@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
178 subscribers
15K photos
1.16K videos
4 files
5.94K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#Live

Partiya Markaziy kengashining III Plenumi boshlandi

Plenumda dastlab partiyaning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumi tashviqotidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada partiya g‘oyalariga hamohang bo‘lgan o‘nlab normalar kiritilmoqda. Birgina partiya uchun eng ustuvor bo‘lgan masala – taʼlim-tarbiya va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshirilmoqda.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi nimada?

Loyihani ishlab chiqishda “Inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan. Shu jihatdan Bosh Qomusimiz tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘lmoqda.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, Referendumga chiqariladigan mavzu har doim ham Referendumgacha xalq bilan muhokama qilinmaydi. O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi ham shunda: yangi Konstitutsiya loyihasi xalqimiz bilan uzoq vaqt muhokama qilinganidan keyin Referendumga qo‘yilyapti.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Targ‘ibot rejasi belgilab olindi

Plenumda partiya faollari, barcha darajadagi deputatlar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda 30-aprelga mo‘ljallangan Referendum mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berishlari lozimligi taʼkidlandi.

Markaziy kengash xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlaridan iborat targ‘ibot guruhlari tashkil etilib, hududlarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Saylovoldi dasturning 213 ta bandi ijrosi taʼminlandi

Plenumda partiyaning 2022-yil yakunlari ham tanqidiy tahlil qilinib, 2023-yildagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi.

O‘tgan davrda partiya Saylovoldi dasturining 213 ta bandi ijrosi taʼminlandi.

“Deputat bilan yuzma-yuz”
loyihasi doirasida tushgan 11 324 ta murojaatning 8967 tasi ijobiy hal etildi. “Xizmat-beminnat” loyihasi bo‘yicha 1759 ta o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 2727 nafar xotin-qizlar bepul kasb-hunarga yo‘naltirildi. 5944 nafar yoshlar bepul o‘quv kurslariga jalb etildi. “Uyma-uy” loyihasi doirasida esa 40 727 ta xonadon xolidan xabar olinib, 11 334 ta ta muammoli masala aniqlandi. Natijada 3072 nafar xotin-qizlar, 2329 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Tadbir yakunida 2022-yilda xalq manfaati yo‘lida eng faol bo‘lgan mahalliy Kengash deputatlari taqdirlandi

🌐 MTDP | Telegram
#live

Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda

Fraksiya yig'ilishi kun tartibiga sakkizdan ortiq muhim masalalar bo'yicha qonun loyihalari kiritilgan bo'lib, fraksiya rahbari Alisher Qodirov dastlab yurtimizda nishonlangan O'qituvchi va murabbiylar kuni hamda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning xorijiy safarlarining ahamiyatiga to'xtaldi.

🌐 MTDP | Telegram
#live

Intellektual mulk ishonchli himoya qilinadi!

Fraksiya yig‘ilishida “Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonuni loyihasi muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda intellektual mulk bilan bog‘liq huquqbuzarliklar soni oshib boryapti. Xususan, 2020-yil 81 ta, 2021-yilda 887 ta, 2022-yilda esa 1209 tani tashkil etgan va ularning 31 foizi internetdan foydalanilgan holda sodir etilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddasiga axborot resursi egasining intellektual mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi shaxsiy javobgarligini oshirish nazarda tutilgan qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilmoqda.

🌐 MTDP | Telegram
#live

Saylovchi manfaati doimo birlamchi

Xabar qilinganidek, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining navbatdagi Plenumi bo'lib o'tmoqda. Unda partiya hamda fraksiyaning 2023-yil 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy ko‘rib chiqilyapti.

Yig‘ilishda partiyaning Saylovoldi dasturidan joy olgan vazifalar ijrosi, joylarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinyapti, galdagi vazifalar belgilanyapti. Xususan, partiya faoliyatini raqamlashtirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi rejalar muhokama qilinmoqda.

Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning taʼkidlashicha, erishilgan natijalar o‘z yo‘liga, asosiy maqsad saylovchini o‘ylantirayotgan hayotiy masalalarga yechim topishdir. Boshqacha aytganda barcha harakatlarimizda saylovchi manfaati doimo birlamchi bo‘lishi lozim.

🌐 MTDP | Telegram
#live

Fraksiya yig‘ilishi boshlandi

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishi avvalida deputatlar Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 9 oyida erishilgan iqtisodiy natijalar, yil yakunigacha kutilayotgan ko‘rsatkichlar va 2024-yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilinmoqda.

Taʼkidlanganidek, joriy yilning 9 oyida mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Jahon bozorlari va logistikadagi murakkabliklarga qaramay, eksport 23,5 foizga oshib, 17,7 milliard dollarni tashkil qildi.

🌐 MTDP | Telegram
#live

Xabar qilinganidek, partiya Markaziy kengashida “O‘zbekistonda xususiy taʼlim” mavzusida ekspertlar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tmoqda.

Ekspertlar dastlab xususiy taʼlimni kimdir oqlaydi, kimdir esa yo‘q, degan mazmunda savolga jabov qaytardi.

Hikmat Abdurahmonov: Bu masala rivojlangan davlatlarda ham hamon muhokama mavzusi bo‘lib kelmoqda. Albatta, birdan natija kutish noto‘g‘ri. Aksincha, shart-sharoit yaratib berishimiz kerak. Bu raqobatni yuzaga keltiradi.

Samandar Ismoilov: Agar mamlakatimizga xususiy taʼlim ertaroq kirib kelganida edi, bugun bunday savollar tug‘ilmagan bo‘lar edi. Menimcha, yaqin yillarda dunyoning eng yaxshi mingta universitetlari reytingiga ham O‘zbekistondan birinchi bo‘lib xususiy taʼlim muassasalari kiradi.

https://us02web.zoom.us/j/5721147795?pwd=ZmJCVDVMZzB1V3Q4cGpsbHFLNUF3QT09

🌐 MTDP | Telegram
#live

Bugun xususiy taʼlimda moddiy manfaatdorlik ustunmi yoki sifatli ta'lim?

Zafar Hoshimov:

- Biz doimo manfaat bilan yaxshilikni bir-biriga teskari qo‘ygimiz keladi. Bu to‘g‘ri qarash emas. Bugun xususiy taʼlimga pul tikish tezda manfaat keltirmaydi. Agar shu pulimizni boshqa narsaga tikkanimizda edi, tezda yaxshigina daromadga kirar edik. Maqsadimiz avvalo taʼlimni rivojlantirish. Lekin xususiy taʼlim biznes sifatida ham rivojlansa, banklar, moliya tashkilotlari, investorlar bu sohaga pul tikadi. Pul esa taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladi.

https://us02web.zoom.us/j/5721147795?pwd=ZmJCVDVMZzB1V3Q4cGpsbHFLNUF3QT09

🌐 MTDP | Telegram
#live

Hikmat Abdurahmonov:

- Xususiy taʼlimda foyda olish imkoniyati yoki sifatli bilim berish masalasi bu - taʼsischilarning strategiyasiga bog‘liq. Masalan, bizning asosiy maqsadimiz hozircha daromad topish emas. Topgan pulimizni rivojlantirishga sarflayapmiz. Yaʼni, strategiyamiz uzoq muddatli. Qisqa muddatda daromad olish rejamiz yo‘q. Agar siz strategiyani uzoq muddatli qo‘ysangiz, natijasi ham kutganingizdek bo‘ladi. Aksincha holatda natijalar qisqa bo‘ladi.

https://us02web.zoom.us/j/5721147795?pwd=ZmJCVDVMZzB1V3Q4cGpsbHFLNUF3QT09

🌐 MTDP | Telegram
#live

Xotin-qizlar maqomi yanada kuchaytirilmoqda

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan partiya fraksiyasining yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Ushbu qonun bilan Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan 40 foiziga oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

BMT hisob-kitobiga ko‘ra, u yoki bu davlatning deputatlik korpusida ayollar ulushi 20 foizdan ortiq bo‘lgandagina bolalar, 30 foizdan ko‘p bo‘lsa, xotin-qizlarning hayotiy manfaatlarini ko‘zlaydigan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. Chunki jamiyat rivoji, oila tinchligi, farzandlarimiz kelajagi bevosita ayollar bilan bog‘liq.

🌐 MTDP | Telegram
#Live
#Toshkent_viloyati

Ayni vaqtda Toshkent viloyati NNO a’zolari bo‘lgan "Oqila ayollar" xarakati yetakchi va mas’ul vakillari, eng faol tadbirkorlarimiz ishtirokida Respublika "Tadbirkor ayol" xalqaro Ishbilarmon ayollar assosiatsiyasining "O‘zbekiston ayollar biznesi vazifalari, rivojlantirish omillari, tadbirkor ayollarning  eksport salohiyatini oshirish istiqbollari" mavzusidagi davra suhbatida bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati,fermer Gavhar Rizayeva ham faol ishtirok etmoqda.


♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram l FacebooklInstagram
#Live
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon
#Yashil_makon

Nurafshon shahrida o‘tkazilayotgan ''Yashil makon'' umummilliy loyihasi doirasida "Shahrimiz ko'kalamzorligi va obodligiga mening hissam"  shiori ostida O‘zMTDP Toshkent viloyati kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Maxmud Nazarov va Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashi deputati Doniyor Usmonovlar ham faol ishtirok etmoqdalar.


♻️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram l FacebooklInstagram
🙏 #live

Talabalar quyosh panellari ishlab chiqarmoqda

Partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov boshchiligida mahalliy Kengash deputatlari Jizzax politexnika instituti qoshida ochilgan muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Qariyb 10 mlrd so‘m mablag‘ hisobiga bunyod etilgan Markazda quyosh panellari ishlab chiqarilib, asosan Jizzax viloyati aholisi, korxona va tashkilotlariga sotilmoqda.

Eng asosiysi, markazda 27 nafar talabaning bandligi taʼminlangan. Talabalar amaliyotini ham shu yerda o‘taydi.

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM