Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktab (rasmiy)
752 subscribers
6.62K photos
866 videos
50 files
961 links
Peshku tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Telegram kanali
Murojaat uchun:
👉https://www.facebook.com/groups/916810355962248/?ref=share&mibextid=NSMWBT
👉https://t.iss.one/Peshku_PTMAbot
Download Telegram
#Peshku_tuman_IM
#O‘ZBEK_TILI_35 YIL

🔰Peshku tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktabr—O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan, “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim !” mavzusidagi madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

❇️Tadbirda, Maktab direktori J.Abdurashidov, MTIBDO‘ F.Jalilov ushbu ulug‘ kun 21-oktabr—O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan barchani tabrikladilar. Shuningdek, bayram dasturi davomida Ona tilimiz haqida she'rlar, o‘quvchilar tomonidan go‘zal raqslar barchani xushnud etdi. O‘quvchilar o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi hamda bugungi kunda ona tilimizga bo‘layotgan munosabat to‘g‘risida sahna ko‘rinishi namoyish etdilar. Tadbir so‘ngida maktab ma'muriyati tomonidan tanlov g‘oliblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Oʻzbek tili – ona tilimizning nufuzi, obro‘-eʼtibori yanada ziyoda boʻlsin!


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Facebook | Telegram