@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
177 subscribers
15K photos
1.17K videos
4 files
5.94K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#live

❗️Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʼzgartirishlar:

✳️ Moddalar amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar 275 tadan 434 taga koʼpaymoqda;

✳️ Аsosiy qonunning 65 foiz matni xalq takliflari asosida yangilandi;

✳️ Inson huquq va erkinliklariga oid qoidalar uch yarim baravarga koʼpaymoqda;

✳️ Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatniki esa, 14 tadan 18 taga oshmoqda.

🌐 MTDP | Telegram
#live

❗️ Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:

✳️ Qonunlarda saylash huquqi cheklangan shaxslar ro‘yxati bo‘lmaydi;

✳️ Senatorlar soni amaldagi 100 tadan 65 taga o‘zgarmoqda;

✳️ Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatiga o‘tkazilmoqda;

✳️ Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining Bosh vazir nomzodini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki ta’minlanadi.

🌐 MTDP | Telegram
#live

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum sanasini 2023-yil 30-aprel deb belgilash to‘g‘risidagi masala deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Partiya Markaziy kengashining III Plenumi boshlandi

Plenumda dastlab partiyaning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Referendumi tashviqotidagi ishtiroki masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Taʼkidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiyada partiya g‘oyalariga hamohang bo‘lgan o‘nlab normalar kiritilmoqda. Birgina partiya uchun eng ustuvor bo‘lgan masala – taʼlim-tarbiya va ilm-fanga oid normalar qariyb 2 barobarga oshirilmoqda.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi nimada?

Loyihani ishlab chiqishda “Inson manfaati har narsadan ustun” degan mezon asos qilib olingan. Shu jihatdan Bosh Qomusimiz tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi bo‘lmoqda.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, Referendumga chiqariladigan mavzu har doim ham Referendumgacha xalq bilan muhokama qilinmaydi. O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlarning o‘ziga xosligi ham shunda: yangi Konstitutsiya loyihasi xalqimiz bilan uzoq vaqt muhokama qilinganidan keyin Referendumga qo‘yilyapti.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Targ‘ibot rejasi belgilab olindi

Plenumda partiya faollari, barcha darajadagi deputatlar joylarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda 30-aprelga mo‘ljallangan Referendum mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumotlar berishlari lozimligi taʼkidlandi.

Markaziy kengash xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengash deputatlaridan iborat targ‘ibot guruhlari tashkil etilib, hududlarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Saylovoldi dasturning 213 ta bandi ijrosi taʼminlandi

Plenumda partiyaning 2022-yil yakunlari ham tanqidiy tahlil qilinib, 2023-yildagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi.

O‘tgan davrda partiya Saylovoldi dasturining 213 ta bandi ijrosi taʼminlandi.

“Deputat bilan yuzma-yuz”
loyihasi doirasida tushgan 11 324 ta murojaatning 8967 tasi ijobiy hal etildi. “Xizmat-beminnat” loyihasi bo‘yicha 1759 ta o‘quv kurslari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 2727 nafar xotin-qizlar bepul kasb-hunarga yo‘naltirildi. 5944 nafar yoshlar bepul o‘quv kurslariga jalb etildi. “Uyma-uy” loyihasi doirasida esa 40 727 ta xonadon xolidan xabar olinib, 11 334 ta ta muammoli masala aniqlandi. Natijada 3072 nafar xotin-qizlar, 2329 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.

🌐 MTDP | Telegram
#Live

Tadbir yakunida 2022-yilda xalq manfaati yo‘lida eng faol bo‘lgan mahalliy Kengash deputatlari taqdirlandi

🌐 MTDP | Telegram
#live

Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tmoqda

Fraksiya yig'ilishi kun tartibiga sakkizdan ortiq muhim masalalar bo'yicha qonun loyihalari kiritilgan bo'lib, fraksiya rahbari Alisher Qodirov dastlab yurtimizda nishonlangan O'qituvchi va murabbiylar kuni hamda Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning xorijiy safarlarining ahamiyatiga to'xtaldi.

🌐 MTDP | Telegram