@Milliytiklanish_Toshkent "MILLIY TIKLANISH" TOSHKENT RASMIY SAHIFA
176 subscribers
15.8K photos
1.26K videos
4 files
6.3K links
Таклиф ва мулоҳазалар учун
@Uzmtdp_Tosh_vil. Партия Марказий Кенгаши mt.uz https://www.facebook.com/Toshkentviloyat
Download Telegram
#Toshkent_viloyati_chirchiq

BUYUKLAR AZIZDIR HAR ON!


🔹Chirchiq shahar Kengash deputati Dono MASHARIPOVA 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Adabiyot haftaligi" doirasida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Buyuklar azizdir har on" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirida ishtirok etib, yig’ilganlarga bugungi kunda Navoiy merosi dunyo olimlari tomonidan o’rganilib, nomini abadiylashtitish uchun ilmiy muassasa nomlari, shahar va ko’chalarga nomi berilganligi haqida ma’ruza qildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati_chirchiq

“ZAKOVAT” BARHAYOT SIYMOLARGA BAG’ISHLANDI

🔹“Milliy tiklanish” partiyasi Toshkent viloyati Kengashi, Chirchiq shahar Kengashi deputati Dono Masharipova va Chirchiq davlat pedogogika universiteti katta o’qituvchisi Dilafruz Ismoilova hamkorligida buyuk siymolarning hayoti, ijodi va boy ilmiy merosini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida universitet talabalari o’rtasida “Zakovat” intelektual o’yini o’tkazildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chirchiq

Uchinchi Renessans yoshlar nigohida

Chirchiq shahar Kengashi deputati Dono MASHARIPOVA tashabbusi bilan 7-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-B hamda 8-V sinf o'quvchilari o'rtasida "Uchinchi Renessans yoshlar nigohida" mavzusida zakovat bellashuvi o'tkazildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chirchiq

DEPUTAT TASHABBUSI


🔹Chirchiq shahar Kengashi deputati Alisher ABDULLAYEV tashabbusi bilan Gʻalaba MFY hududida temir yo‘l bo‘ylab qarovsiz yotgan bo’sh yerlarda obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

🔹"Yashil makon" loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar, uzumzorlar ekish uchun tuproq yerni tayyorlash ishlari amalga oshirildi. Ishlar maxsus texnika yordamida, deputatlik nazorati ostida olib borildi.

🔹Hududni kompleks obodonlashtirish loyihasida quyidagi zamonaviy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish rejalashtirilgan:
• Yashil xiyobonlar, bog‘lar
• Dam olish maskanlari
• Salomatlik yo‘laklari
• Zamonaviy piyodalar yo‘laklari
• Yangi turdagi chiqindi yig‘ish punktlari

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chirchiq

O’SHAL ANDIJONLIK MIRZO BOBURMEN!


🔹Chirchiq shahar 7-umumiy o'rta ta'lim maktabida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlangan "O'shal andijonlik, Mirzo Boburmen" nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan Bobur ijodiga mansub g'azal, ruboiylar hamda shoir hayotiga oid sahna ko'rinishlari ijro etildi.
Tadbirda Chirchiq shahar Kengashi deputati Dono MASHARIPOVA so'zga chiqib, “bunday tadbirlarning muntazam o'tkazilib borilishi, o'quvchi yoshlar ongida Vatanparvarlik, ajdodlarga hurmat hissini shakllantiradi” deya tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
#Toshkent_viloyati_chirchiq

DEPUTAT NAZORATI


🔹"Baxt" va "Gʻalaba" MFYlarda Chirchiq shahar Kengashi deputati Alisher ABDULLAYEV, Toshkent viloyati kasaba uyushmasi raisining o‘rinbosari L.Xolmuminova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 833-sonli "Ayollar daftari bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini monitoring- tekshiruv, tahlil qilib, o‘rganish ishlari o‘tkazdilar.

🔹Monitoring jarayonida "Ayollar daftari" bilan ishlashda kamchiliklar va muammolar aniqlandi.

🔹Mahalla "7-yettilik" xodimlari bilan aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, kelgusida bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, Prezident, Senat, Oliy Majlis va Hukumat qarorlarini chuqur o‘rganish va ularga amal qilish zarurligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi va qarorlarning ijrosi deputatlik nazorati ostiga olindi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube
Forwarded from Umida Usmanova
#Toshkent_viloyati_chirchiq

OAV BIZ HAQIMIZDA!

🔹"Vatanparvar" gazetasining 2025-yil 16-fevral 4-sonida Chirchiq shahar Kengashi deputati Dono MASHARIPOVAning “Bir nuroniy o’n nafar yoshga mas’ul” maqolasi chop etildi.

TelegramlFacebooklInstagraml YouTube