@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
178 subscribers
15K photos
1.16K videos
4 files
5.94K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#Toshkent_viloyati
#Yuqorichirchiq_tumani
#Deputat_faoliyati

YO'QLOV


♻️Ramazon oyining kirib kelishi munosabati bilan Yuqori Chirchiq tuman Kengashi deputati Z.Serikbayev tumandagi "Kangli" MFY aholi xonadonlarida bo'ldi.

♻️Deputat "Yo'qlov" loyihasi doirasida mahalladagi nuroniy, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, oziq-ovqatlar ulashdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Zangiota_tumani
#Deputat_faoliyati

HAR BIR YOSH E'TIBORDA


Zangiota tumanida mahallada yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish shtabi faoliyati yo’lga qo’yildi.

Unga ko'ra, Zangiota tuman kengashi deputati X.Ziyamutdinov navbatdagi muddatli harbiy xizmatga ketayotgan tumandagi yoshlar bilan uchrashdi.

Deputat yoshlarga harbiy majburiyat va harbiy xizmat muhimligi haqida gapirib, ularga Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlarida oq yo'l tiladi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating


TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Yuqorichirchiq_tumani
#Deputat_faoliyati

FUQARO MUROJAATLARI O'RGANILDI

♻️Yuqori Chirchiq tuman Kengashi deputati Z.Serikbayev tomonidan "Sahovat" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar murojaati o'rganildi.

♻️
Unga ko'ra, ushbu mahallaning "Archazor" ko'cha 15-uyida yashovchi Shomaxmudovlar oilasining sog'ligini tiklash uchun moddiy yordam so'rab qilgan murojaati o'rganildi va kerakli hujjatlar yig'ilib tegishli tashkilotlarga yuborishga kelishib olindi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating


TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Quyichirchiq_tumani
#Deputat_faoliyati

UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI


♻️Quyi Chirchiq tumani Kengashi deputati F.Ergasheva 37-umumta'lim maktabida "Navro'z" bayrami munosabati bilan uyushtirilgan xayriya hasharida ishtirok etdi.

♻️Hashar davomida maktab hududida obodonlashtirish ishlari o'tkazilib, unda 30 tub manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Olmaliq_shahar
#Deputat_faoliyati
#Fuqaro_murojaati

Sayyor qabul o'tkazildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati S.Yakupbekova va tegishli soha vakillari bilan birgalikda "Bog'aro" va "Toshkent" MFY aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul jarayonida 20 dan ortiq fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi hamda hal qilish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar bo’yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilanib deputat nazoratiga olindi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Olmaliq_shahar
#Deputat_faoliyati
#Fuqaro_murojaati

Sayyor qabul o'tkazildi

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati S.Qodirova va tegishli soha vakillari bilan birgalikda "Ko'rpasoy" MFY aholisi uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul jarayonida 20 dan ortiq fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari qabul qilindi hamda hal qilish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar bo’yicha mas'ullarga tegishli vazifalar belgilanib deputat nazoratiga olindi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Bostonliq_tumani
#Deputat_faoliyati

🔹Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisida F.Axmedov, Sh,Hudoyberganova ishtirok etdi va quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- OʻzR Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi yuzasidan hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2024-yil 12-fevraldagi VI-86-14-10-0-K/24-sonli qaroriga asosan belgilangan vazifalar to‘g‘risida;

- Beshinchi bosqich “Ayollar daftari” ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- Mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablaglarining taqsimlanmagan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan harajatlar to‘g‘risida;

Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Olmaliq_shahar
#Deputat_faoliyati

Ayollar daftariga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqdami


Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati M.Olmasova "Alisher Navoiy" MFYda o'rganish o'tkazdi.

Mahalla raisi va xodimlar bilan ayni hududda istiqomat qilayotgan "Ayollar daftariga" kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida suhbatlashdi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat o'z taklif va mulohazalarini berdi hamda ushbu takliflar asosida rejalar ishlab chiqildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Quyichirchiq_tumani
#Deputat_faoliyati

JAMOATCHILIK NAZORATI


🔹Quyi Chirchiq tuman Kengashi deputatlari F.Ergasheva, R.Payziyev, B.Masharipov va A.Valeyev, Nuroniylar raisi va jamoatchilik hamkorligida tuman dehqon bozori faoliyati bilan tanishdi.

🔹Unda aholi ehtiyoji ortgan mahsulotlarni narxini asossiz oshishini oldini olish, mahsulotlarni iste'molga yaroqli ekanligi yuzasidan nazorat qilinganligi hamda saqlanish holatlarini o'rgandilar.

🔹Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan bozor ma'muriyati bilan qilinishi lozim bo'lgan ishlar rejasi tuzib chiqildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati
#Ortachorchiq_tumani
#Deputat_faoliyati

DEPUTAT VA MAHALLA

🔹O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati A.To'ychiyev va mahalla faoli hamrohligida "O'rta ovul" MFY hududida aholi o'rtasida o'rganish o'tkazildi.

🔹Unda aholining yashash tarzi va sharoiti, oilaviy muhiti, aholini qiynayotgan muammolar o'rganib chiqildi.

🔹 Mahalla faollari bilan ushbu masalarni ijobiy hal etish va aholi daromadini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube