@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
178 subscribers
15K photos
1.18K videos
4 files
5.97K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
“1 ming dollarlik xizmatlar paketi”

Toshkent shahrida xorijiy turistlarni kamida 3 kun olib qolish va “1 ming dollarlik xizmatlar paketi”ni taqdim qilish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Bu orqali poytaxtda qo‘shimcha 1 million sayyohni jalb qilish imkoniyati bor.

Toshkent shahri hokimiga poytaxtda:

- yil davomida ishlaydigan zamonaviy akvapark, attraksion, safari gullar, chiroqlar va boshqa mavzuli parklar;

- tunu kun ishlaydigan kamida 5 ta gastronomik va savdo ko‘chalari;

- restoran va mehmonxonalar, jamoat joylarida jonli ijro konsertlarini yo‘lga qo‘yish;

- ochiq osmonda shou (dorbozlik, musiqa va raqs dasturlari) va festivallar (gullar, gastronomik, muzqaymoq, opera) tashkil etish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berildi.

Prezident joriy yilda ichki turizm oqimini kamida 10 millionga yetkazishi shartligini taʼkidladi.

Buning uchun tuman, shahar hokimlari oldiga turizm salohiyati yuqori 28 ta tuman va shahar, 135 ta mahalla imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish, infratuzilma muammolarini hal qilib berish vazifasi qo‘yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Turizm qishloqlari uchun qo‘shimcha imtiyozlar

1 iyuldan boshlab
:

- turizm qishloqlarida mehmon uylari, ovqatlanish va savdo shoxobchalari, ko‘ngilochar joylar tashkil etgan tadbirkorlar 3 yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, mol-mulk, yer, suv soliqlarini hisoblangan summadan bor yo‘g‘i 1 foizini to‘laydi;

- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ushbu qishloqlarda mehmon uylari tashkil etishga 50 million so‘mgacha, o‘tov lagerlari va eko-uylar majmuasiga 300 million so‘mgacha, chodirli lagerlar qurishga 300 million so‘mgacha kreditlar beriladi.

Misol uchun, Chiroqchidagi Tarag‘ay va Langar qishloqlari aholisi kamida 100 tadan mehmon uylari tashkil etish tashabbusini bildirgan;

- har yili turizm qishloqlarining 200 nafar yoshlari byudjet hisobidan turizm texnikumlarida bepul o‘qitiladi.

135 ta ixtisoslashgan mahallada 2,5 mingta loyiha
uchun joriy yilda 250 milliard so‘m va 50 million dollar ajratiladi.

Mehmon uylari tashkil etish uchun 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Turizm va Madaniyat vazirliklariga topshiriqlar berildi

Turizm vazirligiga
xorijiy turistlarga ko‘maklashuvchi saytlar, mobil ilovalar yaratish bo‘yicha tanlov eʼlon qilib, eng yaxshilariga grant ajratish topshirildi.

186 ta xalqaro va mahalliy festivallar tashkil etish orqali joriy yilda kamida qo‘shimcha 1 million xorijiy va 5 million nafar ichki turistlarni jalb qilish mumkin.

Shu bois, Turizm vazirligiga:

- Namanganda - Xalqaro gullar; - Farg‘onada - Turkiy xalqlar yoshlari; - Surxondaryoda - “Boysun bahori”; - Xorazmda - Lazgi; - Qoraqalpog‘istonda - “Stixiya” elektron musiqa; - Toshkent shahrida - “Gastro Bazar” va Toshkent xalqaro kino festivallarini yuqori saviyada tashkil etish topshirildi.

Madaniyat vazirligiga:

- iyunda Toshkent shahrida qo‘g‘irchoq teatri, Gulistonda milliy cholg‘u festivali, Toshkent viloyatida xalqaro etnofestival;

- may-iyunda Andijon va Sirdaryoda Botir Zokirov milliy estrada simfonik orkestri, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘istonda Akademik xalq cholg‘ulari orkestri, Namangan va Farg‘onada “Navro‘z” ashula va raqs ansambllari konsertlarini tashkil etish topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar

“Joriy yilda Navro‘z bayrami munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangani, 250 ta mehmonxona va muzeylar aholiga chegirma bergani, ziyorat obyektlari bepul qilingani ichki turizm uchun katta turtki berdi.

Bu orqali Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar bordi.

Kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholimizga yana 5 kunlik dam olish beriladi.

Bu hududlarda ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyat.

Endi ushbu ishlarni faqat bayramlar arafasida emas, balki yil davomida tizimli ravishda tashkil etish bo‘yicha yangi tartibni joriy etamiz”, dedi Prezident.

Jumladan, 2022-yildan boshlab barcha davlat tashkilotlari xodimlari uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.Bundan tashqari, 1 sentyabrdan boshlab, yurtimiz bo‘ylab sayohat qilayotgan fuqarolarga:

- avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari narxining 15 foizini (aviatransportga 200 ming so‘mgacha, temir yo‘l va avtobusga 100 ming so‘mgacha);

- mehmonxona xarajatining 20 foizini (bir kecha uchun – 80 ming so‘mgacha);

- muzey va boshqa madaniyat obyektlariga chipta narxining 50 foizini (bitta obyekt uchun – 20 ming so‘mgacha) qaytarish tizimi joriy etiladi.

Bayram kunlari va festivallarda aholining faol sayohat qilishiga qulay sharoit yaratish uchun qo‘shimcha avia, temir yo‘l va avtobus qatnovini tashkil etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Bunda chiptalarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi

Yig‘ilishda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilinmoqda.

O‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani qayd etildi.

Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgani aniqlangan. “Ichan-Qalʼa” davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi maʼlum bo‘ldi.

Umuman, 30 yilda madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan.

Shu bois, Bosh prokuror va turizm vaziri boshchiligidagi komissiyaga:

- barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, yil yakuniga qadar ularning elektron bazasini yaratish;

- muzeylar rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholab, lavozimiga noloyiq rahbarlar o‘rniga bilimli, halol va tadbirkor yoshlarni qo‘yish topshirildi.

“Bundan buyon muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi”, – dedi Prezident.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Xususiy muzeylar ochish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqiladi

Turizm va madaniy meros vazirligiga
ikki oy muddatda yangi muzeylar tashkil etish, xususiy muzeylar barpo etishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

Bu maqsadlarga 50 million dollar jalb qilinadi.

Shuningdek, Turizm vazirligi viloyat hokimlari bilan birga:

- 4,5 mingdan ortiq arxeologiya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirish;

- muzeylardagi noyob 2,5 ming eksponatni tanlab olib, ularning nusxasini tayyorlash va sotishni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘radi.

Shu bilan birga, “Muzeyda tun” kabi 187 ta yirik madaniy-ko‘ngilochar, konsert-tomosha tadbirlari va usta-hunarmandlarning mahorat darsini o‘tkazish imkoniyatlari bor.

Buning uchun, muzeylarni har kuni soat 22-00 gacha ishlashiga ruxsat berish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Aviaqatnovlar bo‘yicha qator vazifalar belgilandi

Yig‘ilishda xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan:

- 1-iyuldan “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi;

- yil yakunigacha mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga 48 tadan 60 taga, tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 6 taga yetkaziladi;

- 1-oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi “Silk avia” aviakompaniyasi tashkil etiladi;

- aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).

Turizm va Transport vazirliklariga bir oy muddatda turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash konsepsiyasini taqdimot qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
"MILLIY TIKLANISH" gazetasining 2022-yil 27-aprel sonida:

❇️
Turizmni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi

❇️ Nima uchun investitsiyaviy talablar kuchaytirilmoqda?

❇️ Sharof Rashidov Samarqandga qaytdi

❇️ Biz sharqqa mansubmiz!

❇️ Farzandlarim o‘zbekcha tarbiya olishini xohlayman!

❇️ Endi maktabda yashamagan hokim yutqazadi

❇️ Navqiron oqsoqol yoxud keksalikni haydab yuborgan yoshulli haqida

❇️ Tashqi qarzning asosiy foizi davlat byudjetidan qoplanmaydi

Web ilovada o‘qish

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Ayni paytda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmuni hamda 2022 yil 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda axborot xavfsizligini taʼminlash va axborot texnologiyalarini rivojlantirish borasida ko‘tarilgan ustuvor vazifalar” mavzusidagi davra suhbati boshlandi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, partiyaning hududiy kengash vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari, “Ayollar va Yoshlar qanot”lari hamda Yoshlar parlamenti aʼzolari ishtirok etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Tahdidlar nima uchun kuchaymoqda?

Davra suhbatini partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjanova ochib, bugun mamlakat taraqqiyotini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmasligini taʼkidladi.

– Afsuski, axborot texnologiyalari rivojlangani sari u bilan bog‘liq tahdidlar ham kuchaymoqda. Bu soha qonun bilan tartibga solinmas ekan, tahdidlarning oldini olish borasidagi barcha saʼy-harakatlarimiz besamar yakunlanaveradi. Shu bois, 15 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni imzolandi, – dedi F.Muhammadjanova.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Qonun bilan kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Maniyazov 40 ta moddadan iborat «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonuni haqida gapirib, qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlar tartibga solinayotganini, bu borada vakolatli organ va uning huquq va majburiyatlari belgilanayotganini qayd etdi.

B.Maniyazovning taʼkidlashicha, ushbu qonun kiberxavfsizlik sohasida yuzaga kelayotgan barcha muammolarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Eng muhimi, qonun asosida Milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish va yana-da rivojlantirishning samarali huquqiy bazasi yaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Kiberxavfsizlikni taʼminlash faqat davlat idoralarining ishi emas

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Umida RAHMONOVA:

– Kiberxavfsizlikni taʼminlash masalasiga faqat tegishli davlat idoralari emas, balki bugun axborot texnologiyalari bilan ishlaydigan, kompyuter yoki uyali aloqa vositalariga ega bo‘lgan har bir fuqaro jiddiy eʼtibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yo‘nalishda qabul qilinayotgan meʼyorlar, tartib va talablarga rioya etishimiz va joriy etilayotgan yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib turishimiz lozim. Eng asosiysi, barchamizda axborotni saralash madaniyati shakllanishi kerak.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

O‘zbekiston kiberxavfsizlik bo‘yicha 56-o‘rinni egallagan

Maʼlumotlarga qaraganda, kiberjinoyatchilik bir yilda dunyo iqtisodiyotiga o‘rtacha 26 mlrd AQSH dollari miqdorida zarar yetkazmoqda. Bugun internetdan foydalanuvchilar soni 3,5 mlrd dan oshgani, shuningdek, 20 mlrd ga yaqin qurilmalar internetga ulangan holda ishlayotgani, yaqin besh yilda bu ko‘rsatkichning ikki barobarga oshishini eʼtiborga olsak, bu muammoning qanchalik jiddiyligini ko‘rsatadi.

Yaqinda Buyuk Britaniyaning “Comparitech” tadqiqot kompaniyasi tomonidan kiberxavfsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan 60 ta davlat reytingi eʼlon qilindi. Yaponiya yetakchi bo‘lgan ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 56-o‘rinni egallagan.

Reytingni tuzishda zararlangan mobil qurilma va kompyuterlar ulushi, hakkerlik hujumlari soni va hujumlarga tayyorlanganlik, tegishli qonunchilik mavjudligi kabi asoslar eʼtiborga olinganini alohida taʼkidlash joiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turizmni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Қишлоқ хўжалигида лойиҳаларни амалга ошириш ҳамда таълим сифатини яхшилаш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказилди.
Қишлоқ хўжалиги вазирлигига лойиҳаларни ўзи ишга тушириб, лизинг асосида сотиш ваколати юклатилди.
Давлатимиз раҳбари соҳада хизматларни ривожлантириш, экинлар ҳисоби ва сув сарфини онлайн мониторинг қилиш бўйича кўрсатмалар берди.
Аграр соҳада таълим сифатини яхшилаш, ўрта бўғин мутахассисларини тайёрлаш чоралари белгиланди.

Состоялось совещание по вопросам реализации проектов и повышения качества образования в аграрной сфере.
Министерство сельского хозяйства наделено полномочием по самостоятельному запуску проектов и реализации их на условиях лизинга.
Глава государства дал ряд указаний касательно развития аграрных услуг, ведения учета посевов и онлайн-мониторинга расхода воды.
Определены меры по улучшению аграрного образования, подготовке специалистов среднего звена.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #talim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter