PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yashil_makon

Prokuror va IIB boshlig‘i dala chetlariga tok ekishdi

Yashil makon umummilliy harakati doirasida agrar soha xodimlari, fermerlarning sa’y-harakati bilan necha minglab nihollar ekilmoqda.

Xususan, Piskent tumanida har bir hududda amaliy seminarlar o‘tkazilib, paxta va g‘alla dalalari chetlaridagi bo‘sh maydonlar tartibga keltirildi. Unda tutzorlar va tokzorlar yaratish uchun qizg‘in harakat boshlangan.

Bugungi "yashil makon" tadbirlarida esa tuman hokimi o‘rinbosari S.Tulepov, prokuror A.Jo‘rayev, IIB boshlig‘i L.Rahmatullayev ham qatnashib, "voyish" lar orasiga tok ko‘chatlari o‘tqazdilar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon

Bugun tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hashar tashkil etishdi. Hasharda Guliston mahallasi hududidagi toshloq maydon tozalandi. Shudgorlanib, ko‘chat ekish uchun tayyorlandi.

-Tumanimiz hududini obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shish uchun 300 tup terak va 300 tup tut ko‘chatlari ekyapmiz,-deydi FVB boshlig‘i R.Axrorov.

Shanba va yakshanba kunlari ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari mahallalarda, xonadonlarida ham davom etdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yoshlar_siyosati_amalda

Yoshlar bilan bog‘liq ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida mahallalarda xatlovlar olib borilmoqda.

Xatlovda tumandagi 29 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 14-30 yoshgacha bo‘lgan 22 ming 129 nafar yoshlarni qamrab olish maqsad qilingan. Tuman hokimi o‘rinbosari Sarvar Hamdamov boshchiligida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Abdumutal Azizov, sektor mas’ullari “xonadonbay” yurib, yigit-qizlarning o‘zi va ota-onasi bilan suhbatlashmoqda. Natijada yoshlarning qiziqishlari, imkoniyat va ehtiyojlari asosida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash uchun takliflar shakllantiriladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#аукцион #ер_участкалари

⚡️ТАДБИРКОРЛИК ҚИЛМОҚЧИМИСИЗ ?

📌Тошкент вилоятида савдога қўйилган 1876 та ер участкаларидан бирини сотиб олинг ва ўз тадбиркорлигингизни йўлга қўйинг!

▫️Оққўрғон туманида 48 та (кўриш)
▫️Оҳангарон туманида 112 та (кўриш)
▫️Бекобод туманида 130 та (кўриш)
▫️Бўстонлиқ туманида 35 та (кўриш)
▫️Бўка туманида 189 та (кўриш)
▫️Қуйичирчиқ туманида 206 та (кўриш)
▫️Зангиота туманида 84 та (кўриш)
▫️Юқоричирчиқ туманида 55 та (кўриш)
▫️Қибрай туманида 47 та (кўриш)
▫️Паркент туманида 112 та (кўриш)
▫️Пискент туманида 372 та (кўриш)
▫️Ўртачирчиқ туманида 100 та (кўриш)
▫️Чиноз туманида 147 та (кўриш)
▫️Янгийўл туманида 84 та (кўриш)
▫️Тошкент туманида 24 та (кўриш)
▫️Нурафшон шаҳрида 57 та (кўриш)
▫️Олмалиқ шаҳрида 92 та (кўриш)
▫️Ангрен шаҳрида 40 та (кўриш)
▫️Бекобод шаҳрида 9 та (кўриш)
▫️Оҳангарон шаҳрида 29 та (кўриш)
▫️Чирчиқ шаҳрида 7 та (кўриш)
▫️Янгийўл шаҳрида 15 та (кўриш)

Каналга уланиш: https://t.iss.one/tvkad

Facebook Instagram
#Tanlov

Zulfiyaxonimga munosib qizlar saralanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi «Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-2326-sonli Farmoni asosida har yili Zulfiyaxonim izdoshlari saralanadi.

Piskent tumani 6-maktabda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, munosiblarini Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga tavsiya qilish maqsadida tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovda 50 nafar adabiyot, san’at, madaniyat, fan, ta’lim, sport va jamoatchilik yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatib, ijod qilayotgan iqtidorli qizlar hujjatlari ko‘rib chiqildi va nomzodlar suhbatdan o‘tkazildi. Tuman bo‘yicha eng munosib deb topilgan 6 nafar nomzod viloyat bosqichida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi