@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
178 subscribers
15K photos
1.17K videos
4 files
5.96K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
📌 Unutmoq osonmas ularni

#Toshkent_viloyati
#Chirchiq_shahar
#Ijodiy_uchrashuv
#Ayollar_qanoti

🔰 Bugun OʼzMTDP Chirchiq Kengashi tomonidan 25-umumtaʼlim maktabi binosida Oʼzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʼishlangan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda OʼzMTDPdan saylangan deputatlar, Chirchiq Davlat Pedagogika instituti maʼmuriyati, 25-umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati? "Ayollar qanoti" faollari hamda OАV vakillari ishtirok etdilar.

♻️ Tadbirda soʼzga chiqqanlar Muhammad Yusuf oʼzbek xalqining dardiga, quvonchiga sherik boʼla olgan ijodkorligi, oʼzining qisqa umri davomida “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Koʼnglimda bir yor”, “Bevafo koʼr ekan”, “Erka kiyik”, “Osmonimga olib ketaman”, “Kumush”, “Kokilingni kim kesdi”, “Turkman qiz”, “Yur, muhabbat ketdik bu yerdan”, “Yolgʼonchi yor” singari sheʼriy toʼplamlar muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurganligi, shoirning Vatan, muhabbat, vafo, tarix, taqdirlar haqida kuylagan sheʼrlarida hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turishi, uning sheʼrlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq ogʼzaki ijodiga hamohangligi bilan ham sevib oʼqilayotganligi haqida oʼz fikr mulohazalarini bildirdilar.

🔰 Tadbir doirasida shoirning hayoti va faoliyatiga oid chiqishlar, sahna koʼrinishlari hamda foto va kitoblar koʼrgazmasi ham uyushtirildi.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
📌 "XIZMАT-BEMINNАT" LOYIHАSI АMАLDА

#Toshkent_viloyati
#Bekobod_shahar
#Xizmat_beminnat
#Yoshlar_qanoti

🔔 Аlbatta, barcha ota-onalar farzandlarining taʼlim olib yoki biron hunarni qunt bilan oʼrganib, ertaga Yurtga, jamiyatga foydasi tegadigan yetuk mutaxassis boʼlib yetishishini xohlaydi. Buning uchun esa baʼzan maʼlum miqdorda mablagʼ talab qilinadi. Аmmo besh qoʼl barobar emas deganlaridek, hammaning ham moliyaviy imkoniyati birdek emas.

Oʼzbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan Oliy va oʼrta maxsus, Xalq taʼlimi vazirliklari, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Nuroniy» jamgʼarmasi hamkorligida amalga tatbiq etilgan «Xizmat — beminnat» oʼquv kurslari loyihasi ota-onalarga yoshlarni kasb-hunarga oʼrgatish, qoʼshimcha bilim berish, bandligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega boʼlmoqda.

♻️ Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashiga OʼzMTDPdan 1-“Navroʼz” saylov okrugi deputati Valijon Roʼzmatov tashabbusi bilan Sport gimnastikasi, armlesting sport turlari boʼyicha bepul togaraklar tashkil etildi. To’garakda yoshlarga deputat tomonidan sport turlari keng-koʼlamda qunt bilan oʼrgatilib borilmoqda. Toʼgarakda bugungi kunda 15 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etmoqda.

👇Taklif va mulohazalar uchun👇

@Uzmtdp_Tosh_vil
https://t.iss.one/Partiyaviloyatkengashi
https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
https://instagram.com/milliytiklanish_toshvil

✍️O'zMTDP Toshkent viloyati Kengashi Axborot xizmati
Turizm industriyasi tiklanishni boshladi

Prezident raisligida turizm xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Dunyoda pandemiya cheklovlari yumshayotgani natijasida turizm industriyasi tiklanishni boshlayotgani qayd etildi.

Joriy yil birinchi choragida yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar ko‘p turistlar keldi. May oyida hamkor davlatlardan sayyohlarning 20 foizi mamlakatimizga kelishi kutilmoqda (ilgari bu raqam 2-3 foiz bo‘lgan).

“Lekin, har bir hokim hududimda tarixiy obidalar yoki manzarali joylar ko‘p, deb xotirjamlikka berilmasligi kerak.

Mehmonxona, muzey, transport va yo‘llar, servis, ovqatlanish joylari kelayotgan turistlarni qabul qilishga tayyormi? Buning uchun qaysi hokim tayyorgarlik qildi?”, deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Prezident yurtimiz turizm salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab o‘tdi. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryoda mavjud mehmonxona o‘rinlari talabga nisbatan ancha kam.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Prezident: bor imkoniyatlardan foydalanilmayapti

So‘nggi yillarda Mo‘ynoq, Nukus, Shahrisabz, Marg‘ilon, Qo‘qon, Rishton kabi yangi yo‘nalishlar ochildi. Lekin Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari hali bor imkoniyatlardan foydalanayotgani yo‘q.

Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan boshqa hududlarda yoshlarga mos turistik xizmatlar juda kam.

“Oilaviy” va “barchasi ichida” xizmatlarini joriy qilish ishlari sust. Cho‘milish havzasi 1,2 mingdan ziyod mehmonxonaning faqat 30 foizida bor.

Hududlarimizdagi 206 ta termal va mineral suvli buloqlarning bugungi kunda 18 tasidan foydalanilmoqda. Misol uchun, Qamchiq dovonida (Ohangaron tumani) 2,5-3 ming metr balandlikda joylashgan Arashan ko‘llar tizimidagi suv harorati qishin-yozin 36 gradus issiqlikda bo‘lib, xorijiy kurortlardan qolishmaydi.

Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pirda ham yer ostidan 40-70 gradus issiqlikda chiqadigan termal buloqlar hududida sanatoriya-kurortlar tashkil qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lsada, tegishli hududlar hokimlari tashabbus ko‘rsatmayotgani tanqid qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
O‘rinbosarlarga 3 oy sinov muddati belgilandi

Yig‘ilishda yurtimizda mavjud 122 ta muzey salohiyatidan ham foydalanilmayotgani taʼkidlandi.

Muzeylarda 2,5 mln dan ortiq ashyo saqlanib, 112 mingtasi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida noyob hisoblanadi.

“Lekin qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘q. Misol uchun, Saviskiy, Termiz arxeologiya, O‘zbekiston davlat sanʼat muzeylariga butun dunyodan odamlar keladi, lekin aholimizni bu madaniyat maskanlariga borishi tizimli tashkil etilmayapti.

Shu bois, bugun Abduhakimovga yangi o‘rinbosarlar – Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev, Botir Shaxriyorovni tayinladim. Har bir viloyat hokimiga ham turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar berilgan. Bunday imkoniyat qachon bo‘lgan?

Bu borada Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Farg‘onada turizm bo‘yicha o‘rinbosarlar yaxshi ishlayapti. Qolgan hudud masʼullari hali “uyg‘ongani” yo‘q", – dedi Prezident.

Shu 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati belgilash, yakuni bo‘yicha lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Turizm bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Turizm vaziri, uning yangi tayinlangan o‘rinbosarlari, viloyat hokimlari va turizm bo‘yicha muovinlari oldidagi eng ustuvor vazifalardan biri – turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash ekani taʼkidlandi va turizm, unga turdosh sohalarda kamida 200 mingta yangi ish o‘rinlari yaratish vazifasi qo‘yildi.

Buning uchun yil yakuniga qadar har bir viloyatda turistlar uchun jozibador bo‘lgan kamida 20 million dollarlik 1 tadan yirik loyihani boshlash zarur. Misol uchun, Namanganda ishga tushirilgan “Afsonalar vodiysi”, Bo‘stonliqda “Amirsoy majmuasi”da ham bolalar uchun, ham kattalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kuniga minglab xorijiy va mahalliy turistlar kelmoqda.

Bunday yirik loyihalarni qo‘shni davlatlar uchun qulay bo‘lgan Andijon, Toshkent viloyati, Qashqadaryo va Xorazmda barpo etish uchun barcha imkoniyatlar yetarli.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Salohiyati ishga solinmagan manzillar

Yig‘ilishda mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo‘lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar ko‘pligi taʼkidlandi.

Masalan, Boysundagi dunyoda eng chuqur g‘orlardan hisoblangan Boybuloq (Osiyoda eng chuqur, 1 ming 415 metr), yonidagi Vishnevskiy (715 metr), Neandartal odam qoldig‘i topilgan Teshiktosh g‘orlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qalʼasi butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Bu yerda mehmonxona, kemping, tog‘ sporti, dor yo‘li, turistlar uylari kabi obyektlarni tashkil etish orqali 500 ming sayyohni bemalol jalb qilish mumkinligi taʼkidlandi.

Bunday imkoniyatlar Bo‘stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo‘rg‘ondagi Nanay, Popdagi Chodak hududlarida ham mavjud.

Chorvoq va To‘dako‘ldan boshqa birorta hududda cho‘milish joylari yo‘qligi qayd etildi. Bu borada Nukusdagi Ashshiko‘l, Buxorodagi Zikriko‘l, Jizzaxdagi Aydarko‘l va Tuzkon ko‘lining imkoniyatlari ishga solinmay turibdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
Prezident mavzuni davom ettirdi

Bog‘otning “Qalʼa-jiq” va Ellikqalʼadagi Aqchako‘lda sanatoriya-kurort tashkil etish, Buxoroda “Qadimiy Buxoro” va “O‘ninchi asr etnoqishlog‘i”, Namanganda “Oazis”, Sirdaryoda “Sirdaryo ekoturizm”, Toshkent viloyatida “Garden” turizm klasterlari va Farg‘onada “Farg‘ona parki” tematik bog‘ini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihalarni boshlash kerakligi aytildi.

Viloyat hokimlariga bir oy muddatda ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun hududlarni belgilab, salohiyatli investorlarni aniqlash va amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Joriy yilda O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan “karvonsaroy” barpo etish vazifasi qo‘yildi.

Bunday loyihalarga bir oy muddatda 1 trillion so‘m kredit resurslari ajratiladi, yil yakuniga qadar yana 100 million dollar jalb qilinadi.

Viloyat hokimlari ham kamida 20 million dollarlik loyihalarni ishga turishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: 👇
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube