PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#tanlov

Siz iqtidorlimisiz?

O'z qobilyatingizni namoyish etishni xohlaysizmi?

Unda bu siz uchun imkoniyat!

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, "Ma'rifat" targ'ibotchilar jamiyati va qator hamkor tashkilotlar 15 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Vatan taraqqiyotiga mening hissam" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov

🖼 Tasviriy va amaliy san'at

📚Adabiyot va publitsistika

🎙Milliy maqom va milliy estrada

yo'nalishlarida bo'lib o'tadi.

Tanlovga arizalar 15 noyabr kuniga qadar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining hududiy(tuman va shahar) bo'linmalarida qabul qilinadi.

Shoshiling!
Tanlovda ishtirok eting!

ZERO VATAN TARAQQIYOTIGA HISSA QO'SHISH BARCHAMIZNING BURCHIMIZDIR!
#Tanlov

Hurmatli opa-singillar, aziz qizlar!

2022 yil 7 noyabr kuni soat 10:00da Musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi o‘tkaziladi.

Tanlovga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar 7 ta yo‘nalish:
-adabiyot
-san’at
-madaniyat
-sport
-jamoatchilik
-ta’lim
-ijtimoiy yo‘nalishlarda ishtirok etishlari mumkin.

Izoh: 18 yoshdan oshgan uy bekalari jamoatchilik yo‘nalishida ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun tel:
+998990055668

Oila va xotin-qizlar bo‘limi


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanlov

Zulfiyaxonimga munosib qizlar saralanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-2326-sonli Farmoni asosida har yili Zulfiyaxonim izdoshlari saralanadi.

Piskent tumani 6-maktabda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, munosiblarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya qilish maqsadida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda 50 nafar adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, ijod qilayotgan iqtidorli qizlar hujjatlari ko‘rib chiqildi va nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi. Tuman bo‘yicha eng munosib deb topilgan 6 nafar nomzod viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanlov

Iroda Mullajonova “Yil ayoli” tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan e’lon qilingan “Yil ayoli” milliy tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovda mamlakatimizning ijtimoiy –iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shib kelayotgan, jamiyatimizda o‘z o‘rnini topgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat ko‘rsatib, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan ayollarni har tomonlama qo‘llab –quvvatlash, rag‘batlantirish va munosib taqdirlash maqsad qilingan.

Bugun tanlovning viloyat bosqichida tumandoshimiz Iroda Mullajonova "Jonkuyar ustoz" nominatsiyasi bo‘yicha mutlaq g‘olib deb topilib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlardan_xabarlar

#Piskent_tumani

#Tanlov

🔹Piskent tumani Maktabgacha taʼlim boʼlimi tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachi-pedagoglari oʻrtasida "Eng yaxshi didaktik oʻyin muallifi" koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Bizning kanalga qo'shiling:👇
https://t.iss.one/Tosh_v_MTB_Matbuot
#Tanlov
#Ekologiya
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1 aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan "Qushlarni asraylikʼʼ Respublika tanlovini e'lon qildi

📜
Tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g‘olib bo‘ling. Tanlovda ishtirok etish uchun 👉 @uzecoilm_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z iqtidoringizni namoyon eting!

🎁
Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📣
Tanlov 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish 30 mart kuni yakunlanadi

Tanlovning Piskent tuman bosqichi joriy yil 31 mart kuni soat 10:00da "Yoshlar bog‘i"da o‘tkaziladi.

☎️Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun
+998997933459
#Tanlov

"Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovida 5-IDUM g‘olib bo‘ldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun Piskent tumanidagi umumta'lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tanlov natijasiga koʻra, 1-oʻrinni 5-IDUM o‘quvchilar egalladi. 2-o‘rin 27-maktab, 3-o‘rin 42-maktab jamoalariga nasib etdi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, g‘oliblar 1-o‘rin uchun 100 000 000 soʻm, 2-oʻrinni uchun 75 000 000 soʻm, 3-oʻrin uchun 50 000 000 soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Tanlov
#Yil_ayoli

Mamlakatimizning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shib kelayotgan, jamiyatimizda o‘z o‘rnini topgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat ko‘rsatib, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan ayollarni har tomonlama qo‘llab –quvvatlash, rag‘batlantirish va munosib taqdirlash maqsadida har yili “Yil ayoli” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur tanlovning tuman bosqichi 1-sonli IDUMda bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-kizlar bo‘limi boshlig‘i M.Usmonova, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari S.Azimova, mahalla faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari hamda ko‘rik-tanlov nomzodlari ishtirok etdi.

Jarayonda belgilangan mezonlar asosida shartlarni to‘liq ado etib, hakamlar xulosasiga ko‘ra, D.Komiljonova "Yil ayoli-2023” milliy tanlovi tuman bosqichi g‘olibi deb topildi va viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#tanlov_mahalla

Toshkent viloyati Piskent tumanida “Eng yaxshi mahalla raisi" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

🔹Tanlov 29 ta mahallani qamrab olib, yakunda 4 ta mahalla gʻoliblari oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

🔹 3 ta shart bo’yicha o’tkazilgan ko’rik tanlovda
1- o’rinni Bekobod mahallasi,
2- o’rinni Mo’minobod mahallasi,
3- o’rinni Mustaqillik mahallasi,
4- o’rinni Navoiy mahallasi raisi qo’lga kiritdilar.

Tanlov g‘olibi bo‘lgan Bekobod mahallasi raisi G.G’ulomxonova ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kitirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | You tube