@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
180 subscribers
15.4K photos
1.22K videos
4 files
6.14K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi va deputatlar dastlab “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 473-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama qilishga kirishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga imtiyoz berilmoqda

Ushbu qonun loyihasi bilan maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga imtiyozlar berilmoqda? Jumladan, 3 миллиондан 5 million AQSH dollarigacha miqdorda – 3 yil, 15 million AQSH dollarigacha miqdorda – 5 yil va undan ko‘p miqdorda investitsiya kiritsa, 10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod etiladi.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan tadbirkorlarga tejalgan mablag‘lar hisobidan yangi korxonalar tashkil etish, texnik va texnologik qayta jihozlash, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Ayrim hududlar tadbirkorlarga imtiyoz berilmoqda

Fraksiya yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ham muhokama qilindi.

Fraksiya aʼzosi Jahongir Abdurasulov ushbu qonun loyihasi bo‘yicha so‘zga chiqib, qonun bilan ayrim hududlar, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarga ayrim soliq to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
📌 Biz buyuk Davlat quruvchilar avlodlarimiz

#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#Turizm
#Ziyorat

APREL – “Turizmni targ‘ib etish va rivojlantirish
oyligi”

♻️ Turizm sohasining milliy iqtisodiyotning strategik tarmogʼi sifatidagi oʼrnini kuchaytirish, mamlakatning ijobiy imidjini turizm va investitsiya salohiyati, tarixi va madaniyatini dunyoga targʼib qilish orqali oshirish, yurtimizni turizmi rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish – bizning eng asosiy maqsadimiz hisoblanadi.

🔰 Shu munosabat bilan joriy yilning 23-24 aprel kunlari Xalq deputatlari Nurafshan shahar Kengashi deputati А.Isakov tashabbusi bilan “Yoshlar qanoti” faollari uchun ichki turizmni rivojlantirish hamda qadimiy, ulugʼ ota-bobolarimizning muqaddas qadamjolarini ziyorat qilishlari maqsadida buyuklar makoni boʼlgan azim Samarqand shahriga «Biz buyuk Davlat quruvchilar avlodlarimiz" loyihasi doirasidagi sayohatga yoʼl olindi. Sayohatga 70 nafarga yaqin ishtirokchi yoshlar jalb etilgan.

💫 Ikki kunlik sayohat davomida Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, Goʼri Аmir, Shohi-zinda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasiga ziyorat tashkil etiladi, shuningdek, ulugʼ muhaddis imom al-Buxoriy, falakiyot ilmi sultoni Mirzo Ulugʼbek rasadxonasida diniy va dunyoviy ilm namoyandalarining bizga qoldirgan boy maʼnaviy meroslari bilan yaqindan tanishiladi.

🔔 Maqsad esa aniq – yoshlarimizni jipslashtirish, farzandlarimiz ota-bobolari kim ekanligini, ular kimlarning avlodi ekanligini yana bir namoyon etish, Prezidentimizning har bir maʼruzasi, har bir loyihalarida yoshlarga berilayotgan eʼtiborning ustuvorligini, milliy qadriyatlarimizning bebaho maʼnaviy ahamiyatini ularning ongi va qalbiga chuqur singdirish. Аlbatta, ana shunday ajdodlarga munosib avlod boʼlib kamolga yetish, bugungi yuksak darajadagi eʼtiborga loyiq, kelajagimizning dunyo miqyosidagi oʼrnini yanada yuqori pogʼonalarga koʼtaradigan raqobatbardosh mutaxassis, ilm va fan namoyandalari sifatida maydonga kelish bu –yoshlarimizning sharafli masʼuliyatidir.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
Forwarded from "MILLIY TIKLANISH" PARTIYASI (RASMIY SAHIFA)
#Live

Yer uchastkalarini olib qo‘yish tartibga solinmoqda

“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu qonun loyihasi bilan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishning aniq tartib-taomillari va mexanizmi belgilanmoqda. Chunki ushbu masala lozim darajada huquqiy tartibga solinmagani bois, aksariyat hollarda aholi orasida noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
🎁BUGUN TUGʼILGАN KUN!🎁

#Toshkent_viloyati
#Parkent_tumani
#Tavallud_kun

23 aprel kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashiga 43-“Zarkent” saylov okrugidan saylangan deputat, Oʼzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Parkent tumani Kengashi raisi Rizayeva Gavhar Nig’monovnaning tavallud ayyomi.👏👏👏

Fursatdan foydalanib, Gavhar Nig’monovnani ushbu sana bilan chin qalbdan tabriklab, qadrdon insonimizga uzoq va sermazmun hayot, mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, kasbiy faolitiyatlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz.🎉🎉🎉🌹🌹🌹

Hurmatli Gavhar Nig’monovna, goʼzallik, latofat, samimiylik, yuzingizdagi tabassum sizni hech qachon tark etmasin. 🌺🌺🌺

Sizdagi faollik, tashabbuskorlik, elparvarlik va har bir ishga masʼuliyat bilan sitqidildan yondoshish kabi xislatlarni doim yuqori baholaymiz!🎗🏵🎗

🔸OʼzMTDP Toshkent viloyati Kengashi jamoasi.🔸
📌 Unutmoq osonmas ularni

#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar
#Ijodiy_uchrashuv
#Ayollar_qanoti

🔰 Bugun OʼzMTDP Chirchiq Kengashi tomonidan 25-umumtaʼlim maktabi binosida Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʼishlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda OʼzMTDPdan saylangan deputatlar, Chirchiq Davlat Pedagogika instituti maʼmuriyati, 25-umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati? "Ayollar qanoti" faollari hamda OАV vakillari ishtirok etdilar.

♻️ Tadbirda soʼzga chiqqanlar Muhammad Yusuf oʼzbek xalqining dardiga, quvonchiga sherik boʼla olgan ijodkorligi, oʼzining qisqa umri davomida “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Koʼnglimda bir yor”, “Bevafo koʼr ekan”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman”, “Kumush”, “Kokilingni kim kesdi”, “Turkman qiz”, “Yur, muhabbat ketdik bu yerdan”, “Yolgʼonchi yor” singari sheʼriy toʼplamlar muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurganligi, shoirning Vatan, muhabbat, vafo, tarix, taqdirlar haqida kuylagan sheʼrlarida hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turishi, uning sheʼrlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq ogʼzaki ijodiga hamohangligi bilan ham sevib oʼqilayotganligi haqida oʼz fikr mulohazalarini bildirdilar.

🔰 Tadbir doirasida shoirning hayoti va faoliyatiga oid chiqishlar, sahna koʼrinishlari hamda foto va kitoblar koʼrgazmasi ham uyushtirildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati