PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.66K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Туман ҳокими ўринбосари Сарвар Ҳамдамов бошчилигида бир гуруҳ ходимлар қишлоқда Гулистон кўчаси 7-уйда яшовчи Очилой ая Гулматованинг истагига кўра ҳовлисига хурмо кўчатлари ўтқазиб, дуосини олдилар.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Маҳаллада бўлаётган ҳашарда Маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлими бошлиғи Ҳикмат Исамуҳаммедов ва жамоаси ҳам четда турмади. Биргаликда эҳтиёжманд хонадонларга мевали кўчатлар ўтқазишди. Шу билан бирга хонадонларда бўлиб, томорқасидан қай даражада фойдаланаётганлигини ҳам ўрганишди.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Туман ҳокимининг 1-ўринбосари Миршоҳид Мирюнусов Молия-иқтисодиёт ва камбағалликни қисқартириш бўлими ходимларини ишга солиб, хонадонларни обод қилишга бел боғлади. Улар эккан кўчатлар бир кун мева берганида хонадон эгалари ҳам миннатдор бўлса ажабмас.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik

Бугунги ҳашардан ҳеч ким четда турмади. Ташкилий назорат гуруҳи, умумий бўлим, қурилиш комплекси вакиллари бир неча хонадонда бўлиб, ҳолидан хабар олишди. Томорқасига кўчат экиш билан бирга кўнглини ҳам обод қилишди.

Каналга уланиш⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Dolzarb_40_kunlik

"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida dolzarb 40 kunlik qizg‘in davom etmoqda.

Piskent tumani prokuraturasi, departamenti va majburiy ijro byurosi xodimlari 79-sonli maxsus maktab internatida ko‘chatlar o‘tqazdilar. Tuman prokurori Alisher Jo‘rayev boshchiligida muassasa hududiga 150 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_40_kunlik

Bugun tumanimizdagi mavjud dala chetlariga uzum va tut koʻchatlari ekish boʻyicha seminar tashkil etildi.

Xususan, G‘ayrat mahallasida tashkil etilgan seminarda “dolzarb 40 kunlik” tadbirlarini samarali tashkil etish vazifalari belgilab olindi. Shundan so‘ng tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev boshchiligida hamda amaliy ishlarga kirishildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hududlardan_xabarlar

#Piskent_tumani

#yashil_makon

#dolzarb_40_kunlik

🔹Viloyatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan Dolzarb 40 kunlikda Toshkent viloyati Piskent tumani Maktabgacha ta'lim bo‘limi va uning tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🔹Xususan, Piskent tumani Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bizning kanalga qo'shiling:👇
https://t.iss.one/Tosh_v_MTB_Matbuot
#Dolzarb_40_kunlik

Bugun shanba, askariyat mahalla fuqarolar yig‘inlarida “dolzarb 40 kunlik” doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilmoqda.

Piskent tumani Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshchiligida 29 ta mahallada rejali tartibda ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda. Xususan, mahallalarda xonadonlar atrofi, tashlandiq maydonlar tozalanib, o‘rniga olma, o‘rik, bodom singari o‘n turdan ortiq mevali nihollar, manzarali ko‘chatlar hamda terak qalamchalari ekildi. Mahallalar kesimida bir kunda 5 mingga yaqin, mavsum boshidan buyon 20 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

-Galdagi muhim vazifa nihollarni tup qo‘yib, ko‘karishini ta’minlash,-deydi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Hikmat Isamuhammedov.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi