PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hokim_qabuli

Hokim qabulida inson huquqlari bo‘yicha vakil ishtirok etdi

Bugun har bir rahbar odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini eshitishi zarurligini yaxshi anglaydi. An’anaga ko‘ra o‘tkazilgan tuman hokimi R.Rixsiyevning bugungi qabulida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-ombudsmanning Toshkent viloyati mintaqaviy vakili R.Kаmаlov, barcha hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida 17 nafar fuqaroning savol va murojaati tinglandi. Murojaatlar asosan ijtimoiy nafaqa, kommunal soha, kadastr, auksion va yer-mulk masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan bo‘ldi. Ularga tegishliligi bo‘yicha amaliy yordam, qonuniy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilib, huquqiy maslahatlar ham berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hokim_qabuli

4-maktabda fuqarolar uchun qabul o‘tkazildi

Bugun Maylobod mahallasida joylashgan 4-maktabda tuman hokimi Nodirbek Yakubov boshchiligida hokim o‘rinbosarlari va tegishli mas’ullar bilan birgalikda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabulda 50 nafardan ortiq fuqarolarning uy-joy, kadastr, dehqon xo‘jaligi uchun yer ajratish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni qonuniylashtirish, salomatlikni tiklash, jarrohlik operatsiyasi uchun amaliy yordam ko‘rsatish kabi turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Mazkur murojaatlarning aksariyati joyida hal etilib, tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lsa, ayrimlarining qonuniy asosdagi yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hokim_qabuli

Fuqarolar uchun tuman hokimining qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabulda Nodirbek Yakubov, tegishli hokim oʻrinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda murojaatlari bilan kelgan 40 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi.

Yuzma yuz muloqot davomida murojaatchi fuqarolardan moddiy yordam, elektr taʼminoti, davolanish uchun yordam, kredit toʻlovi, bolalar nafaqasi, subsidiya, dehqon xoʻjaligi uchun yer, uy-joy kadastri, uy taʼmiri, bandlik singari muammolar roʻyxatga olindi.

Oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiyaga asbob-uskuna, moddiy yordam bilan bogʻliq murojaatlarning aksariyati hal etildi. Ijrosi qoʻshimcha oʻrganish talab etuvchi masalalar yuzasidan masʼullarga topshiriq berib, tuman hokimining nazoratiga olindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi