PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
1.61K subscribers
30.3K photos
2.64K videos
77 files
11.9K links
Kun davomida eng sara va so'nggi yangiliklar tafsiloti bilan telegram kanalimizda tanishtirib boramiz.

Voqea va hodisaga guvoh bo‘ldingizmi, videolaringizni bizga yuboring: @piskent_tumani_yangiliklaribot
Download Telegram
January 12, 2021
January 25, 2021
February 2, 2021
February 8, 2021
February 15, 2021
June 25, 2021
January 12, 2022
October 5, 2022
#Investitsiya

Kichik sanoat zonasidagi korxonalar faoliyati o‘rganildi

Toshkent viloyati hokimi tomonidan sohalarda ishlarni samarali tashkil etish uchun haftaning ma’lum kunlari belgilangan edi. Bugun chorshanba - investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kunida tuman hokimining Investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Manayev Kultepa mahallasidagi kichik sanoat zonasida bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda KSZda pokistonlik tadbirkorlar tomonidan chiqindini qayta ishlovchi korxona qurilmoqda.
2022 yil 24 iyundagi Toshkent viloyati "Maxsus iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha" Ma’muriy kengashi yig‘ilishining 112-sonli bayoniga muvofiq "Berkut group 0007" xorijiy korxonasi uchun Kultepa KSZning bo‘sh turgan 5-lot 0,38 gektar (bino-inshoot 540 m.kv.), 8-lot 0,29 gektar (bino-inshoot 980 m.kv.) va 9-lot 0,3 gektar (bino-inshoot 1 285 m.kv.) yer maydonlari ajratilgan.
Mazkur loyiha 4,8 mlrd so‘mni tashkil etib, zamonaviy texnologiyalar asosida tekstil chiqindilarini qayta ishlash va tozalash orqali yaroqli paxta o‘rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqaradi.

Mahsulotni Pokiston hamda Eron davlatlariga eksportga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Buning natijasida 800-900 ming AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirish hamda 20 dan ortiq ish o‘rinlari yaratish mumkin.

Kanalga ulanish⤵️
https://t.iss.one/piskenthokimligi
October 5, 2022
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
October 19, 2022
November 23, 2022