PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.8K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
#Hamkorlik

Hamkorlik aloqalari doʻstona munosabatlarga aylanmoqda

Avval xabar berganimizdek, viloyat delegatsiyasi tarkibida Piskent tumani hokimi va tuman vakillari Xitoyda boʻlib turishibdi. Safar davomida bugun Nodirbek Yakubov Shandun provinsiyasi Zibo shahri meri janob Li Szyunde bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda mahalliy hokimiyat rahbarlari tomonidan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qator takliflar bildirildi. Xususan, Zibo shahri ishbilarmon doira vakillari hamda yirik tadbirkorlar bilan muloqotda Nodirbek Yakubov Piskent tumanida maxsus sanoat zonasi tashkil etishni taklif etib, savdo va iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishning aniq rejalarni taklif etdi.

Zibo shahar meri ushbu taklifni qoʻllab-quvvatladi. Hamkorlik ramzi sifatida Piskent tumani hokimiga sovgʻa topshirarkan, shahar meri Li Szyunde jumladan shunday dedi:

-Bugun Zibo shahri va Oʻzbekistonning Piskent tumani oʻrtasida birodarlik rishtasi paydo boʻldi. Hamkorligimiz nafaqat savdo va iqtisodiyot, balki doʻstona aloqalarga ulanmoqda. Bugungi kelishuvlarimizga ramziy maʼnoda futbol toʻpini taqdim etaman. Chunki sport chegara bilmaydi. Ziboliklar esa haqiqiy futbol shu shaharda paydo boʻlgan, deb hisoblaydi.

Piskent tumani rahbari boshchiligida tumanimiz vakillarining Xitoyda xizmat safari samarali davom etmoqda.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Live

Ayni vaqtda Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubov va Xitoy Xalq Respublikasining Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuv boshlandi. Muloqotda har ikki tomon oʻrtasida samarali hamkorlik masalalari muhokama etiladi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik
#Natija
#Investitsiya

Avval xabar berganimizdek,
Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuvi hamda Bochjou shahri tadbirkorlari bilan B2B va G2B formatidagi muloqotlari boʻlib oʻtdi.


Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik
#Natija
#Investitsiya

Avval xabar berganimizdek,
Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Bochjou shahar meri Chin Feng Yu xonim bilan uchrashuvi hamda Bochjou shahri tadbirkorlari bilan B2B va G2B formatidagi muloqotlari boʻlib oʻtdi.


Nodirbek Yakubov xitoylik hamkorlarga Piskent tumanining geografik joylashuvi, iqlimi va investitsion salohiyati boʻyicha taqdimotini oʻtkazdi.

Bochjou shahri kimyo sanoati va farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan boʻlib, unda faoliyat olib borayotgan 234 ta yirik farmatsevtika kompaniyalari Xitoyning TOP 300 taligidan joy olgan. Shaharda bu yil 1,1 mln kvadrat metr maydonda giyohlar va dori vositalari savdo markazi ishga tushirilgan. Mazkur savdo maskaniga kuniga 50-60 ming odam tashrif buyurmoqda.

Bochjou shahri meri Chin Feng Yu xonim uchrashuv davomida Toshkent viloyati, xususan Piskent tumaniga juda katta qiziqish bildirib, bu masalada har ikki tomon uchun juda katta imkoniyat koʻrayotganligini taʼkidladi. Toshkent viloyatiga yaqin muddatlarda tashrif rejalashtirish va tadbirkorlardan iborat delegatsiya tuzish topshirigʻini berdi.

Uchrashuv yakuni boʻyicha Piskent tumani hokimi hamda Bochjou tadbirkorlari oʻrtasida 85 mln dollarlik kelishuv hamda memorandumlar imzolandi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik

Piskent tumanida uy-joy qurish uchun xitoylik tadbirkorlar taklif bildirdi

Piskent tumani Gʻayrat mahallasida joylashgan Yangi Oʻzbekiston massivida yangi koʻp qavatli uy-joylar qurilishi davom etmoqda. Tuman hokimining 1-oʻrinbosari A.Manayev shu maqsad bilan Piskentga kelgan xitoylik tadbirkorlarni qabul qildi.

Tadbirkor hamda tuman hokimi oʻrinbosarlari A.Manayev, D.Abdazimov horijlik tadbirkorlar taklif etilayotgan loyihani muhokama etishdi. Shundan soʻng, Gʻayrat mahallasida boʻlib, qurilish maydoni va obyektlari, infratuzilma imkoniyatlari bilan tanishishdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Санкт-Петербург шаҳрида МДҲга аъзо давлатлар раҳбарларининг норасмий учрашувида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в неформальной встрече глав государств СНГ в городе Санкт-Петербурге.

#Mirziyoyev #sammit #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Санкт-Петербург шаҳридаги МДҲ норасмий саммити доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг учрашуви бўлиб ўтди.

На полях неформального саммита СНГ в городе Санкт-Петербурге состоялась встреча Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Российской Федерации Владимира Путина.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Hamkorlik

Xitoylik tadbirkorlar Piskent tumanida dorivor giyohlar yetishtirib, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi

Piskent tumani hokimi Nodirbek Yakubovning Xitoy xalq respublikasiga safari chogʻida xitoylik tadbirkorlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar olib kirish boʻyicha bir qator foydali kelishuvlarga erishilgandi.

Ushbu kelishuvlar natijasida kuni kecha Xitoyning Bochjou shahridan bir guruh investor va mutaxassislar Piskent tumaniga tashrif buyurdi. Bosjou shahar meri tmonidan tumanda hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga masʼul tayinlangan janob Lyu Zenyuan va bir guruh ekspertlar tuman hokimining oʻrinbosari Umid Ubaydullayev bilan birga tuman markaziy poliklinikasi va tibbiyot birlashmasi boʻlimlari, shundan soʻng auksion savdolariga chiqarilgan yer maydonlarini koʻrib chiqishdi.

Ushbu loyihaning maqsadi-Piskent tumanida farmatsevtika mahsulotlari va dorivor giyohlar yetishtirishda o‘zaro foydali hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Hamkorlik

Piskent tumaniga investitsiya oqimini jalb etish maqsadida tumanimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi.

Tuman hokimi oʻrinbosari Umid Ubaydullayev hamda delegatsiya aʼzolari “Orion TaShin” korxonasi rahbari Yan xonim taklifiga koʻra, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu korxona dorivor giyohlardan fitopreparatlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi.

Piskentlik tadbirkorlar taqdim etgan yurtimizning dorivor oʻsimliklar va mevalari xitoyliklarda katta qiziqish uygʻotdi. Birgina yalpizning shifobahsh xususiyatlari toʻgʻrisida koʻplab ijobiy fikrlar bildirildi.

Korxona raxbari Yan xonim Oʻzbekistonning serquyosh iqlimida oʻsgan mevalar va giyohlar bilan koʻpdan buyon qiziqishini, ularni laboratoriya sharoitida oʻrganish va dorivor damlamalar hamda fitopreparatlar tayyorlash loyihalarini amalga oshirish boʻyicha koʻplab foydali takliflar bildirdi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан 23-25 январь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

По приглашению Председателя Китайской Народной Республики Си Цзиньпина Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 23-25 января посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X