@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
178 subscribers
16K photos
1.27K videos
4 files
6.38K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
April 23, 2022
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
April 25, 2022
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
April 25, 2022
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
April 25, 2022
📌 Biz buyuk Davlat quruvchilar avlodlarimiz

#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#Turizm
#Ziyorat

APREL – “Turizmni targ‘ib etish va rivojlantirish
oyligi”

♻️ Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmogʼi sifatidagi oʼrnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imidjini turizm va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini dunyoga targʼib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizmi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish – bizning eng asosiy maqsadimiz hisoblanadi.

🔰 Shu munosabat bilan joriy yilning 23-24 aprel kunlari Xalq deputatlari Nurafshan shahar Kengashi deputati А.Isakov tashabbusi bilan “Yoshlar qanoti” faollari uchun ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy, ulugʼ ota-bobolarimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishlari maqsadida buyuklar makoni boʼlgan azim Samarqand shahriga «Biz buyuk Davlat quruvchilar avlodlarimiz" loyihasi doirasidagi sayohatga yoʼl olindi. Sayohatga 70 nafarga yaqin ishtirokchi yoshlar jalb etilgan.

💫 Ikki kunlik sayohat davomida Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, Goʼri Аmir, Shohi-zinda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasiga ziyorat tashkil etiladi, shuningdek, ulugʼ muhaddis imom al-Buxoriy, falakiyot ilmi sultoni Mirzo Ulugʼbek rasadxonasida diniy va dunyoviy ilm namoyandalarining bizga qoldirgan boy maʼnaviy meroslari bilan yaqindan tanishiladi.

🔔 Maqsad esa aniq – yoshlarimizni jipslashtirish, farzandlarimiz ota-bobolari kim ekanligini, ular kimlarning avlodi ekanligini yana bir namoyon etish, Prezidentimizning har bir maʼruzasi, har bir loyihalarida yoshlarga berilayotgan eʼtiborning ustuvorligini, milliy qadriyatlarimizning bebaho maʼnaviy ahamiyatini ularning ongi va qalbiga chuqur singdirish. Аlbatta, ana shunday ajdodlarga munosib avlod boʼlib kamolga yetish, bugungi yuksak darajadagi eʼtiborga loyiq, kelajagimizning dunyo miqyosidagi oʼrnini yanada yuqori pogʼonalarga koʼtaradigan raqobatbardosh mutaxassis, ilm va fan namoyandalari sifatida maydonga kelish bu –yoshlarimizning sharafli masʼuliyatidir.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
April 25, 2022
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
April 25, 2022
April 25, 2022
📌 Unutmoq osonmas ularni

#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar
#Ijodiy_uchrashuv
#Ayollar_qanoti

🔰 Bugun OʼzMTDP Chirchiq Kengashi tomonidan 25-umumtaʼlim maktabi binosida Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʼishlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda OʼzMTDPdan saylangan deputatlar, Chirchiq Davlat Pedagogika instituti maʼmuriyati, 25-umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati? "Ayollar qanoti" faollari hamda OАV vakillari ishtirok etdilar.

♻️ Tadbirda soʼzga chiqqanlar Muhammad Yusuf oʼzbek xalqining dardiga, quvonchiga sherik boʼla olgan ijodkorligi, oʼzining qisqa umri davomida “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Koʼnglimda bir yor”, “Bevafo koʼr ekan”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman”, “Kumush”, “Kokilingni kim kesdi”, “Turkman qiz”, “Yur, muhabbat ketdik bu yerdan”, “Yolgʼonchi yor” singari sheʼriy toʼplamlar muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurganligi, shoirning Vatan, muhabbat, vafo, tarix, taqdirlar haqida kuylagan sheʼrlarida hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turishi, uning sheʼrlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq ogʼzaki ijodiga hamohangligi bilan ham sevib oʼqilayotganligi haqida oʼz fikr mulohazalarini bildirdilar.

🔰 Tadbir doirasida shoirning hayoti va faoliyatiga oid chiqishlar, sahna koʼrinishlari hamda foto va kitoblar koʼrgazmasi ham uyushtirildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
April 25, 2022