PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.61K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Avlodlar_uchrashuvi

«Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz» g‘oyasi asosida sektorlarda “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari davom etmoqda.

Bugun 1-sektor hududidagi Fayzobod mahallasida ham yoshu keksalar uchrashib, dildan suhbat qurishdi. Uchrashuvga tuman hokimi Rahimjon Rixsiyev qatnashdi. 17-maktabda tashkil etilgan tadbirga mahallaning o‘zbek, qozoq, tojik, rus va boshqa ko‘pmillatli aholisi vakillari, ko‘pni ko‘rgan keksalariyu navqiron yoshlari to‘plandi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ko‘pmillatli va ahil xalqimiz, donishmand nuroniylar hamda vatanparvar yoshlarimiz birgalikda yurt tinchligiga, rivojlanishiga hissa qo‘shsak, kelajak farovonligi ta’minlanadi. Tuman hokimi va so‘z olgan keksalar hayotiy tajribalarini hikoya qilib berdilar. Bilimdon, sportchi va san’atsevar yoshlar ham o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. Kuy-qo‘shiq va raqslar esa davraga fayz bag‘ishladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Avlodlar_uchrashuvi
#Futbol

9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan Piskent tumani hokimligi keksa sportchilarni yo‘qladi.

“Yoshlik” stadioniga uzoq yillar mobaynida “Piskent”, “Yoshlik” futbol jamoalarida to‘p surib, tumanimiz sharafini himoya qilgan futbol faxriylari va ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan “Piskent-2020” jamoasi vakillari yig‘ildi.

Faxriylar bilan bir piyola choy ustida o‘tgan gurunglardan so‘ng, “Piskent-2020” hamda “OKMK” futbol jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi