PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.76K subscribers
30.3K photos
2.63K videos
75 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
Президент Даштбоғ маҳалласидаги шароитларни кўздан кечирди. Исмоил Киргизов ва Малика Парпиева хонадонида бўлиб, улар билан суҳбатлашди. Гурунгга қўни-қўшнилар ҳам келди.
- Мен кўпроқ оддий одамлар билан гаплашсам, сизларнинг кўзларингизга қарасам, ниятларингизни билсам дейман, - деди Шавкат Мирзиёев.
Нуронийлар маҳалла тизимига эътибор натижасини ўз ҳаётлари мисолида сўзлаб берди. Ижтимоий муаммолар ҳал бўлиб, турмуш шароитлари яхшиланаётганини айтди.

Президент осмотрел условия в махалле Даштбог. Он побывал дома у Исмаила Киргизова и Малики Парпиевой. К беседе с хозяевами присоединились их соседи.
- Я хочу больше говорить с простыми людьми, с глазу на глаз, понять, к чему они стремятся, - сказал Шавкат Мирзиёев.
Собеседники на примере своей жизни рассказали о результатах уделяемого внимания системе махалли. Они отметили, что социальные проблемы решаются, улучшаются условия жизни.

#Mirziyoyev #safar #mahalla #suhbat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Suhbat

Yangiobod mahallasi faollar zalida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda tuman hokimining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Jumaboyev, 29 ta mahallada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari qatnashdilar. Suhbat davomida mahallalarda xotin-qizlarga yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish, asl islom dinining insonparavar g‘oyalarini singdirish, ayollarning o‘zini band qilishiga ko‘maklashish, ularning oiladagi o‘rnini mustahkamlash borasida amalga oshirish zarur bo‘lgan jihatlar tahlil qilindi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Suhbat

Piskent tumanida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida umumta’lim maktablarida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tumandagi 5-6-7- maktablarda bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimining Diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi A.Jumaboyev, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari S.Azimova, tuman bosh imom-xatibi Z.Qudratov ishtirok etdi. Suhbat davomida yoshlarning tarbiyasi, globallashuv davrida yot g‘oyalarga asoslangan ijtimoiy tarmoqdagi guruhlar, diniy-ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish bo‘yicha hayotiy misollar orqali ochiq-oydin fikr almashildi.

Bu kabi tadbirlar barcha ta’lim dargohlarida davom etadi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
#Suhbat

1-sonli kasb-hunar maktabida ayollarning  qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligi va tadbirkorlik koʻnikmasiini oshirish hamda teng huquqliligini taʼminlash boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda tuman hokimi oʻrinbosari,Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Z.Xilvatullayeva, FXDYO boʻlimi boshligʻi G.Abduvoxidova, IIB katta inspektori R.Yakubova, Tibbiyot birlashmasi shifokori D.Qodirova ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, ayollarning jamiyatda oʻz oʻrniga ega boʻlishi uchun  katta imkoniyat va imtiyozlar berilayotgani, taʼlim olishi, bandligini taʼminlash, salomatligini saqlash,  erta turmush qurish va erta tugʻruq, tazʼyiq va zoʻravonlikni oldini olish, gender tenglik masalalarida yaqqol aks etmoqda. Shuningdek, suhbatda  oilalar mustahqamligi, milliy anʼanalar va qadriyatlarimizni saqlash va targʻib etish masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Oʻquvchi qizlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi