.Avazov, “Jamshid” f/x rahbari N.Xojiyev, “Baxt Alpomish”f/x rahbari B.Abralov singari fermerlar tumanimiz mirishkorlari hosildorlikni 31 sentnerdan ko‘tarishini ta’kidlab, tashabbus ko‘rsatishdi. Yog‘ingarchilik to‘xtagach, dalalardagi ming mashaqqat evaziga yetishtirilgan hosilni so‘nggigacha terib olish va 96,5% lik rejani 100%ga yetkazish bo‘yicha munosabat bildirganlar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Rasmiy_bayonot

QAMCHIQ” DOVONI VAQTINCHA YOPILDI

Ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga koʻra, koʻchki xavfi yuzaga kelganligini inobatga olib,  4-yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab  “Qamchiq” dovoni qismida harakatlanish xavfsizligini taʼminlash maqsadida, transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Dovon yoʻli Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qoʻyildi.

Dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Respublika Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati

️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi haqida axborot

Ayni paytda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan.

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan soʻzga chiqqan Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid tahliliy maʼruza qilmoqda.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan ota-onalarning iltimosiga koʻra, anomal ob-havo tufayli yuzaga kelgan murakkab shart-sharoit tahlil qilindi, ota-onalar kengashi vakillari bilan maslahatlashildi.

Xususan, kelayotgan besh kunlikda ham hudud anomal ob-havo taʼsirida boʻlishi haqidagi mutaxassislarning bildirgisi muhokama qilindi.

Shulardan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyatida Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus taʼlimi muassasalarida oʻqishlar 23-yanvardan boshlanishi haqida qaror qabul qilindi.

Oʻz navbatida, viloyatdagi Oliy taʼlim muassasalarida oʻqishlarning boshlanish sanasi har bir oʻquv yurtining ichki imkoniyat va shart-sharoitidan kelib chiqib, rektorlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

Toshkent viloyati prokuraturasining rasmiy bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda “Hududgaz Toshkent” rahbari Muzaffar Aliyevning qamoqdan ozod qilinganligi hamda ish joyida faoliyat olib borayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilgan.

Tergov harakatlari davomida M.Aliyevga nisbatan qoʻllanilgan “qamoq“ ehtiyot chorasi “garov” ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.

Bundan tashqari, M.Aliyevning lavozimidan chetlashtirish toʻgʻrisida Jinoyat ishlari boʻyicha sudning ajrimi mavjud.

Tergovga aralashish va toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev bugun Piskent tumanida boʻldi: viloyat sektor rahbarlari Piskent tumani faollari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazdi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Toshkent viloyatida ish boshlayotgan “metan zapravka”lar va ularning ish grafigi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Tayinlov

Ziyoyev Isroil Xolmurza o‘g‘li — Piskent tumani hokimligi Tashkiliy kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

I.Ziyoyev 1991-yilda Piskent tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2018-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash va muhandislar institutini, 2023 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida Ijro nazorati va kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#rasmiy

Tayinlov

Miryunusov Mirshoxid Mirsovutovich — Piskent tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi rahbari lavozimiga tayinlandi.

M. Miryunusov 1979-yilda Toshkent viloyati Parkent tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Piskent tuman hokimining moliya- iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

🌐Telegram 🌐YouTube 🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Viloyat “Nuroniy” jamgʻarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamgʻarmaning sobiq rahbari Farhod Omonov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan Abdusamad Nosirov —  Toshkent viloyati “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi lavozimiga tayinlandi.

А. Nоsirov  1948-yil Toshkent viloyati Piskent  tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti – oliy. 1980-yil Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti (sirtqi) bakalavriyatini tamomlagan.

2009-yildan buyon nafaqada boʻlib,1992-1995-yillarda Piskent tumani hokimi,  Toshkent viloyati hokimining maslahatchisi lavozimlarida ham faoliyat olib borgan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

NURONIYLARGA “MEHNAT FAXRIYSI” KOʻKRAK NISHONI TANTANALI TOPSHIRILDI

Oʻzbekiston Respublika Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis eti toʻgʻrisida“gi PQ-3133 sonli qaroriga asosan, Respublika ”Nuroniy" jamgʻarmasi Vasiy Kengashining Qaroriga koʻra, viloyatimizdagi bir guruh mehnat faxriylari va nuroniylar mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlangan edi. Bugun Nurafshon shahrida koʻkrak nishonlari oʻz egalariga tantanali surʼatda topshirildi.

Marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi Toshkent viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi


Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi raisi birinchi oʻrinbosari Jovdatxon Inogʻomov ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.

Dastlab, yigʻilishda yangi tuzilma oldida turgan vazifalar, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish, maʼnaviy- maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish masalalari viloyat va tuman, shaharlar sektorlar rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.

Shundan soʻng, Hoshimov Shuhrat Oʻrozaliyevich Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida: Sh. Hoshimov 1976-yilda Oʻrta Chirchiq tumanida tugʻilgan. Mutaxassisligi-iqtisodchi. U faoliyati davomida viloyat, tuman hokimliklarining bir qator masʼul lavozimlarida ishlagan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligining Ijro intizomi nazorati boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

TAYINLOV

Iskandarov Azizxon Avazxonovich Piskent tumani Tibbiyot birlashmasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

A. Iskandarov 1987-yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2014-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Aziz medikal” masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Rasmiy

TAYINLOV

Abduxalilov Yoqubjon Quronboy oʻgʻli Piskent tumani Elektr taʼminoti korxonasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Y.Abduxalilov 1991-yilda yilda tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2018-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “Toshkent hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ-TETK dispecheri vazifasida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Rasmiy
           
Aripov Muzaffar Akbarovich -  Piskent tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

M. Aripov 1985-yilda Toshkent viloyatida  tugʻilgan. Maʼlumoti  – oliy. 2010-yilda Toshkent davlat agrar universitetini,  2020-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Yakubov oʻz arizasiga binoan egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bugun shu munosabat bilan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi.

Yigʻilishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM