PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya_61

Bugun Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tegishli tashkilot rahbarlari, OAV vakillari qatnashdi.
#Sessiya_61

Bugun Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining oltmish birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tegishli tashkilot rahbarlari, OAV vakillari qatnashdi.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
- Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga bo‘shab qolgan o‘ringa 2-"Mirza Po‘lat" saylov okrugida o‘tkazilgan saylov yakuni va saylangan deputatning vakolatini e'tirof etish to‘g‘risida.

-“2022-2023- yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarorga asosan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

- “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

-“Ayollar daftari”ining shakllangan 4-bosqichini tasdiqlash to‘g‘risida.

-“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarni daftardan chiqarish to‘g‘risida

- Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, qarorlar qabul qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Урганч шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Хоразм вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Ургенче с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Хорезмского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Xorazm #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Sessiya_62

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining oltmish ikkinchi sessiyasi boshlandi. Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tegishli hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, OAV vakillari qatnashdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Sessiya_62

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: Xalq deputatlari tuman Kengashining “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya”si (A.Umarov).

2. Tumanning 2023-yilda aholi bandligini ta’minlash dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: tuman Bandlikkka ko‘maklashish markazi rahbari O.Buxorov.

3. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si(J.Sultonov).

4. Tumandagi “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududi chegaralarini belgilash va bo‘lish yo‘li orqali yangi mahalla fuqarolar yig‘inini tuzish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini tasdiqlash to‘g‘risida.
Axborot beruvchi: Xalq deputatlari tuman Kengashining “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiya”si(A.Umarov).

5. Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#Sessiya_63

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining oltmish uchinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.
Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tegishli hokim o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
#Sessiya_63

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

1. Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tuzilgan yer ijara shartnomasini bir tomonlama bekor qilish  yuzasidan belgilangan tartibda tegishli sud organlariga murojaat qilish to‘g‘risida.
Axborot beruvchi:
Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i (A.Obbosxonov).

2. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida.
Axborot beruvchi:Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si(J.Sultonov).

3. Tumanda «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolarni daftardan chiqarish va ayrim fuqarolarni «Temir daftar»ga kiritish to‘g‘risida.
Hisobot beruvchi:Xalq deputatlari tuman Kengashining “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si (J.Sultonov).

4. Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#sessiya_63

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Sessiyada tuman kengashi deputatlari, tegishli hokim o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#sessiya_63

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

I.Tuman mahalliy budjetning 2023 yil birinchi chorakdagi ijrosi to‘g‘risida.

II. Jamoatchilik fikri asosida 2023 yil 1-mavsumda shakllantirilgan va ovoz berish yakuniga ko‘ra “g‘olib” topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.

III. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan va ovoz berish yakuniga ko‘ra joriy yilda “Mening yo‘lim” loyihasida “g‘olib” deb topilgan takliflarni tanlab olish hamda ularga mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida.

IV. Joriy yil 1-choragi davomida tumanda sektorlar faoliyati, korxona va tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlar bilan ishlash holati, hokim yordamchilari faoliyati to‘g‘risida.

V. Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida.

VI.Tumanda 2023 yilning 1-choragida “Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida.

VII. Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan 2023 yil 3 oy davomida tuman hududida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida.

VIII. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida.

IX. Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati
Forwarded from PISKENT TUMAN KENGASHI
#Sessiya_67
#Onlayn

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdan tashqari 67-sessiyasi onlayn tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

- Xalq deputatlari tuman Kengashining namunaviy reglamentiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi (N.Mirvosilov).

- “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam ajratish to‘g‘risida. Hisobot beruvchi: “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi (J.Sultonov).

- Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Ulaning va ulashing⤵️
https://t.iss.one/PiskentTumaniKotibiyati